Nazarova Fatima Xakimovna
Iqtisod fanlari doktori, professor
1980 yilda Toshkent Davlat Agrar Univesitetining “Iqtisodiyot” fakultetini bitirgan va shu erda mehnat faoliyatini kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1981-1984 yillarda Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot Instituti aspiranturasida ta’lim olgan. 2000 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003 yilda makroiqtisodiyot yo’nalishi professori unvonini olgan.
1994 yilda F.Nazarova Toshkent Moliya instituti «Boshqaruv va huquq» kafedrasida , 1994-1998 yillarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida faoliyat yuritgan. 1998-2009 yillarda O’zbekiston Respublikasi Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutida faoliyatini davom ettirdi. F.Nazarova 13 nafar aspirant va 2 nafar doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilgan. 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
F.Nazarova kafedrada quyidagi fanlardan dars o’tadi: “Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti”, ”Halqaro menejment”, ”Menejment va marketing asoslari”. 1996 yildan hozirgi vaqtgacha F.Nazarova Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, TASIS, UNDP, JICA va boshqa xalqaro korxonalarida ekspert va mahalliy mutaxassis vazifalarini bajaradi. 1996-2010 yillarda AQSh, Angliya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va respublikamizning institutlarida o’z malakasini oshirgan.
Kafedra tarixi
“Menejment va marketing" kafedrasi 1991 yilda akademik Murod Sharifxo’jaev tashabbusi bilan “Menejment" kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedra professor-o’qituvchilari "Menejment", "Marketing", “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi", “Huquqshunoslik“ fanlaridan institutning barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga dars o’tdilar.
Kafedra yildan-yilga o’z faoliyatini kengaytirib bormoqda. 2002 yilda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dastur”ga suyangan holda kafedra bazasida 5340200 - “Menejment" (sohalar va tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi ochildi. Kafedra o’z faoliyati davomida respublikamizning boshqaruv tizimiga va korxonalar faoliyatiga etuk mutaxassislarni, shuningdek, o’z sohasini mukammal o’zlashtirgan pedagogik-olim va faol iqtisodchilarni tayyorlab kelmoqda.
Respublikamizda «Menejment va marketing» sohasini rivojlantirishda faol xizmat ko’rsatib o’z ulushini qo’shgan va qo’shib kelayotgan professor-o’qituvchilar Sh.Zaparxodjaev, Sh.To’laganova , D.Sabirdjanova , F.Buxarova, O.Jumaev, T.Ermatov G.Xamdamova, M.Abdukarimova, S.Qosimov, X.Raxmatov, N.Raxmatullaeva, F.Bozorova, B.Sulaymonov, Sh.Xodjaeva, O.Saydaxmedov va boshqalar, shu kafedraning faxrli a’zolaridir.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar professor, 9 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, 4 nafardan ortiq katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, bakalavriat bo’yicha 14 ta fandan namunaviy o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlari tayyorlandi. Jumladan: Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti, Menejment va marketing asoslari, Menejment nazariyasi, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Sifat menejmenti, Innovatsion menejment, Marketing asoslari, Tavakkalchilikni boshqarish, Ijtimoiy menejment, Strategik menejment, Biznes va tadbirkorlikni boshqarish, Halqaro menejment, Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish, Inson resurslarini boshqarish.
Kafedraning innovatsion faoliyati
2009 yildan boshlab innovatsion g’oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida kafedra tomonidan korxonalar bilan 20dan ortiq shartnomalar tuzilgan. Jumladan, OATB “Turon bank” hamkorligida kafedra qoshida maxsus o’quv honasi jihozlanib, ushbu markazda “Yosh menejer” to’garagi faoliyat yuritmoqda. Kollejlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, joylarda kafedra filiallari tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “RANO BOTTLERS” kompaniyasi tomonidan 2010 yilda institutlararo talabalar uchun tashkil etilgan “Interaktiv marketing” tanlovida iqtidorli talabalar yutug’i natijasida 8 ta netbuk 1 ta multimedia komplekti bilan taqdirlandi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlariga samarali menejment va marketingni joriy etish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlanmalarni yaratish” bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar.
O’tgan o’quv yillari davomida kafedra katta o’qituvchisi X.Rahmatov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra aspiranti O.Saydaxmedov nomzodlik dissertatsiyasini dastlabki bosqichlaridan otib himoya qilish arafasida.
 
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, Kichik xalqa yo’li ko’chasi 7 uy.
Tel: (99871) 2357528
Faks: (99871) 2340488
E-mail: depmen@tfi.uz |