|
Fakultet Tarixi
Respublikamizda 1931 yil 31 avgustda O’rta Osiyo Moliya-iqtisod institutining tashkil etilishi kredit-iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlanishiga asos bo’ldi. 1946 yil shu institut tarkibida "Kredit-iqtisod" va "Moliya-iqtisod" fakultetlari tashkil etildi. "Kredit-iqtisod" fakultetiga 1961-1968 yillarda M.V. Kozin, X. M. Murodov, T.T. Xodjaev, 1968-1984 yillarda T.Qosimov, 1984-1991 yillarda esa N.A.Abdullaevlar rahbarlik qilgan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, moliya-kredit mutaxassis kadrlariga bo’lgan talabning kuchayishini inobatga olib, Respublika Prezidentining 1991 yil 13 maydagi Farmoni bilan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida 1991 yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent Moliya instituti tashkil etildi. Institutning etakchi fakulteti sifatida esa kredit-iqtisod fakulteti o’z faoliyatini boshladi.
Kredit-iqtisod fakultetiga 1991-1995 yillarda T.Qoraliev, 1996-2001 yillarda E. Egamov, 2001-2004 yillarda M. Erkaboev, 2004-2008 yillarda F.Bozorov, 2009 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha O.Sattarov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda fakultet tasarrufida 3 ta, ya’ni “Bank ishi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” hamda “Informatsion va kommunikatsion texnologiyalar” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda.
2011 yildan boshlab fakultetning o’quv jarayoni barcha jahon talablariga javob beradigan, 300 dan ortiq kompyuterlar bilan jihozlangan hamda internet tarmog’iga ulangan shinam auditoriyalarda, 2 ta katta ma’ruza zallari, zamonaviy axborot resurs markazi, bir so’z bilan aytganda institut yangi binosida tashkil etilmoqda.
Fakultet O’quv Jarayoni
Kredit-iqtisod fakulteti 5230700 — "Bank ishi" yo’nalishi bo’yicha Respublika bank muassasalari uchun bakalavr mutaxassislarini tayyorlab beruvchi tayanch oliy o’quv yurti hisoblanadi.
5230700 — "Bank ishi" ta’lim yo’nalishini bitirgan mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tijorat banklarida, nobank moliya-kredit muassasalarida o’z kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin.
 
Fakultet talabalariga bank ishi, bank menejmenti va marketingi, pul— kredit orqali muvofiqlashtirish, bank auditi, tijorat banklari faoliyati tahlili, banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika hamda shu kabi 60 dan ortiq fanlar bo’yicha bilimlar majmui beriladi.
Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda institutning 100 dan ortiq professor-o’qituvchilari xizmat ko’rsatmoqda. Ularning 60 foizdan ortig’i fan doktorlari-professorlar hamda fan nomzodlari — dotsentlardir.
Fakultetda olib borilayotgan darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib yo’lga qo’yilganligi muhim o’rin egallamoqda. Shu o’rinda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’tilayotganligini tashkil etilishini alohida aytib o’tish joyiz. Bundan tashqari, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan yanada uyg’unlashtirish maqsadida maxsus texnika va dasturlar bilan ta’minlangan imitatsion bank o’quv markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, talabalar mijozlarga xizmat ko’rsatish, ularni buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish jarayonlari bilan yaqindan tanishishadi.
Fakultet Ilmiy — Tadqiqot Jarayoni
2009-2010 o’quv yilida Respublika bo’yicha 100 ta grantdan 8 tasi fakultet talabalari (KBI-54 guruh talabasi A.Raximov, KBI-77 guruh talabalari N.Ibodova va Sh.Axmedova, KBI-78 guruh talabasi D.Mamasobirov, KBI-97 guruh talabalari R.Mannonov, A.Divanov va B.Eranov, KBI-99 guruh talabasi S.Shomaxmudova) “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” va “Mehr nuri” jamg’armasi hamkorligida ta’sis etilgan “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” dasturi va “Ta’lim grantlari”ni yutishga muvofaq bo’lishgan bo’lsa, 2010-2011 o’quv yilida 50 ta grantdan 6 nafar fakultet talabalari (KBI-65 guruh talabasi M.Hazratov, KBI-75 guruh talabasi M.Tangishov, KBI-77 guruh talabalari Sh.Axmedova va F.Chorshanbiev, KBI-78 guruh talabalari L.Barakaev va D.Mamasobirovlar) yuqoridagi grantni qo’lga kiritishdi.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi”, “Eng yaxshi iqtidorli talaba” va “Eng yaxshi bank xizmati g’oyasi” kabi tanlovlarda fakultetimiz talabalari faol ishtirok etmoqda hamda pul mukofotlari bilan taqdirlangan. Misol tariqasida 2011-2012 o’quv yilida AT “O’zsanoatqurilishbank” tomonidan taklif etilgan “Eng yaxshi biznes g’oyasi” tanlovini keltirishimiz mumkin. Ushbu tanlovda fakultetning 50 ga yaqin talabasi o’z biznes g’oyalari bilan qatnashib, 15 ta talaba keyingi bosqichga muvaffaqiyatli o’tdi. Hozirda ushbu tanlovning II bosqichini o’tkazish jarayoni ketmoqda, birinchi o’ringa noutbuk, ikkinchi o’ringa 2 ta netbuk, uchinchi o’ringa 3 ta pul mukofotlari berish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, fakultet talabalari chet el moliya tashkilotlari, universitet va institutlari bilan xalqaro aloqa o’rnatishda faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan, 2007-2008 o’quv yilida KBI-97 guruh talabalari B.Eronov va S.Shomaxmudovalar tanlovdan g’oliblikni qo’lga kiritib, bir semestr davomida Koreyaning Yoju Texnologiya Institutida ta’lim olishdi, 2008-2009 o’quv yilida esa KBI-81 guruh talabasi R.Tursunov va KBI-87 guruh talabasi J.Muminovlar institut tomonidan o’tkazilgan konkursdan o’tib, Yangi Zellandiyaning “CSM College” da, 2010-2011 o’quv yilida esa fakultet 3 ta talabasi (KBI-57 guruhidan A.Usmonov, KBI-14 guruhidan A.Paluanov hamda KBI-65 guruhidan J.Bo’rievlar) Janubiy Koreyada Yoju Texnologiya Institutida tahsil olib qaytishdi. Bundan tashqari, O’zbekiston-Xitoy davlatlari o’rtasidagi hamjixatlik va o’zaro do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida fakultet binosida xitoy tilini o’rgatish markazi tashkil etilib, institut talabalari faol ravishda xitoy tilini o’rganib kelmoqda.

