Urazaliev Kamoliddin Tadjikulovich
1979 yil 7 iyulda Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahrida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli, 2001 yilda Toshkent moliya instituti bakalavriatura va 2003 yilda magistratura bo’limini “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.
2001 yildan buyon Toshkent moliya instituti marketing xizmati bo’limida inspektor, katta inspektor, iqtisodchi, bo’lim boshlig’i muovini va 2011 yil mart oyidan boshlab bo’lim boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.
Bo’lim tarixi
Institut tashkil topgan vaqtdan buyon kadrlarni zamon talabiga mos, yuqori malakali va eng asosiysi kadrlar iste’molchilari talablari asosida tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Ushbu jarayon institutda dastlab ish beruvchilarning fikr-mulohazalari va ehtiyojlarini o’rganish, asosiy kadrlar ist’emolchilari bilan hamkorlik qilish maqsadida shartnomalar rasmiylashtirish, korxona va tashkilotlar hamkorligida bitiruvchilarni ishga taqsimotini o’tkazish kabi tadbirlar ko’rinishida hamda moliya va bank sohasining alohida olingan korxona va tashkilotlari miqyosida boshlandi.
Toshkent moliya instituti marketing xizmati bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari

Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan institutda “Marketing xizmati” bo’limi tashkil etildi. Mazkur bo’lim tashkil etilgandan buyon institutda kadrlar tayyorlash borasida keng ko’lamli marketing tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Marketing xizmati bo’limi maqsadi ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.
Institutda kadrlar ist’emolchilarini fikr-mulohazalari asosida yuqori malakali zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida bo’lim tomonidan korxona va tashkilotlarning iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda o’rganilib borilmoqda. Ushbu jarayonda tarmoq va sohalarni rivojlantirish dasturlarini hisobga olib, bakalavr va magistr kadrlarga bo’lgan parametrlarni ishlab chiqadigan viloyat hokimliklari bilan ham uzviy hamkorlik amalga oshirilmoqda. Vazirliklar, qo’mitalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, shuningdek, viloyatlarni iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan talabini o’rganish asosida institutda mavjud va yangi ochilishi rejalashtirilayotgan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga “istiqbolli buyurtmalar portfeli” shakllantirilgan. O’tkazilgan marketing tadqiqotlari yillar bo’yicha buyurtmalarni barqaror o’sib borayotganligini ko’rsatmoqda.
Toshkent moliya institutida tayyorlanayotgan kadrlarga bo’lgan “istiqbolli buyurtmalar portfeli”ni shakllantirilishi (1998-2015 yy.)

Institutda tayyorlanayotgan kadrlarga asosiy buyurtmalarni markaziy va tijorat banklari, Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari, Davlat soliq qo’mitasi, O’zR Bosh Prokuraturasi huzuridagi SVJJDLQK Departamenti tomonidan berilgan. Olingan buyurtmalar har yili ish beruvchilar bilan hamkorlikda aniqlashtirilmoqda va ular hududiy va ta’lim yo’nalishini hisobga olgan holda umumlashtirilib, tanlash uchun bitiruvchilar e’tiboriga havola etib borilmoqda.
Bugungi kunda institutda tayyorlanayotgan kadrlarni asosiy ist’emolchisi bo’lgan vazirliklarMoliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va sh.k., qo’mitalarDavlat soliq qo’mitasi, Davlat mulkini boshqarish, Davlat statistika qo’mitasi va sh.k, O’z. Res. Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat uyushmalari, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, birjalar, Auditorlar palatasi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan kadrlar tayyorlash sohasida uzoq muddatli hamkorlik qilish to’g’risida 300 dan ortiq shartnomalar tuzilgan.
Toshkent moliya instituti hamda korxona va tashkilotlar o’rtasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik shartnomalarini rasmiylashtirish dinamikasi (1998-2011 yy.)

Ushbu shartnomalarga ko’ra korxona va tashkilotlar institutda tayyorlanadigan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarga o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har yili buyurtma berishi, talabalarning yil davomida belgilangan muddatlarda malakali mutaxassislarga biriktirgan holda malakaviy amaliyot o’tishlarini ta’minlashga amaliy yordam ko’rsatishi, ilmiy darajali va etakchi mutaxassislarini bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik, opponentlik qilishlarini qo’llab-quvvatlashi, o’z ehtiyojidan kelib chiqqan holda institut bitiruvchilarini ishga qabul qilishi belgilab olingan.
Bo’limning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish borasidagi faoliyati
Bugungi kunda institut respublikamizning moliya-iqtisodiyot sohasida etakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasi yuqori bo’lganligi, institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlar institutda malakali, zamonaviy va bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlanishiga zamin yaratmoqda. Shuning uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlarga korxona va tashkilotlar tomonidan ko’plab buyurtmalar berilib, bitiruvchilarga ish joylarini topishda qiyinchilik tug’ilmaydi.
Lekin shunga qaramay institut tomonidan bugungi kunda mehnat bozori talab qilgan yuqori malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish va ular salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, kadrlar asosiy buyurtmachilari bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, o’z kadrlarimizni ishga joylashtirish va ular mehnat faoliyatini kuzatishga alohida e’tibor qaratilgandir.
Marketing xizmati bo’limi fakultetlar, kadrlar tayyorlovchi kafedralar bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ishga samarali taqsimlash va joylashtirish maqsadida har yili kadrlar istemolchilari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda bitiruvchilarni ishga taqsimlash komissiyasi kadrlar asosiy buyurtmachilari vakillari ishtirokida tashkil etilgan, bitiruvchi kurs talabalari uchun ish beruvchi korxona va tashkilotlarning taqdimotlari o’tkazilmoqda, xususan, 2010-2011 o’quv yilida 70ga yaqin asosiy ish beruvchilarning taqdimotlari o’tkazildi, bitiruvchilarga ish joyini tanlashda ko’proq imkoniyat yaratish hamda respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish maqsadida bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumot, ya’ni yosh mutaxassislarni kasbiy yo’nalishlari, shahar va viloyatlarga taqsimlanish ko’rsatkichlari buyurtmachi-tashkilotlarga yo’llash bilan bir qatorda, ular to’g’risidagi ma’lumot respublikamizning ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish an’anaga aylangan. Shuningdek, ish beruvchi korxona va tashkilotlarga bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumotni olishda qulaylik yaratish maqsadida bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumot institut VEB-saytiga ham joylashtirilgan.

