Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti
Moliya injiniringi fakulteti

FAKULTET TARIXI

Toshkent moliya instituti rektorining 2007 yil 5 noyabr 164-sonli buyrug'i bilan Moliya injiniringi fakulteti tashkil qilindi. 2010 yil dekabr oyidagi Institut 6-son Ilmiy Kengashi yig'ilishi qaroriga asosan fakultet nomi "Loyihalarni moliyalashtirish"ga o'zgartirildi. Institut Ilmiy Kengashining Moliya injiniringi fakultetida 5341200-"Investitsiyalarni moliyalashtirish", 5341500-"Moliya injiniringi", 5341600-"Bozorlardagi faoliyat va operatsiyalar", 53416 00-“Qimmatli qog’ozlar”, 5342700-"Baholash ishi" va 5230600-“Moliya” bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Hozirgi kunda fakultetga jami 3ta kafedra biriktirilgan, bular "Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar", "Loyihalarni moliyalashtirish" yo'nalish bo'yicha ixtisoslik fanlaridan dars beruvchi "Chet tillari" kafedralaridir.


FAKULTET O’QUV JARAYONI

Hozirgi kunda Loyihalarni moliyalashtirish fakultetida jami 783 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan:

- davlat granti asosida 118 nafar;

- to’lov-kontrakt asosida 665 nafar:

Fakultet ta’lim yo’nalishini bitirgan mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning bo’linmalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tijorat banklarida, nobank moliya-kredit muassasalarida o’z kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin.

Fakultet talabalariga bank ishi, bank menejmenti va marketingi, pul— kredit orqali muvofiqlashtirish, bank auditi, tijorat bankl ari faoliyati tahlili, banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika hamda shu kabi 60 dan ortiq fanlar bo’yicha bilimlar majmui beriladi.
 

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda institutning 80 dan ortiq professor-o’qituvchilari xizmat ko’rsatmoqda. Ularning 58 foizdan ortig’i fan doktorlari-professorlar hamda fan nomzodlari — dotsentlardir.


Fakultetda olib borilayotgan darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib yo’lga qo’yilganligi muhim o’rin egallamoqda.

FAKULTET ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Ilmiy-tadqiqot ishlari iqtisodiyot tamoqlarida vujudga kelayotgan muammolarni hal qilish talablaridan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

2010-2011 o'quv yili davomida fakultet professor o'qituvchi-laridan K. Sharifxadjayeva, B. Mamatov va L. Zoyirov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Hozirgi kunda fakultet o'qituvchilaridan 2 nafari doktorlik dissertatsiyasi, 12 nafari esa nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Shulardan, B. Shoyusupov, F. Muhammedov, R. Saidovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turishibdi.

Fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan so'ngi o'quv yilida bir qator darslik, o'quv qo'llanmalar tayyorlanib, nashr etildi. Shuningdek, 100ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etildi.


IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH

Iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni ijodiy salohiyatlarini ro'yobga chiqarish y uzasidan guruh talabalari iqtidorli talabalar aniqlanib, ular to'g'risidagi ma'lumotlar jamlanib, fakultet web-saytiga joylashtirildi. Iste'dodli yoshlarni qo'llab quvvatlashga qaratilgan, matbuotda va internet sahifalarida chop ettirish maqsadida maqolalar yozish uchun fakultetda iqtidorli talabalar tanlab olinib, kafedralar professor-o'qituvchilariga biriktirildi.

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR

Har bir jamiyatning ma'naviy darajasi uning iste'dod egalarini, xususan, qobiliyatli o'quvchi-talabalarini qadrlanishi, ularga alohida g'amxo'lik ko'satilishi, komil inson bo'lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta'minlab berilishi ham belgilanadi.

 

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Kafedralarning 22 ta professor — o’qituvchilari tasdiq-langan murabbiylik rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar.


Ma’naviyat va ma’rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o’rtasida turli sport m usobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi xona” ko’rik tanlovlari o’tkazib boriladi. Jumladan, an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan sportning shaxmat, tennis, futbol turlari bo’yicha “Dekan kubogi” turniri o’tkazilib, unda fakultetning 100 dan ortiq talabalar muntazam qatnashib keladi.


Fakultetda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlardan asosiy maqsad talabalarda yuksak ma'naviy fazilatni kamol toptirish, ularga milliya mafkurani chuqur singdirish, talaba yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning nafaqat kasbiy, balki ma'naviy dunyoqarashini ham yuksaltirishdan iboratdir.

Manzilimiz: Toshkent shahar, Amir Temur ko'chasi 60A-uy

Telefon raqami: (8371) 234-46-34

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.