Ibragimov G’ayratjon Artikovich
Ibragimov G’ayratjon Artikovich 1985 yili Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatib, shu institutning «Buxgalteriya hisobi va tahlil» kafedrasi assistenti lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. Harbiy xizmatdan keyin o’z faoliyatini davom ettirgan.
1989-1992 yillarda Sankt-Peterburg Savdo-iqtisod instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1993 yili “Organizatsiya i metodika buxgalterskogo ucheta xozyaystvennoy deyatelnosti roznichnoy torgovli v usloviyax rinochnoy ekonomiki” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
1992-2006 yillarda bank tizimida turli lavozimlarda mexnat qilgan.
G.Ibragimov 2006-2007 yillarda Toshkent moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, 2007 yildan moliya injiniringi fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.
2010 yil iyun oyidan “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda. |