Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti > Dekan muovinlari
Dekan muovinlari

Kurbanbaev Jo'rabek Eruvbaevich

O’quv ishlari bo’yicha

iqtisod fanlari nomzodi

Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti. 2000-2003 y.y. davomida Toshkent Moliya instituti kunduzgi aspiranturasining “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” mutaxassisligi bo’yicha tahsil oldi va 2005 yili “Korxonalarda hisob siyosatini shakllantirish, yuritish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. O’ndan ortiq ilmiy maqolalar hamda “Moliyaviy hisob” o’quv qo’llanmasi muallifidir. U 2003-2004 yillar davomida PRAGMA hamda boshqa xalqaro dasturlarning o’quv guruhlarida qatnashib kelgan. Hozirgi kunda Toshkent moliya institutining Loyihalarni moliyalashtirish fakultetida o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

 

O’roqov Uchqun Yunusovich

Ma’naviy-Axloqiy Tarbiya Ishlari Bo’icha Dekan Muovini

1983 yil Buxoro viloyatida tug’ilgan. Millati o'zbek, ma'lumoti oliy. 2006 yil Toshkent Moliya instituti Moliya-iqtisod fakultetining ”Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat yonalishini, 2006-2008 yillarda Toshkent Moliya instituti magistratura bolimi ”Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori. 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «Istedod» jamgarmasida ”Yoshlarda rahbarlik mahorati” maxsus o’quv kursida ta’lim olgan. 2008-2010 yillarda Toshkent Moliya instituti “Moliya” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 2010 yil 26 avgustdan hozirgi kunga qadar Toshkent Moliya instituti Loyihalarni moliyalashtirish fakultetida o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

30 ga yaqin ilmiy maqola va ilmiy tezislar muallifi. Hozirda “Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq nazorati samaradorligini oshirish yo’llari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.