Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Sug´urta ishi
Sug´urta ishi

Shennaev Xo’jayor Musurmanovich

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1990 yili Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan va shu yili yosh mutaxassis sifatida mazkur institutning “Moliya” kafedrasida assistent vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. 1992-1995 yillari Rossiya hukumati huzuridagi Moliya akademiyasida kunduzgi bo’lim aspiranturasida o’qigan va 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo’yicha “O’zbekistonda sug’urta bozorini shakllanish muammolari” mavzusida iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qaroriga asosan unga dotsent ilmiy unvoni berilgan.

1996-2004 yillar davomida Toshkent moliya institutida katta o’qituvchi, dotsent vazifalarida ishlab kelgan. 2004 yildan buyon “Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U qator yillar mobaynida “Sug’urta ishi” ta’lim yo’nalishi va uning negizida tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni doimiy takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etib keladi.

Dotsent X.Shennaev “Sug’urta sizga nima beradi”, “Sug’urta agentlari uchun qo’llanma” kitoblarining muallifi, “Sug’urta ishi”, “Qayta sug’urta” kabi o’quv qo’llanmalarining hammuallifi hisoblanadi. Bugungi kunda qator iqtidorli ilmiy izlanuvchilar dots.X.Shennaevning ilmiy rahbarligida sug’urta sohasining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bevosita X.Shennaev ilmiy rahbarligida 2010 yilda institut magistraturasining “Sug’urtada anderrayterlik faoliyati” mutaxassisligi talabasi A.Temirxodjaeva O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

2011 yili Toshkent xalqaro sug’urta forumi doirasida u “Oltin soyabon” sug’urta sohasidagi jamoatchilik mukofoti bilan taqdirlangan. 2011 yil 30 sentyabrda “1 oktyabr — O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig’i bilan mukofotlandi.

Kafedra tarixi

Sug’urta sohasi bo’yicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlarga ta’lim berish sifati va samaradorligini yanada oshirish, bu borada o’quv adabiyotlari va darsliklarining yangi avlodini yaratish zaruriyatidan kelib chiqqan holda institut Ilmiy Kengashining 2004 yil 28 oktyabrdagi 3-sonli qarori va mazkur qarorni ijro etish yuzasidan qabul qilingan institut rektorining 2004 yil 7 dekabrdagi 166-son buyrug’iga asosan “Sug’urta ishi” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedrada respublikamizning sug’urta sohasini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shib kelayotgan etakchi amaliyotchi mutaxassislar va olimlar faoliyat ko’rsatadi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi boshlig’i O.G.Ikramov, “Kafolat” davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi bosh direktori I.Z.Xalimov, “ALSKOM” sug’urta kompaniyasi bosh direktori, iqtisod fanlari doktori, professor T.K.Iminov va iqtisod fanlari doktori, professor Sh.B.Imomov talaba yoshlarga sug’urta sektorining dolzarb muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalar o’qib kelish bilan bir qatorda bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari hamda Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:


Bakalavriat:

  • Sug’urta nazariyasi;
  • Sug’urta ishi;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat sug’urtasi;
  • Sug’urta huquqi;
  • Sug’urta marketingi;
  • Ijtimoiy sug’urta.




Magistratura :

  • O’zbekiston sug’urta bozori;
  • Sug’urta faoliyati iqtisodiyoti;
  • Qayta sug’urta;
  • Mulk sug’urtasi;
  • Shaxsiy sug’urta;
  • Javobgarlik sug’urtasi;
  • Sug’urtada risk menejmenti;
  • Sug’urta biznesi;
  • Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi.



Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedraning innovatsion faoliyati ta’lim va amaliyot-ning mustahkam integratsiyasi-ni ta’minlash orqali o’quv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan. Shu maqsadda kafedra respublika-mizda faoliyat ko’rsatayotgan 20 dan ziyod sug’urta kompaniyalari bilan uzoq muddatga mo’ljallangan o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnomalar tuzishga erishdi. Mazkur shartno-malar doirasida bitiruvchi kurs talabalari uchun institutda amaliyot-ning tajribali va etakchi mutaxas-sislarini jalb etgan holda muammoli ma’ruzalar tashkil etildi. Shuning-dek, respublikamizning etakchi sug’urta kompaniyalarida institut bitiruvchi kurs talabalari uchun maxsus o’quv seminarlari tashkil etildi.

“O’zbekinvest”, “ALSKOM” va “ KAPITAL SUG’URTA ” sug’urtakompaniyalari tomonidan xar yili institutning “ Sug’urta ishi ” yo’nalishi va uning negizidan magistratura mutahassisliklari talabalari o’rtasida “Eng yahshi bitiruv malakaviy ishi”, “Eng yahshi magistrlik dissertaciyasi” va “Eng yahshi sug’urta maxsuloti” nominaciyalari bo’ycha tanlov o’tkazilib kelinmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada fundamental va amaliy hamda innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Professor-o’qituvchilar o’z ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan doimiy ravishda respublikamizning etakchi ilmiy jurnallari, xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Faqat so’ngi 3 yil ichida kafedra ilmiy-tadqiqotchilaridan A.Nurullaev va I.Abduraxmonovlar iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ilmiy-talqiqot ishlarini amalga oshirish jarayoniga kafedra qoshida tashkil etilgan ilmiy to’garak a’zolari katta qiziqish bilan ishtirok etmoqdalar.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar

Manzil: 100084, Toshkent, X.Asomov ko’chasi, 7-uy.

Tel.: (99871) 2347046.

E-mail: depinsurance@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.