Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Moliyaviy menejment
Moliyaviy menejment

Toshmurodova Buvsara Egamovna

Iqtisod fanlar doktori, professor

1967 yilda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan.
1988 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutining “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2002 yilda “Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2007 yilda “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliqlardan samarali foydalanish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2011 yil iyul oyida Chehiyaning Iqtisodiyot va menejment Universitetida malaka oshirgan. 2004 yildan shu kunga qadar “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

 

Kafedra tarixi

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh etishda bir qancha mutaxassisliklar qatorida moliyaviy menejment mutaxassisligiga bo’lgan talabdan kelib chiqib, 2001 yilda “Moliya va kredit” kafedrasi tashkil etildi. 2004 yildan ushbu kafedra “Moliyaviy menejment” kafedrasi deb yuritilib kelinmoqda. 2004 yildan shu kunga qadar kafedraga i.f.d. prof. Toshmurodova B.E. mudirlik qilmoqda. Mazkur yillarda kafedra tomonidan soliq va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda 15 dan ortiq professor-o’qituvchi faoliyat yuritdi.
 

 

O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:

Bakalavriat:  

  • Moliyaviy menejment;
  • Bojhona ishi;
  • Korhonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish;
  • Korporativ boshqaruv;
  • Strategik rejalashtirish.

Magistratura:

  • Antimonopol siyosat va narhlarni shakllanishi;
  • Innovatsion faoliyatni moliyaviy boshqarish;
  • Korporativ moliyani boshqarish;
  • Korporativ moliya strategiyasi;
  • Korporativ soliq menejmenti;
  • Soliqqa tortish tartiblari;
  • Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi.

Kafedraning innovatsion faoliyati

2011 yilda kafedra bilan ATB “Qishloq qurilishbank”, “Orient Finance Bank”, DATB “Xalq banki” va “Mikrokredit bank” o’rtasida innofatsion guruh tuzish tog’risidagi shartnoma tuzilgan.



Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi asosan “Respublikamizda moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil etish va takomillashtirish” bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan.

Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi.

Kafedra a’zolaridan A.Botirov, S.Elmirzaev va O.Hamdamovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy.

Tel: (99871) 2353748

E-mail: depmmen@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.