Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniDavlat ramzlariInteraktiv xizmatlar FotogalereyaAbiturient-2015GOVEDUZIYONETWWW.UZElektron universiteti
Struktura > Kafedralar > O´zbek va rus tillari
O´zbek va rus tillari
"O'zbek va rus tillari" kafedrasi Nizomi

Husanov Nishonboy Abdusattorovich

Filologiya fanlari doktori

1954-yil 10-iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1976-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1976-yil sentabridan 1987-yil sentabrigacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tarixiy leksikologiya va leksikografiya bo‘limida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1987-yil sentabrdan 1989-yil apreligacha Toshkent davlat pedagogika institutining “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. 1989-yilning aprelidan Toshkent davlat agrar universitetiga ishga o‘tadi va u yerda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasini tashkil etadi hamda 1994-yil mayiga qadar kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. 1994-1996-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1996-yil 16-oktabrdan Toshkent moliya instituti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasining mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

1982-yilda Nishonboy Husanov nomzodlik, 2000-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 4 ta monografiya, 150 dan otriq ilmiy maqola, 20 dan ortiq lug`at va o`quv qo`llanmalar muallifi. Izlanuvchan pedagog va olim sifatida o‘quv dasturiga “Iqtisodiyotda yozuv texnikasi”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “Nutq madaniyati” kabi yangi fanlarni kiritdi hamda bu fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari va o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. Nishonboy Husanov institutning ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarida faol ishtirok etadi. U 2008-yildan boshlab “Moliyachi” gazetasining bosh muharriri sifatida ta’lim va iqtisodiyotdagi islohotlarni, jamoani Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini qizg‘in olib bormoqda.

N.Husanov faol tashkilotchi, yetakchilik fazilatlariga ega, iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

Kafedra tarixi

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1991-1996-yillarda kafedraga dotsent D.G‘ulomova rahbarlik qilgan. 1996-yil 16-oktabrdan professor Husanov Nishonboy Abdusattorovich mudirlik qilmoqda. Kafedra Respublika oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralaridan amalga oshirayotgan o‘quv, ilmiy va uslubiy ishlari bilan ajralib turadi. Kafedra jamoasi 10 ta professor-o‘qituvchidan (bir nafar fan doktori, professor, 2 ta fan nomzodi, dotsent, 6 ta katta o‘qituvchi, 1 ta o‘qituvchi), kabinet mudiri va laborantdan iborat.

   

Oquv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Bakalavriat:

  • “O‘zbek tili”
  • “Rus tili’
  • “Iqtisodiyotda yozuv texnikasi”
  • “O‘qituvchi nutqi madaniyati”

Magistratura:

  • “Nutq madaniyati”

Kafedraning innovatsion faoliyati

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasining professor-o‘qituvchilari dars jarayonida institutda mavjud bo‘lgan texnik vositalardan unumli foydalanmoqdalar.

Barcha professor-o‘qituvchilar yangi pedagogik texnologiyalarning samarali usullaridan foydalanib dars o‘tmoqda va ixtisoslik bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib bormoqdalar.

O‘quv adabiyotlarini yaratishda professor N.Husanov va dotsent D.Rasulmuhamedova, katta o‘qituvchilar N.Dilmurodova va R.Xo‘jaqulovalar faol ishtirok etmoqdalar. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv-uslubiy komplekslar, ta’lim texnologiyalari, taqdimotlar va videoma’ruzalar yaratilgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Ilmiy ishlar natijalari monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko‘rinishida chop etilgan. Kafedra o‘zbek va rus tillarining leksik xususiyatlari, xususan, iqtisodiy so‘z va terminlarning shakllanishi, qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Filologiya fanlari doktori N.Husanovning “O‘zbek antroponimlari tarixi” (2014), “Shayx Sulaymon Buxoriy” (2015) monografiyalari, o‘zbek iqtisodiy terminologiyasiga bag‘ishlangan 10 dan ortiq ilmiy maqolalari, dotsent D.Rasulmuhamedovaning ilmiy jurnallardagi maqolalari, katta o‘qituvchi N.Dilmurodovaning respublika va xorijda ilmiy maqolalari chop etilgan. Oxirgi 5 yilda 2 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarda 20 ta, xorijiy jurnal va to‘plamlarda 7 ta maqola nashr etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilar tashkil etiladigan barcha jamoat ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejaga asosan “Moliyaviy menejment” fakultetida va institutning “Talabalar turar joyi”da o‘tkaziladigan turli sana va bayramlarga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlardan iborat.

Kafedraning 4 nafar professor-o‘qituvchisi “Moliyaviy menejment” fakultetining akademguruhlarida murabbiylik qiladi. Shuningdek, jamoatchilik asosida N.Diyorova fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi, N.Husanov “Moliyachi” gazetasi bosh muharriri, A.Saparov “Moliya” jurnali mas’ul kotibi sifatida faoliyat yuritadi.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzili: 100000, Amir Temur ko’chasi 60-A uy

Tel: (99871) 2348552

E-mail: kurt@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.