Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Moliya bozori va qimmatli qogozlar
Moliya bozori va qimmatli qogozlar

Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1973 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

1990-1995 yillarda Toshkent Moliya institutining “Moliya va kredit” fakulteti “Bahoni shakllantirish” yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1995 yildan “Xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi” kafedrasiga assistent lavozimida, 2001yildan shu kafedraning katta o'qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2009 yilda “Xususiylashtirilgan korxonalarga portfelli investitsiyalarni jalb etish yollari va taxlili” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2010 yil apreldan shu kunga qadar “Moliya bozori va qimmatli qogozlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


4 ta o’quv qo’llanma, 2 ta uslubiy qo’llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Kafedra tarixi

Kafedraning dastlabki nomi «Xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi» deb nomlangan va uning mudiri prof. D.G.Gozibekov boshqargan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasida «Moliya-bank tizimini isloh qilish bo’yicha» o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Xalqaro Moliyaviy Institutlarning kredit liniyalari va jahon moliya bozorlari orqali O’zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash vazifasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligiga yuklatildi. Bu vazifani amalga oshirish yuzasidan 1995 yilda Toshkent Moliya Institutining «Xalq xo’jaligi tarmoqlarini moliyalashtirish va investitsiya» kafedrasi asosida «Investitsiya va qimmatli qog’ozlar» kafedrasi takshkil etildi. 1998-2010 yilarda: kafedraning nomi «Qimmatli qog’ozlar va birja ishi», «Моliya injiniringi va bozorlar» kafedrasi deb ataldi va kafedraga dots. R.S.Xodjaev, i.f.d., prof. X.A.Alloqulov, prof. Sh. Sh.Shoha’zamiy, i.f.n. J.Sh.Kudaybergenov mudirlik qildilar. Xozirda kafedraning nomi «Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar» deb uyritiladi.


O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:


Bakalavriat:

  • Moliya bozori va qimmatli qogozlar;
  • Korporativ siyosat;
  • Moliya injiniringi asoslari;
  • Moliya injiniringi risklari;
  • Moliya injiniringini nazorat qilish;
  • Investitsiya potfellarini boshqarish;
  • Bozor asoslari;
  • Mulkchilik tizimi va xusuxiylashtirish asoslari;
  • Bozorlar halqaro integrasiyasi;
  • Bozor faoliyatini tartiblashtirish;
  • Marketmetrika;
  • Mulkni baxolash nazariyasi.


Magistratura:

  • Birja ishi;
  • Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi;
  • Moliya bozorini tartiblashtirish;
  • Qimmatli qog’ozlar bozorida investorlar xuquqlarini hivoyalash;
  • Qimmatli qog’ozlar bozorida operasion taktika va strategiya;
  • Qimmatli qog’ozlarni baxolash;
  • Qimmatli qog’ozlar savdosini tartiblashtirish.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Bakalavriatning “Moliya injinirini” va “Bozorlardagi faoliyat va operatsiyalar” yo’nalishida ta’lim olayotgan 3,4-kurs talabalari amaliyot o’taydilar. Amaliyot O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida, “Toshkent” Respublika fond birjasi va ularning hududiy Boshqarma va bo’limlarida, ko’chmas mulk birjasida o’tkazilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: «O’zbekistonda moliya bozorini rivojlantirishning nazariy asoslari va ustuvor yonalisnlari» bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi.

O’tgan o’quv yillari davomida kafedra professor-o’qituvchilardan U.M. Aliev, J.Sh. Kudaybergenov, F.A. Xamidova nomzodlik, Sh. Sh. Shoha’zamiy doktorlik dissertatsiyalarini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedra a’zolaridan F. Muxammedov, J. Karimqulov, B. Sattorov, S. Saydaliev, B. Shouysupov, Sh. Mardonovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.


Kafedra professor-o’qituvchilaridan Sh. Sh. Shoha’zamiy, F. Muxammedov va A. Madaminovlar OT-F7-004-“Moliya injeneriyasini fundamental asoslarini tadqiq etish va rivojlantirish” mavzusidagi grant bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 2340499

E-mail: xamidovafa@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.