|
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tub o'zgarishlar malakali kadrlarga bo'lgan talabni yuzaga chiqarmoqda. Bu esa o'z navbatida biznes va boshqaruv sohasida band bo'lgan xodimlarni zamonaviy bilimlar bilan o'qitishni talab etmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, progmatik va zukko mutaxssislarni tayyorlash imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida mustaqil Respublikamiz yuqori malakali va xalqaro standartlar talabiga javob beradigan buxgalteriya hisobi va auditorlik hizmatiga extiyoj sezmoqda. Bu, Respublikaning mustaqil davlat sifatida halqaro iqtisodiy munosabatlarni olib borish huquqini qo'lga kiritganligi, ayni paytda jahon miqiyosida qabul qilingan me'yor va tartiblarga rioya qilish, teng huquqli savdo va tijorat sharoitida ishlay oladigan etuk mutaxassislarga bo'lgan talablarning ortib borishi bilan bog'liqdir.
Hisob-iqtisod fakulteti uzoq va ishonchli tarixiy yo'lni bosib o'tgan. Fakultet Leningrad instituti bazasida 1946 yil Toshkentda tashkil topgan. Dastlab institutda jami 54 ta talaba "Sanoatda buxgalteriya hisobi" mutaxassisligi bo'yicha o'qitilar edi. Keyinchalik fakultet qoshidagi yo'nalishlar bo'yicha mutaxassisliklar tayyorlana boshlandi.
Fakultetda "Statistika" (1948 yil), "Davlat bankida buxgalteriya hisobi" (1955 yil), "Qishloq xo'jaligi buxgalteriya hisobi" (1952 yil), "Savdoda buxgalteriya hisobi" (1962 yil), 1963-1964 yillarda fakultetda "Transport korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash" bo'yicha mutaxassisliklarni tayyorlash yo'lga qo'yilgan. 1980 yildan boshlab "Taftish va nazorat" ixtisosligi bo'yicha ham talabalar o'qitila boshlandi.
"O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" vazifalaridan kelib chiqib yangi o'quv standartlariga asosan "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Fakultetning birinchi dekani iqtisod fanlari doktori, professor A.M. Ayrumov uni 1959 yilgacha boshqargan. Keyinchalik fakultetni iqtisod fanlari doktori, professor N.F. Jabborov (1959-1962), professor S.B. Qodirxonov (1963-1969), A.S. Sotivoldiev (1969-1978), professor M.X. Xamroev (1978-1984), iqtisod fanlari doktori professor, Yo.A. Abdullaev (1985-1991), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.A. Karimov (1991-2001, 2004-2005), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Z.T. Mamatov (2001-2004), Iqtisod fanlari doktori, prof. Hasanov B (2005-2006), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Rahimov M.Yu.(2006-2010) boshqargan, 2010 yildan boshlab iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Кudaybergenov J. SH. raxbarlik qilib kelmoqda. Fakultetni tugatgan mutaxassislar bugungi kunda Respublika Davlat Soliq Qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bank tizimi va shu kabi iqtisodiyotning turli sohalarida korxona, firma va kompaniyalarida buxgalter-iqtisodchi, auditor lavozimlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning orasida Respublika fanining etuk namoyondalari, xizmat ko'rsatgan iqtisodchilar, fan doktorlari, professorlar, vazir va vazir o'rinbosarlari, xokim va xokim o'rinbosarlari bor. 1990 yilda birinchi marta fakultet bazasida Respublika buxgalterlar va auditorlar uyushmasi tashkil topgan.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent sh., Niyozbek yo`li 3A.
Telefon: (+ 998 71) 235 29 30
E-mail: dekhif@tfi.uz |