Mamurov Egamnazar Narbayevich
Axborot-nashriyot kompleksi direktori
Mamurov Egamnazar Narbayevich 1958-yilda Jizzax shahrida ishchi oilasida tug’ilgan, millati o’zbek. 1975-yilda o’rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) matematika fakul’tetiga o’qishga kirib, uni 1980— yilda tamomlagan.
1980-1983 yillar davomida Toshkent Davlat Universiteti kunduzgi bo’lim aspiranturasida tahsil olgan.
1984-1991 yillar mobaynida Toshkent Xalq xo’jaligi instituti (hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti) “Ehtimollar nazariyasi va hisoblash matematikasi” kafedrasida dastlab assistent va keyinchalik katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan.
1991-yildan Toshkent Moliya instituti “Matematika” kafedrasida katta o’qituvchi, 1997— yildan dotsent, 2007-yildan boshlab kafedra faxriy professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.
E.Mamurov 1993-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Hozirgi kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etgan.
Oilali, to’rt nafar farzandi bor. |