|
Axborot texnologiyalari Markazi institutda Axborot texnologiyalari yutuq va yangiliklarini institut o’quv jarayoni, ma’muriyat va xo’jalik faoliyatiga keng tatbiq etish orqali yuksak samaradorlikka erishish yuzasidan o’z faoliyatini olib boradi.
MARKAZNING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI
Markazning asosiy maqsadi institut o’quv jarayoni, ma’muriyat va xo’jalik faoliyatini fan va texnikaning axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlarini tatbiq etish orqali rivojlantirib borishdan iborat.
Markazning bu boradagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- O’quv jarayoni, o’quv va ma’muriy bo’linmalarni kompyuterlashtirish, ta’limning texnik vositalari (periferiya va tarmoq uskunalari)ni xarid qilish, xarid qilinayotgan texnikalarning sifati va kafolati bo’yicha majburiyatlarni nazoratini amalga oshirish;
- O’quv jarayoniga ko’rgazmali uskunalar, internet va yangi axborot texnologiyalarini tatbiq qilish;
- Institut manfaatlari doirasida xo’jalik hisobida shartnomaviy faoliyat olib borish; Yangi kompyuter sinflarini tashkil qilish, dasturiy ta’minotini yo’lga qo’yish hamda ularda dars jarayonini uzluksizligini ta’minlash;
- Ta’lim sohasida axborot texnologiyalarini joriy etishni, loyihalashtirish va echimlarini ishlab chiqish hamda tatbiq etish;
- Institutda axborot texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan grantlar olinishiga erishish va xo’jalik shartnomalarini amalga oshirish;
- Korporativ dasturiy ta’minotlar, axborot xizmatlari, hisoblash va telefon tarmoqlarining uzluksiz ishlab turishini ta’minlash, nazorat qilish va rivojlantirish;
- Iste’molchilarning lokal, internet va boshqa aloqa tarmoqlari resurslaridan samarali foydalanishini yo’lga qo’yish;
- Institut to’g’risidagi ma’lumotlarni veb-saytga joylashtirish va ularni yangilab borish; Institut o’quv va ma’muriy faoliyatiga axborot texnologiyalari hamda zamonaviy texnika vositalarini tatbiq etish;
MARKAZNING MAJBURIYATLARI
- O’quv jarayoni va institut tashkiliy bo’linmalari ish faoliyatiga jalb qilinayotgan dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish va nazoratini olib borish;
- Kompyuter texnikalari, orgtexnika, aloqa vositalari va dasturiy ta’minotlar uchun ma’sul bo’lgan xodim va professor-o’qituvchilar faoliyatini nazorat qilish;
- Kompyuter texnikalari, orgtexnika va aloqa tarmoqlari bilan bog’liqligi bo’lgan o’quv jarayonidagi nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etish;
- Markaz o’z rejasining sifatli va o’z vaqtida bajarish ta’minlash.
MARKAZNING TASHKILIY TUZILISHI
Markaz faoliyatini institut rektorining buyrug’iga ko’ra tayinlangan Markaz boshlig'i olib boradi.
Markaz ish faoliyatini samarali olib borish maqsadida, yo’nalishi ish faoliyatiga mos guruhlarga bo’linadi. Ushbu guruhlar o’quv ishlari bo’yicha prorektor bilan kelishilgan holda, institut rektorning buyrug’iga asosan tasdiqlanadi.
Markaz direktori bevosita guruhlarga rahbarlik qilib, mazkur Nizomda ko’rsatilgan maqsad va vazifalarni hayotga tatbiq qilish borasida faoliyat olib boradi.
Markaz boshlig’i o’z xizmat vazifasiga ko’ra o’quv ishlari bo’yicha prorektorga yoki bevosita rektorga bo’ysunadi va hisobot beradi. |