Moliyaviy menejment fakulteti 2003-2004 o’quv yilining fevral oyida institutning “Hisob-iqtisod” va “Kredit-iqtisod” fakultetlari negizida tashkil etildi. Fakultetning tashkil etilishiga Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashida bildirgan taklifi asos bo’ldi. I.A.Karimov o’z nutqlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida olimlar, ziyolilar, ishbilarmon tadbirkorlar bilan bir qatorda boshqaruvchi “menejerlar”ning mavjud bo’lishligi muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida atroflicha tushuncha berdi. Institut rahbariyati mazkur anjumanda Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan fikr mulohazalaridan kelib chiqqan holda, o’z ichki imkoniyatlariga tayanib “Boshqaruv” fakultetini barpo etdi. 2011-2012 o’quv yilidan boshlab, zamon talablariga asoslangan holda fakultet nomi “Moliyaviy menejment” fakulteti deb o’zgartirildi.
Fakultetga 2003-2010 yillarda F.Krimov, 2010-2012 yillarda F.Babashev, 2012 yildan boshlab O.Astanakulov rahbarlik qilib kelmoqda.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Kichik halqa yo`li - 7 uy.
Telefon: (+ 998 71) 2344952
E-mail: bf@tfi.uz |