Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Bo'limlar > Axborot nashriyot kompleksi > Tahririyat va nashriyot bo’limi
Tahririyat va nashriyot bo’limi

Tahririyat va nashriyot bo'limi institut tarkibiy tuzilmasi bo'lib, bo'limning asosiy faoliyati institut talabalarining o'quv adabiyotlariga bo'lgan talablarini qondirishga qaratilgan.

Bo'limda shtatlar jadvaliga muvofiq malakali muharrir va korrektorlar bilan to'liq ta'minlangan.

Bo'limda shtatlar jadvaliga muvofiq 3 nafar katta muharrir, 8 nafar muharrir, 1 nafar texnik muharrir, 3 nafar katta korrektor, 3 nafar korrektor faoliyat olib boradi.

Uzluksiz ta'lim tizimini fanlardan o'quv va ishchi o'quv dasturlariga mos bo'lgan o'quv adabiyotlarini yaratish, institut talabalarini yuqori sifatli o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari, uslubiy adabiyotlar, monografiyalar va ilmiy to'plamlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, qo'lyozmalarni ilmiy va badiiy jihatdan sifatli tahrirdan o'tkazish, chop etilayotgan o'quv adabiyotlar dizaynini har tomonlama zamonaviy bo'lishini ta'minlash, institut elektron kutubxonasini adabiyotlarning elektron versiyalari bilan ta'minlab borish bo'limning asosiy vazifalariga kiradi.

Bo'lim zamonaviy kompyuterlar, printerlar, skaner va nusxa ko'chirish mashinalari bilan ta'minlangan.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.