Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Byudjet hisobi va davlat jamg`armalari fakulteti
Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlariga, «Oliy ta’lim to’g’risida»gi Nizomga muvofiq ta’lim sifatini yanada yangi pog’onaga ko’tarish maqsadida Institut Ilmiy Kengashining 2004 yil 30 yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan “Umumiqtisod” fakulteti tashkil etildi va 2010 yil 29-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq “Umumiqtisod” fakultetining nomi “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti deb o’zgartirildi. Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar mavjud:

  • Biznes va iqtisodiyot;
  • Byudjet xisobi;
  • G’aznachilik ishi;
  • Jismoniy tarbiya va sport.

Fakultet kafedralarida 60 ta professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi, shu jumladan, 7 ta fan doktorlari va professorlar, 23 ta fan nomzodlari va dotsentlar, 23 ta katta o’qituvchi va 7 ta assistentlar.

Fakultetda «Biznesni boshqarish», «Byudjet hisobi va nazorati», «Bank hisobi va audit», «G’aznachilik ishi» va «Inqirozga qarshi boshqaruv» bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha hozirgi zamon talablariga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Fakultet professor - o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” fondi orqali AQSh, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya va shu kabi boshqa rivojlangan mamlakatlar nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’z malakalarini oshirib kelganlar.

Fakultetining xalqaro aloqalari

Fakultet tasarrufidagi kafedralar tomonidan ilmiy va amaliy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berilgan. Ular tomonidan taqdim etilgan loyihalariga muvofiq grantlar yutilmoqda. Agrar sektorda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish loyihasiga asosan 9 mln. so’mlik grant G’.Qudratov rahbarligida yutib olingan.

Ushbu yo’nalishda grantlar asosida ishlarni rivojlantirish kafedralarning asosiy faoliyatini bir qismini tashkil etmoqda.

Fakultet manzili: 100000, Yunusobod tumani, A. Timur ko’chasi, 60 a uy.

Tel: (+99890) 3174361

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.