Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > O´zbekiston tarixi
O´zbekiston tarixi

Ziyaev Farxod Sobirovich

Tarix fanlari nomzodi

1980-1985 yillarda Toshkent Davlat Universiteti tarix fakultetida tahsil olib, 1994 yilda “O’zbekistonning qo’riq va bo’z yerlarida qishloq xo’jaligi kadrlarining shakllanishi: tajriba, muammolar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1985-1987 yillarda G’.G’ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutida “Umumiy tarix”kafedrasi o’qituvchisi, 1987-1989 yillarda Toshkent Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotchisi, 1989-1993 yillarda Toshkent Davlat Universiteti aspiranti, 1993-1997 yillarda Hunar ta’limi hodimlari malakasini oshirish Respublika instituti “Tarbiyaviy ish muammolari” kafedrasi o’qituvchisi, 1997-1998 yillarda Hunar ta’limi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi, 1998-2001 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti ixtisoslashgan “Oliy biznes maktabi” tarix o’qituvchisi, 2002-2007 yillarda Toshkent Moliya instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsenti, 2011 yildan hozirgi kungacha Toshkent Moliya Instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri bo’lib ishlamoqda.

Ziyaev Farhod tomonidan 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Uning rahbarligida kafedrada o’qitilayotgan fanlarning sifatini yaxshilash va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish borasida izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra tarixi

Mustakillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini o’rganish, uni o’kitishga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. Oliy o’kuv yurtlarida «O’zbekiston tarixi» fanini o’kitish yo’lga ko’yildi. O’zbekiston tarixini o’rganish va o’kitishning yagona kontseptssiyasi yaratildi, o’kuv dasturlari, darsliklar, ko’llanmalar tayyorlandi.

SHu maqsadda, 1991 yilda Toshkent Moliya Instituti tashkil etilgach, uning tarkibida “Tarix” kafedrasi tashkil etilgan.


1991-1996 yillarda kafedra tarkibi 8 nafar professor-o’qituvchidan iborat bo’lgan. 1997 yilda “Tarix” kafedrasi nomi o’zgarib, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi.

1997 yildan 2011 yilgacha kafedraga t.f.d., prof. Qamariddin Usmonov rahbarlik qilgan.

Bugungi kunda kafedrada 11 nafar, shu jumladan 1 nafar professor, 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafar faxriy dotsent, 6 nafar katta o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:

  • O’zbekiston tarixi;
  • Ma’naviyat asoslari;
  • Madaniyatshunoslik.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga t.f.d. prof.Q.Usmonov rahbarlik qilmoqda.

Buning natijasida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan so’nggi yillarda “O’zbekiston tarixi” fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 3 ta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun 2 ta, Oliy o’quv yurtlari uchun 1 ta darslik yaratildi hamda ko’p nusxada nashr ettirildi. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, risolalar tayyorlandi va chop etildi. Kafedra tarixiy manbalarni o’rganish va o’quv jarayonida foydalanish bo’yicha kafedra dotsenti B.Karimov rahbarligida ilmiy-nazariy seminar faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir ommaviy-axborot

vositalarida o’z chiqishlari bilan muntazam qatnashib kelmoqdalar.


Kafedra quyidagi Oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda:


1.  Kafedra O’zR FA Tarix instituti bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o’qituvchilarning tarix mutaxassisligi bo’yicha fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlash borasida hamkorlik qilmoqda;


2.  Kafedra a’zolari O’zR FA Tarix instituti qoshidagi Akademik Yahyo G’ulomov nomidagi ilmiy-seminarlarda faol qatnashmoqdalar, ma’ruzalar bilan chiqish qilmoqdalar;

Kafedra dotsenti S.Burxonova, katta o’qituvchi S.Tulyaganovalar 2011 yilning 16 dekabr kuni Urganch shahrida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti.

Xorazm Ma’mun akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi hamda Urganch davlatuniversiteti bilan hamkorlikda akademik Yahyo G’ulomov nomidagi

“O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” Respublika ilmiy seminarining navbatdagi “Xorazm O’zbekiston davlatchiligi tarixi kontekstida” mavzusidagi 64-yig’ilishida ishtirok etdilar

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi «O’zbekistonning yangi tarixi» markazi bilan Vatanimiz tarixiga doir monografiya va risolalar tayyorlash, ilmiy-nazariy konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan chiqish sohalarida hamkorlik qilmoqda;

 4. Prof. Q.Usmonov O’zMU qoshida tashkil etilgan «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha Ixtisoslashgan Kengash a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.



Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shox ko’chasi 60 a uy. Metroning “Minor” bekati

Tel: (99871) 2356023

E-mail: deptarix@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.