|
Axborot nashriyot kompleksi institut ilmiy Kengashining 2007 yil 7 iyul yig'ilishining 11-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.
Axborot nashriyot kompleksi tarkibiga: Axborot resurs markazi, Tahririyat-nashriyot bo'limi, Bosmaxona, "IQTISOD-MOLIYA" nashriyoti va "Moliyachi" gazetasi kiradi.
Axborot nashriyot kompleksi mazkur bo'limlar faoliyatlarini birlashtiradi va muvofiqlashtiradi.
Kompleksning asosiy vazifasi bo'lib:
- talabalar, professor-o'qituvchilar va aholini o'quv-uslubiy qo'llanmalar, darsliklar va boshqa zaruriy materiallar bilan ta'minlashni tashkil etish; chop ettirish; ularni barcha shakllarini (elektron, bosma) ta'minlashga erishish; xizmat turlarini rivojlantirish; Internet tarmog'idan to'liq foydalanishni yo'lga qo'yish va nazorat qilish;
- o'quv jarayonini darslik va o'quv - uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlanganligiga erishish maksadida:
- kafedralar;
- OO'YuM;
- kutubxonalar;
- tashqi nashriyotlar va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatish;
- Talabalar va professor-o'qituvchilarga, hududiy maxallalardan keladigan aholiga ARM dan foydalanishda barcha sharoitlar va xizmat turlarini yaratish;
- Kompleks barcha bo'linmalarida:
- mehnat qonunchiligi;
- ichki tartib-intizom qoidalari;
- moddiy - moliyaviy javobgarlik;
- madaniyat shart-sharoitlarini ta'minlash va nazoratini o'rnatish;
- O'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar chop ettirish rejalarini ishlab chiqish va bajarilishini ta'minlash.
|