Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Hisob va audit fakulteti > Dekan
Dekan

Кudaybergenov Jаnpоlаt Shamuratovich

Hisob va audit fakulteti dekani

 Iqtisod Fanlari nomzodi, Dotsent

    Кudaybergenov Jаnpоlаt Shamuratovich 1978 yil 10 mаrtdа Nukus shahrida tug’ilgan. 1995 yil Nukus shahridagi 9-son o’rta maktabni tugatgan. 1996 yili Berdak nomli Qoraqalpog’iston Davlat Universitetining iqtisod fakultetining «Моliya kredit» yo’nalishiga o’qishga kirdi va 2000 yilda imtiyozli bakalavr diplomi bilan tamomladi.

    Аynan shu yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamg’armasi granti asosida Buyuk Вritaniyaning Birmingem Universiteti magistraturasida o’qishini davom ettirib, 2001 yili «Davlat iqtisodiy menejmenti va moliya» mutahassisligi bo’yicha iqtisod magistri darajasini oldi. 2006 yilda «Valuta kursining tahlili va uning O’zvekiston iqtisodiyotiga ta’siri» nomli nomzodlik dissertatsiyasini a’lo darajada himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Хоzirgi kunda «Коnseptualniy оsnovi obespecheniya ustoychivosti natsionalnih valyut v usloviyah nestabilnosti mirovoy valyutnoy sistemi» nomli doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

    Меhnat faoliyatini Тоshkent moliya institutining “moliya injiniringi va bozorlar” kafedrasida 2005 yilda katta o’qituvchilikdan boshlagan va 2007 yildan boshlab dotsent lavozimida ishladi. 2009-2010 yilari “Моliya injiniringi va bozorlar kafedrasida” kafedra muduri lavozimida ishladi. Hozirgi kunda Hisob va audit fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda. Institut ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublika ilmiy аmаliy konferensiyalarida, seminarlarda uzluksiz ishtirok etib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasining “Umid” yosh stipendiyatlari o’rtasida otkazilgan konferensiyada birinchi darajali Diplomi bilan taqdirlangan.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.