Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarDavlat dasturlariDavlat ramzlariInteraktiv xizmatlar FotogalereyaAbiturient-2014GOVEDUZIYONETVAK
Struktura > Fakultetlar > Sug`urta fakulteti
Sug'urta fakulteti

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 3 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida”gi 21-sonli buyrug’i, shuningdek, institut rektorining 2005 yil 27 avgustdagi 137-sonli buyrug’iga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug’urta ishi” ta’lim yo’nalishlari negizida Soliq va sug’urta ishi fakulteti tashkil qilingan. 2011-2012 o’quv yilidan e’tiboran, fakultetning nomi Sug’urta fakulteti deb o’zgartirildi.

Fakultet shiori: Soliq tizimi va sug’urta faoliyatiga etuk, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.

Hozirda fakultetda 5230800-“Soliqlar va soliqqa tortish” hamda 5231200 -“Sug’urta ishi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi

Fakultet institutning o’quv-ilmiy va ma’muriy tarmog’i hisoblanib, “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug’urta ishi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavr kadrlar hamda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, shuningdek kafedralarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini muvofiqlashtirib boradi. Bugungi kunda fakultet tasarrufida “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Sug’urta ishi” hamda “Falsafa va O’DJQNA” kafedralari mavjud.

Sug’urta fakulteti Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya Akademiyasi, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi, Moskva Davlat Universiteti, Sankt-Peterburg Moliya-iqtisod Universiteti, Germaniyaning Manxeym Universiteti, AQShning Texas A&M Universiteti, Koreyaning YoJU texnologiya instituti, Xitoyning Shanxay Universiteti, Germaniya Garburg Informatsion texnologiyalar Universiteti, Chexiyaning “Iqtisodiyot va menejment oliy maktabi” bilan o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Ushbu hamkorlik aloqalari samarasi o’laroq fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida ta’lim olib, o’z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan so’nggi yillarda ko’pgina darslik va o’quv qo’llanmalar chop etilmoqda. Jumladan: prof. A.Vahobov va prof. A.Jo’raev tomonidan “Soliqlar va soliqqa tortish” darsligi, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Soliq nazariyasi”, “Bojxona ishi asoslari”, “Soliq qonunchiligi asoslari”, “Soliqni prognoz qilish”, “Soliq menejmenti” o’quv qo’llanmalari yaratildi.

“Sug’urta ishi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit” o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasdiqlangan ish reja asosida olib borilmoqda. Joriy o’quv yilida fakultetda 31 ta akademguruhlar mavjud bo’lib, ularga fakultet tasarrufidagi kafedralarining professor-o’qituvchilari murabbiylar etib tayinlangan.

Hozirgi vaqtda fakultet talabalarining 56 nafari talabalar turar joyida istiqomat qilishmoqda.O’quv yili davomida qator ma’naviy-marifiy ishlar o’tkazib kelinmoqda:

Fakultet dekanati va unga qarashli kafedralarning barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganbo’lib, ular institut lokal tarmog’i va u orqali INTERNET ga ulangan. Shuningdek, institut saytida fakultetning sayti va elektron pochtasi ochilgan. Institut talabalari va professor-o’qituvchilari ulardan keng foydalanish imkoniyatiga ega

Fakultet professor-o’qituvchilari o’qitiladigan fanlar kompyuter va zamonaviy axbarot texnalogiyalari asosida o’qitilmoqda.



Bo'glanish uchun ma`lumot:

Fakultet manzili: Toshkent shahar Kichik xalqa yo’li, 7-uy.

Muloqot telefonlari: (+99871) 234-45-89 fakultet dekani, (+99871) 234-23-29 dekanat

Fakultet elektron pochtasi: dsuf@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.