Shodiev Xamid Azimovich
Iqtisod fanlari doktori, professor
1951 yil Buxoro viloyatida tug’ilgan. Millati –o’zbek. 1972 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlagan. 1979 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1992 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993-1998 yillarda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va butun Rossiya sirtqi moliya-iqtisod instituti Statistika kafedrasi professori. 1999 yildan Toshkent moliya instituti Statistika kafedrasi professori 2003 yildan Statistika kafedrasi mudiri, 10 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. O’nlab tadqiqotchilar uning rahbarligi ostida doktorlik, nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishmoqda.
Kafedra Tarixi
O’zbekiston Respublikasida ilk bor Statistika kafedrasi 1931 yilda tashkil topgan. Kafedra vujudga kelgan davrdan boshlab ko’plab mashhur professor-o’qituvchilar etishib chiqdi, jumladan: Romanovskiy, Krilov, Eydelnant, Ivanov, Korrel, Gazulov, Akramov, Sagatov, Xamraev va boshqalar. Toshkent moliya instituti Statistika kafedrasi Toshkent xalq xo’jaligi instituti bazasida 1991 yilda tashkil etilgan.
Kafedrani 1991-2003 yillar davomida i.f.n., prof. M.Xamraev boshqargan. 2003 yildan i.f.d., prof. X.Shodiev kafedra mudiri lavozimiga faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan statistika fani bo’yicha qator darslik, o’quv qo’llanmalar va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar chop qilinib, o’quv jarayoniga tadbiq etilgan.
O’quv – uslubiy ishlar:
Tasdiqlangan o’quv rejaga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitiladi:

Bakalavriat
- Statistika;
- Milliy hisoblar tizimi.
Magistratura:
- Statistik metodlar;
- Milliy hisobchilik nazariyasi va amaliyoti;
- Demografik statistika;
- Institutsial birliklar statistikasi;
- Moliya-bank statistikasi;
- Statistik monitoring;
- Fermer xo’jaliklari statistikasi;
- Regional statistika;
- Moliyaviy dasturlash;
- Ekonometrika nazariyasi va amaliyoti;
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi;
- Sotsial-iqtisodiy statistika.
Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan “kafedra kunlari”da muntazam ravishda talabalar bilan uchrashuvlar o’tkazilib, unda turli mavzularda suhbatlar tashkil etiladi, jumladan, O’zbekiston Respublikasidagi Sog’liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi endokrinologiya markazining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi M.Rashitov bilan bo’lgan uchrashuvda “Salomatlik sirlarida endokrinologiyaning o’rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Talabalar suhbatni mamnuniyat bilan tinglab, o’zlarining qiziqtirgan savollariga qoniqarli javoblar oldilar.
“Kafedra kuni”dan lavxa
Hozirgi kunda kafedrada 14 ta shtat birligi bo’lib, unda: to’rt nafar fan doktorlari, professorlar; 6 nafar fan nomzodlari, dotsentlar; 4 nafar katta o’qituvchilar, 1 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi, 60a uy, Metroning “Minor” bekati.
Tel: (99871) 235-07-79
E-mail: depstatistika@tfi.uz |