Hakimov Bunyodjon Jo'rayevich
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Toshkent Moliya institutini 1994 yilda imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1994-1997 yillarda mazkur institutda Aspiranturada o'qigan.
"Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, mahsulot tannarxini hisoblash va ularni tahlil" mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. Hakimov B.J. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, bir nechta o'quv-uslubiy qo'llanmalar muallifidir.
2004 yilda AQShning Texas Universitetida o'qigan va malaka oshirgan. Hakimov B.J. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bo'yicha mashg'ulotlarni ingliz tilida olib boradi. Mazkur lavozimda 2007 yildan beri faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tarixi
"Moliyaviy tahlil" kafedrasi 1991 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent xalq xo'jaligi instituti bazasida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va Toshkent Moliya institutini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoniga asosan Toshkent Xalq xo’jaligi institutining "Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi, nazorat va tahlil" kafedrasi negizida tashkil topdi.
"Moliyaviy tahlil" kafedrasi dastavval, "Xo'jalik faoliyatining tahlili" nomi bilan atalgan. 1997 yilda kafedraning nomi "Iqtisodiy tahlil" deb o'zgartirildi. Mazkur kafedra institut ilmiy kengashining 1999 yil 30 yanvardagi qaroriga asosan "Moliyaviy tahlil" deb nomlandi. Bugungi kunda kafedra o'z faoliyatini "Kafedralar faoliyati to'g'risidagi" Nizomga asosan tashkil etmoqda.
Kafedrani tashkil etilishidan asosiy maqsad, moliya, bank, buxgalteriya hisobi, soliq sohalarida tahsil oladigan talabalarning kelgusida etuk mutaxassis bo'lib chiqishini ta'minlash hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan.
Kafedrda o’quv-uslubiy ishlar
Kafedra ta'lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi qonun hamda boshqa me'yoriy xujjatlarga rioya qilingan holda tashkil etilgan. Shuningdek, kafedra tomonidan o'qitiladigan fanlarning o'quv soatlari tasdiqlangan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarining o'quv rejalari asosida tuzib chiqilgan.
Kafedra professor-o'qituvchilari fanlarni o'qitishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo'yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi jadvallardan, kompyuterdan, audio va video jihozlardan, dioproektor va kodoskoplardan foydalanadi. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha ishlab chiqilgan tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko'rgazmali qurollar dars sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O’quv-uslubiy ishlar
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat yo’nlishlari uchun
- Iqtisodiy tahlil nazariyasi;
- Moliyaviy va boshqaruv tahlili;
- Iqtisodiy taxlil va audit.
Magistratura mutaxassisliklari uchun
- Iqtisodiyot sub'ektlari moliyaviy holatini tahlili;
- Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili;
- Funktsional qiymat tahlili;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili.
Kafedra tomonidan otkazilgan konfrensiyalar
O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi TMI, O’zbekiston Respublikasi Soliq qo’mitasi soliq Akademiyasi hamkorlikda 11.10.2011 da “Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya otkazildi.
Konfrensiyada iqtisodiy tahlilningdolzarb masalalari ko’rib chiqildi. Konfrensiya natijalari to’plam shaklida chop etildi.
Stajyor tadqiqotchi izlanuvchilik instituti hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilik instituti
"Moliyaviy tahlil" kafedrasida 1 ta stajyor tadqiqotchi izlanuvchi nomzodlik ishi ustida ishlamoqda. Shuningdek, 10 nafar mustaqil ilmiy tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Kafedra professor-o'qituvchilaridan 7 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Bog'lanish uchun ma'lumotlar:
Manzil: Toshkent shahri, A.Temur ko'chasi, 60a-uy, Obihayot binosi, 3-qavat, 303-xona.
Tel.: (99871) 2356949
E-mail: fin_analiz@tfi.uz |