Qator asosiy buyurtmachilar bilan, jumladan, O’zR TIF Milliy bank, O’zR AT Agrobank va AT Hamkorbanklar bilan institut o’rtasida maxsus bank guruhlarini tashkil etish borasida tegishli hamkorlik shartnomalari rasmiylashtirilgan. Ushbu shartnomalarga muvofiq bitiruvchi kurs talabalari orasidan tanlov asosida ushbu banklarning maxsus bank guruhlari tashkil etilib, ushbu guruhlardagi bitiruvchi-talabalarga mazkur bank o’quv-trening markazlarida malakali mutaxassislar tomonidan qo’shimcha o’quv mashg’ulotlari olib borilmoqda, talabalar o’qishdan so’ng bankda amaliy jarayonlarni o’rganmoqda, asosiysi, ushbu bitiruvchi-talabalar o’qishi yakunlanmasdan o’z ish joylariga ega bo’lishmoqda.
Iqtidorli bitiruvchi-talabalarni rag’batlantirish va kelgusidagi ish joyi bilan ta’minlash maqsadida institutda ish beruvchilar hamkorligida maxsus tanlovlar va grantlar o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan, an’anaviy ravishda har yili AT Hamkorbank, AT Mikrokreditbank, AT Aloqabank, AT Agrobanklar tomonidan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va “Eng yaxshi magistrlik ishi” nominatsiyalari bo’yicha, “Alskom” sug’urta kompaniyasi tomonidan “Sug’urta yo’nalishi bo’yicha eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi”, “Sug’urta mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi magistrlik ishi” va “Eng yaxshi sug’urta mahsuloti” nominatsiyalari bo’yicha, “Kapital-sug’urta” sug’urta kompaniyasi 5ta nominatsiyalari bo’yicha mukofotlar va stipendiyalar tanlovi o’tkazib kelinmoqda. O’z navbatida tanlov va stipendiya g’oliblari mazkur tashkilotlarga ishga biriktirilmoqda.
Institutning ish beruvchi: korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda yuqorida qayd etilgan va boshqa amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida so’nggi yillar davomida bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichlari yuqori bo’layotganligini qayd etishimiz mumkin.
Bugungi kunda institut bitiruvchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o’z mehnat faoliyatlarini olib bormoqda desak adashmaymiz. Sababi institut bitiruvchilari nafaqat moliya, bank, soliq va boshqa moliya tashkilotlarida, balki iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida o’z sohasi bo’yicha, jumladan, hisobchi, iqtisodchi, auditor, iqtisodchi-pedagog kabi kasblarida mehnat qilib, Respublikamiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shib kelmoqda. Institutimizning ko’plab bitiruvchilari bugungi kunda respublika idoralarida mas’ul rahbar lavozimlarida mehnat qilmoqda.

Institutda viloyat hokimiyatlari, asosiy ish beruvchilar va hududiy mehnat bo’limlari bilan birgalikda o’tgan o’quv yillarda o’qishni tamomlagan institut bitiruvchilarining mehnat faoliyatini o’rganish monitoringi ham yo’lga qo’yilgan. O’tkazib borilayotgan monitoring natijalariga ko’ra bitiruvchilarning 80 foiziga yaqini xizmat pog’onalarida o’sganligi, shundan 14 foizi rahbar lavozimlariga tayinlanganligi, qolganlari ham mehnat faoliyatini davom ettirayotganligi kuzatilgan. Ish beruvchi: korxona va tashkilotlar tomonidan institutda tayyorlanayotgan kadrlarga yuqori baho berilmoqda.
Umuman olganda, institutni tamomlayotgan talabalarni to’liq ish bilan band etish yuzasidan institutda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’z navbatida ushbu holat institut bitiruvchilariga ishga joylashish borasida yanada kengroq imkoniyat va sharoitlar yaratib bermoqda.
Bo’limda to’lov-kontrakt to’lovlarini tashkil etilishi

Ta’lim tizimini demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan 1998 yildan boshlab o’qishning davlat grantlari bilan birga to’lov-kontrakt shakli ham oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi. Shunga mos ravishda institutda ham to’lov-kontrakt asosida o’qitish shakli hamda ushbu munosabatlarni nazorat qilish maqsadida marketing xizmati bo’limi tashkil etildi.

Mazkur vaqtdan buyon institutda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni shartnoma shartida belgilangan majburiyatlarni to’liq ta’minlash, xususan, O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan 1999 yil 24 iyulda 3-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilangan shartlarga mos holda to’lovni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut tomonidan to’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalar o’rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari, jumladan, kelib tushgan to’lov-kontrakt mablag’lari talabalarning o’qish xarajatlari, jumladan, ularning stipendiya summalari va proffesor-o’qituvchilar oylik maoshlari, institut moddiy-texnik bazasini tutib turish harajatlari, kommunal xizmatlar, elektroenergiya va boshqa to’lov haqlari uchun sarflanayotganligi borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshrib kelinmoqda.
|