Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti > Dekan
Dekan

Karimova Komila Doniyorovna

iqtisod fanlari nomzodi, dosent

Karimova Komila Doniyorovna 1982 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2 nafar farzandning onasi.

2000 yilda ijtimoiy yo'nalishdagi Respublika maxsus gimnaziyasini tamomlagan. Shu yilning o'zida Toshkent moliya institutining Moliya-iqtisod fakulteti "Moliya" yo'nalishiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilindi. 2004 yilda imtiyozli bakalavr diplomi bilan tamomlagan. Shu yili institutning magistratura bo'limiga "Xalqaro moliya bozorlardagi operatsiyalar" yo'nalishiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilinib, 2006 yilda muvaffaqiyatli tugatgan. K. Karimova 6 yillik mehnat stajiga ega bo'lib, asosiy faoliyat davri Oliy ta'lim tizimiga to'g'ri keladi. 2006 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent moliya instituti "Moliya" kafedrasiga o'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinib, "Moliya" fanida ma'ruza va amaliyot darslarini o'tib pedagogik faoliyatini boshlagan. Kafedradagi samarali faoliyatini inobatga olib, 2009 yil sentyabr oyidan boshlab, "Moliya" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi va "Moliya" kafedrasi mudiri bo'lib ishlay boshladi. 2010 yil iyun oyidan Toshkent moliya instituti Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko'rsatbi kelmoqda.

2009 yil yanvar oyida "Kichik biznes korxonalari moliyaviy barqarorligini ta'minlashda risklarni boshqarish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. K. Karimova shu kunga qadar nashr etgan 20dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Ilmiy yo'nalishdagi faoliyatini rivojlantirib borish maqsadida "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yo'nalishlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishalmoqda.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.