REJA-MOLIYA BO’LIMI BOShLIG’I
NORQULOV AKBAR BAXRONOVICh

1979 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug’ilgan. 2000 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
BO’LIM VA UNING FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o’quv yurtlarida o’qitish jarayonini zamon talablari darajasiga etkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda «Reja-moliya» bo’limlari munosib hissasini qo’shib kelishmoqda. Shu qatorda, bizning bo’limimiz ham institut tashkil qilinganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Zero, bo’limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad institutimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o’quv jarayonini yuqori saviyada o’tishi uchun zaruriy o’quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, institutimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag’larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo’l qo’ymaslik bo’lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
I. Bo’limning umumiy qoidalari
1.1. Institut Ustaviga ko’ra Reja-moliya bo’limi mustaqil bo’lib, mazkur nizom asosida faoliyat ko’rsatadi va bevosita institut Tadbirkorlik va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektoriga bo’ysinadi.
1.2. Reja-moliya bo’limi o’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy siyosati sohasidagi hamda Institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalari asosida harakat qiladi.
1.3. Reja-moliya bo’limi xodimlari institut ma’muriy- boshqaruv xodimlari sanaladi va ularning oylik maoshi umumiy ish xaqi fondi bo’linmasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
1.4. Reja-moliya bo’limi boshlig’i institut Tadbirkorlik va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektori tavsiyasiga binoan institut rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
II. Bo’limning asosiy faoliyati va vazifalari
2.1. Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish.
2.2. Shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish.
2.3. Institut iqtisodiy siyosati sohasidagi buyruqlarni amalga oshirish bo’yicha takliflar tayyorlash.
2.4. Professor-o’qituvchi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.
2.5. Byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish.
2.6. Xarajat yo’nalishlari bo’yicha mablag’ni taqsimlash uchun tavsiya tayªrlash.
2.7. Muassasa rahbarining topshirig’iga ko’ra mablag’larni sarflash bo’yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o’tkazish.
2.8. Institut hisob raqamiga kelib tushadigan nobyudjet mablag’larning daromad va xarajatlar prognozini ishlab chiqish.
2.9. Institut byudjet va nobyudjet mablag’lari sarflanishini nazorat qilish.
2.10. Iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish.
2.11. Iqtisodiy va mehnat me’yorlarini ishlab chiqish.
2.12. O’quv yili uchun professor-o’qituvchilar hamda xodimlar sonini aniqlash bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish.
III. Bo’limning huquq va majburiyatlari
3.1. Reja-moliya bo’limini rektor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo’limdagi barcha xodimlar bo’ysinadi.
3.2. Reja-moliya bo’limi boshlig’i quyidagi huquqlarga ega: - Reja-moliya masalalari bo’yicha ko’rsatmalar berish, topshiriqlarni, xujjatlarni, mehnat intizomini ijrosini talab qilish va hisobotlar olib borish;
- nizom bo’yicha shtat intizomini nazorat qilish;
- byudjet va nobyudjet mablag’lari sarflanishini nazorat qilish;
- Reja-moliya masalalari bo’yicha yozishmalar olib borish;
- bo’lim xodimlarini malakasini oshirish, moddiy rag’batlantirish va intizomiy jazolash bo’yicha takliflar berish.
IV Bo’limning asosiy maqsadlari
4.1. Bo’limda bajarilayotgan ishlarni takomillashtirib borish.
4.2. Institut jamoasini ijtimoiy muhofaza qilish borasida zarur mablag’ bilan moliyalashtirishni ta’minlab borish.
4.3. Institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirishda kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.4. Institut mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishida xizmat ko’rsatish.

4.5. Binolarning texnik holatlarini yaxshilash uchun tuzilgan smeta loyihalari doirasida moliyalashtirishni ta’minlash.
4.6. Bo’lim tomonidan topshiriladigan hisobot va loyihalarning aniq va sifatli bo’lishini ta’minlash.
4.7. Tasdiqlangan reja va limitlar doirasidan chiqmaslikni qat’iy nazorat qilish.
4.8 Institutning iqtisodiy vaziyatini yaxshilashda muntazam faoliyat yuritib borish.
Bo'lim manzili: Reja-moliya bo’limi Toshkent sh., Yunusobod tumani, Niyozbek yo’li 3-tupik 3 uy manzilida joylashgan.
Telefon: 235-40-76
Elektron Manzil: financial@tfi.uz |