Toshkent Moliya instituti qoshida 2000 yilda bosmaxona bo'limi tashkil etilgan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad institut ehtiyojlari uchun matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.
Bosmaxona bo'limining asosiy vazifasi - foydali matbaa ishlab chiqarishni uyushtirish, mahsulot sifatini yaxshilab borish, institut mavqeini oshirish va bosmaxona bo'limi moddiy bazasini yaxshilashdan iborat.
Bosmaxona institut strukturasida muhim ahamiyatga ega bo'limlardan biri hisoblanadi. Chunki bosmaxona tashkil etilgandan buyon, qabul qilingan nizomga muvofiq, asosan institut buyurtmasi asosida faoliyat yuritib, institut Ilmiy kengashi tomonidan ko'rilib, nashrga tavsiya etilgan turli o'quv qo'llanmalari, uslubiy qo'llanmalar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar chop etish va boshqa matbaa xizmatlarini bajarib kelmoqda. Institut bosmaxonasi tegishli matbaa texnologiyalari asosida jihozlanganligi katta hajmdagi ishlarni ham tez, ham sifatli bajarish imkonini beradi. Bosmaxonada malakali o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashuvchi xodimlari jamlangani va jamoaviy sog'lom muhit ta'minlanganligi ham mahsuldorlik ko'rsatkichlarining sezilarli ortishiga sabab bo'lmoqda.
Bosmaxona bugungi kungacha faoliyati davomida muayyan darajada tizimlashtirilgan sxema asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, institut rahbariyati yordamida 2005-2008 yillar davomida bosmaxona texnik va texnologik jihatdan muttasil modernizatsiya qilinmoqda.
Bosmaxona bo'limining faoliyat turlariga:
- institut professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv-ilmiy adabiyotlar: o'quv dasturlari, ma'ruza matnlari, o'quv qo'llanmalar, ilmiy to'plam va monografiyalarni ko'paytirish;
- institut faoliyati bilan bog'liq blankalar va hujjatlarni ko'paytirish;
- institut talabalari uchun talabalik guvohnomalari, reyting daftarchalarini tayyorlash;
- institut bo'limlarining hisobot va hujjatlarini qattiq muqovalash va boshqa matbaa mahsulotlarini tayyorlab berish kiradi.
Bosmaxona bo'limi tashkil etilgandan buyon mahsulot hajmini yillar bo'yicha muttasil ravishda o'sishiga erishib kelmoqda. Jumladan, mahsulot hajmining o'tgan yillarga nisbatan ko'payish darajasi qariyb 20 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, bosmaxona bo'limiga zamonaviy asbob-uskunalarning sotib olinishi mahsulot hajmining o'sishi bilan birga uning sifati ham yaxshilanishiga imkon bermoqda.
2006-2007 o'quv yilida bosmaxona bo'limi tomonidan faqatgina o'quv jarayoni uchun 70 dan ortiq darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar sifatli nashr etilgan bo'lsa, 2007-2008 o'quv yilining 9 oyida nashr etilgan o'quv adabiyotlari soni 65 dan ortdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha bosmaxona bo'limining mehnat unumdorligi o'tgan yilga nisbatan 23 foizga o'sganini anglatadi.
Kelgusida bosmaxona bo'limi tomonidan ushbu o'sish ko'rsatkichlarini saqlab qolish bilan bir qatorda tayyorlanayotgan matbaa mahsulotlarining sifatini
- institut talabalari uchun talabalik guvohnomalari, reyting daftarchalarini tayyorlash;
- institut bo'limlarining hisobot va hujjatlarini qattiq muqovalash va boshqa matbaa mahsulotlarini tayyorlab berish kiradi.
|