Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Bo'limlar > Monitoring va ichki nazorat > Bo‘limining NIZOMI
Bo‘limining NIZOMI

1. Umumiy qism

1.1. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limining O‘zbekiston Respublikasi-ning «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va me’yoriy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan faoliyatni nazorat qilish ni, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi;

1.2. “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi institutda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish etilishi, shuningdek institut, fakultet, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliyaviy hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Vazirlik Hay’ati va Ilmiy Kengash qarorlari, vazirlik hamda institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim-tarbiya sohasidagi me’yoriy xujjatlar ijrosi monitoringini nazorat qiladi;

1.3. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi;

1.4. Mazkur Nizom yagona, tashkiliy-uslubiy asosda institut «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limining faoliyatini yortib beruvchi asosiy me’yor va tamoyillarni aniqlaydi;

1.5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadr-lar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi-ning me’yoriy hujjatlari, bo‘lim Nizomi asosida o‘z faoliyatini olib boradi.

2. Bo‘limning maqsadi

Toshkent Moliya instituti «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

3. Bo‘limning asosiy faoliyati va vazifalari:

3.1. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va bo‘limning mazkur Nizomiga muvofiq amalga oshirish.

3.2. Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hayotga tadbiq etilishini amalga oshirish, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va Ilmiy Kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish.

3.3. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limining asosiy ishlar va vazifalari quyidagilardan iborat:

3.3.1. Institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid Qo-nunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma xat, modemogramma va telefonogrammala-rini, shuningdek institutning Ilmiy Kengash qarorlari va buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash hamda ularnig monitoringini olib borish.

3.3.2. Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan talab va mehnat bozorini rivojlantirish, institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish.

3.3.3. Professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining nazoratini tashkil etib borish.

3.3.4. Toshkent Moliya institutida Davlat ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalarini amalga oshirish.

3.3.5. Institutda ta’lim-tarbiya holati hamda rivojlanishi haqida ma’-lumotlar bankini shakllantirish va yangilab borish.

3.3.6. Institutning boshqaruv organlari (vazirlik, rektorat, Ilmiy Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy mate-riallar tayyorlash.

3.3.7. Institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.

3.3.8. Institutda ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish.

3.3.9. Professor-o‘qituvchilarni yillik ichki atestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3.3.10. Institutdagi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘lim(a)lari faoliyatini tahlil qilish.

3.3.11. Institut moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish.

3.3.12. Ayrim aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

4. “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi tadbirlari natijalari

4.1. Institutda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlari, ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha Respublika Hukumati va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, Vazirlikning buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi monitoringi ma’lumotlarini vazirlikning “Monitoring” bo‘limi va tegishli boshqarmalariga o‘z muddatida sifatli taqdim qilishini ta’minlaydi.

4.2. Monitoring jarayonida ko‘rsatilgan va aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish va institut rahbariyatiga taqdim etadi.

5. Bo‘limning huquqlari

5.1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Huku-mati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma xat, modemogramma va telefonogrammalarini. shuningdek Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashi qarorlari va buyruqlarining bajarilishini fakultetlarda, kafedralarda, bo‘limlarda tahlil qilish va har oyda ularning jadval shaklida hisobotlarini tayyorlab, Vazirlikka taqdim etish.

5.2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyor-lash milliy dasturi” qonunlari, ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha Respubli-ka hukumati Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qa-rori, Vazirlikning buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalari-ni, shuningdek, institut Ilmiy Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari ba-jarilishini (fakultet, kafedra, bo‘limlarda) tahlil qilish;

5.3. Institutning fakultet va kafedralarida Davlat ta’lim standartla-riga hamda ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy xujjatlarga amal qilishi monito-ringini olib borish va natijalarni umumlashtirib borish;

5.4. Institutda va unga tegishi ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.

5.5. Institutning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun ke-rakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb etish.

5.6. Yakuniy davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, bu jarayon bilan bog‘liq nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni monitoring qilish;

5.7. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganuvchi guruhlar tuzish va shu kabilar.

5.8. “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish yuzasidan belgilangan tartibda malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish va faoliyatni tahlil etishdir.

6. Bo‘limning majburiyatlari

6.1. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma xat, modemmogramma va telefonogrammalarini, shuningdek Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashi qarorlari va buyruqlarining bajari-lishini institut bo‘lim(a) va kafedralarda tahlil qilib va har oyda ularnng jadval shaklida hisobotlarini tayyorlab, Vazirlikka taqdim etish.

6.2. Institutning kafedralarida va litseyda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirib, uning natijalarini institut ilmiy kengashiga olib chiqish.

6.3. Institutda va unga tegishi ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etib, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.

6.4. Institutning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb etish orqali mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish.

6.5. Davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda olib borilishini nazorat qilish.

6.6. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganiuvchi uchun belgilangan tartibda o‘quv yurtinig malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlarni tuzish va shu kabilar.

6.7. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va rektor asdiqlagan yillik ish rejaga muvofiq amalga oshiradi.

6.8. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi faoliyati har yili institutning Ilmiy Kengashida muhokama qilinadi va bu haqidagi hisobot Vazirlikka o‘quv yilining oxirida taqdim etiladi.

7. “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limining tarkibiy tuzilmasi

7.1. “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi mansab jadvali prorektor-boshliq, boshliq muovini, bosh metodist va inspektorlardan iboratdir:

“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi mansablari tarkibi talabalar soniga binoan oliy ta’lim muassasasiga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.

“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi.

7.2.“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi o‘z faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va rektor tasdiqlagan yillik ish rejaga muvofiq ish olib boradi.

7.3.“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi faoliyati har yili institutning Ilmiy Kengashida muhokama qilinadi va bu haqidagi hisobot Vazirlikka o‘quv yilining oxirida taqdim etiladi.

«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi quyidagi shtat birliklarni o‘z ichiga oladi:

1. Bo‘lim boshlig‘i – 1 kishi.

2. Uslubchi – 1 kishi.

3. Inspektor – 1 kishi.

Shtatdagi xodimlarning funktsional majburiyatlari

8. Bo‘lim boshlig‘i

8.1. Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazfalar dorasida bo‘lim faoliyatini rajalashtiradi va uning bajarilishini ta’minlaydi.

8.2. Bo‘lim xodimlari faoliyatini muvafoiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘’tadil muhit va mehnat intzomini ta’minlaydi.

8.3. Yuqori tashkilotlarga talab qilingan ma’lumot va hisobotlarning belgilangan shakl va muddatlarida taqdim etilishiga javob beradi.

8.4. Bo‘lim hamda institut tashkiiy tadbirlariga faol ishtirok etayotgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlab, uni rahbariyaga taqdim etadi.

9. Uslubchi

9.1. Ushbu lavozimga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi va u «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysunadi.

9.2. Uslubchi o‘z faoliyatini institut rektori buyruqlari, o‘quv ishlari bo‘yicha rektor muovini talablari va bo‘lim boshlig‘i ko‘satmalariga muvofiq amalga oshiradi.





10. Inspektor

10.1. Mazkur lavozimga tayinlangan shaxs «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi boshlig‘iga bevosita bo‘ysunadi.

10.2. Inspektor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda Hay’at qarorlarining institutda bajarilish tahlilini doimiy ravishda amalga oshirib boradi.

10.3. Yuqoridagi farmon, qaror va buyruqlarning institutdagi ijrosi yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlab, ularning belgilangan tartib va muddatlarda Vazirlikka taqdim etilishini ta’minlaydi.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.