Shadmanov Xayrulla Nosirillayevich
O'quv va metodik ishlar bo'yicha dekan muovini
U 1972 yilda Guliston tumanida xizmatchi oilasida tug'ilgan. Oliy ma'lumotli. Toshkent Davlat Agrar Universitetning Iqtisod fakultetini 1996 yilda tamomlagan. 1996 yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetining Aspiranturasiga o'qishga kirib 1999 yilda tamomlagan. O'zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi a'zosi. Mehnat faoliyatini Toshkent Moliya institutining Marketing xizmati bo'limida iqtisodchilikdan boshlagan. 2004 yildan 2010 yilgacha Toshkent Moliya institutining Boshqaruv fakulteti dekani muovini lavozimida ishlab keldi. Toshkent Moliya instituti tomonidan tayyorlangan bakalavr yo`nalishida o`qitiladigan ixtisoslik va tanlov fanlaridan o`quv dasturlari to`plamini yaratilishida faol ishtirok etgan. Fakultet ilmiy kengashida o'quv jarayonlarini tashkil etishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan bir qator asosli takliflar kiritgan va bu takliflar joriy etilgan. Hozirda Moliyaviy menejment fakultetida o`quv ishlari bo`yich dekani muovuni lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Allaberganov Roman Qurambayevich
O'quv va metodik ishlar bo'yicha dekan muovini
2006 yilda “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha imtiyozli diplom bilan bakalavr darajasi ega bo'lib, 2008 yilda “Xalqaro bank ishi” mutaxassisligi bo’yicha Magistraturani davlat granti asosida tugatgan. 2008 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida o’qituvchilik faoliyatini boshlagan.
2010 yilda Hindiston ITEC Davlat grantiga sazovor bo'lib, NIESBUD/BAT dasturi bo'yicha Dehli shaxrida malaka oshirgan. "Milliy Konsalting Simpoziumi — 2010" (Dehli, Hindiston) ishtirochisi. O'zbekiston Respublikasi Presidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar "Iste'dod" jamg'armasining 2011 yil grant sovrindori. 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Hozirda Moliyaviy menejment fakultetida o`quv ishlari bo`yich dekani muovuni lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Madaminov In’omjon Ozodovich
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan muovini
U 2006 yilda Toshkent Moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti “Moliya” yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2008 yilda Toshkent Moliya instituti Magistratura bo’limini “Xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar” mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli diplom bo’yicha tugatib, 2008 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti “Moliya injiniringi va bozorlar” hozirgi “Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar” kafedrasida o’qituvchilik faoliyatini boshlagan. Toshkent Moliya instituti tomonidan tayyorlangan bakalavr yo’nalishida o’qitiladigan ixtisoslik va tanlov fanlaridan o’quv dasturlari to’plamini yaratishda faol ishtirok etgan. “Qimmatli qog’ozlar bozori” nomli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma (hammualliflikda 2011yil) yaratgan va 20 ga yaqin ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.
2012 yil mart oyidan boshlab Moliyaviy menejment fakultetida dekan muovini lavozimida ishlamoqda. Shu bilan bir qatorda nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. |