2010-2011 o’quv yilida B.Tursunov, D.Maxkamova va N.Ibodovalar Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank” stipendiyasi g’oliblari bo’lishgan bo’lsa, joriy 2011-2012 o’quv yilida fakultetning 6 nafar talabasi “Shinhan Bank” stipendiyasini qo’lga kiritishdi. Yuqoridagilarning barchasi xalqaro aloqalarning rivojlanib borayotganining isbotidir.
2010-2011 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar amalga oshirilgan bo’lsa, 2011-2012 o’quv yilda 400 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Kafedra professor — o’qituvchilari Rossiya, AQSh, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va shu kabi boshqa davlatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’z malakalarini oshirib kelgan va muntazam ravishda o’z malakalarini oshirib kelishmoqda.
Fakultetda doimiy ravishda professor-o’qituvchi, aspirant, ilmiy izlanuvchi, talabalar uchun turli mavzularda konferentsiya va ilmiy anjumanlar o’tkazilib kelinmoqda, Jumladan, 2009 yil 16 iyun kuni Toshkent moliya institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” kitobiga bag’ishlab Respublika Oliy ta’lim muassasalarida ushbu asar bo’yicha o’tkazilgan ko’rik tanlovlarning I, II va III bosqichlarida g’olib chiqqan iqtidorli talabalar, magistrantlar va aspirantlarning I Forumi, an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan iqtidorli talabalarning “Taqdimotlar Forumi” talabalarning o’z qobiliyatlarini boshqa talabalar bilan tajriba almashish maydoni bo’lib qoldi. 2010 yil 22 noyabrda fakultet tomonidan “Bank tizimi barqarorligini oshirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari” hamda 2011 yil 6 maydagi “Mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalari o’tkazilganligini misol sifatida ko’rsatishimiz mumkin. Ushbu tadbirlarda Respublikamizda ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar, moliya-bank tizimi vakillari, professor-o’qituvchilar va fakultetning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Hozirda fakultetning bitiruvchi talabalarini kasbiy ko’nikmalarini oshirish va ularni kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida respublika tijorat banklari xodimlari ishtirokida tanlov o’tkazilmoqda. So’ngi yillarda Respublika tijorat banklarining taqdimotlarini o’tkazish maqsadida maxsus grafik asosida DT “Xalq banki”, AT “Agro bank”, AT “Mikrokredit bank”, TIF “Milliy Bank”, AT “Qishloq qurilish bank”, AT “O’zsanoat qurilishbank”, AT “Ipoteka bank”, DAT “Asaka bank”, AT “Xamkor bank”, AT “Aloqa bank” etakchi mutaxassislari bilan fakultet bitiruvchilari ishtirokida uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu ishlarga an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinadigan “Karera kuni” tadbirini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Buning natijasida bitiruvchi kurs talabalari tijorat banklari tanlovlarida qatnashib, kelajakda banklarda ishlash maqsadida taqsimot qilinmoqda.
 
Fakultetda iqtidorli talabalarga qulaylik yaratish, ular bilan muntazam ishlab borish maqsadida institut rektori prof. A.Vaxabov tashabbusi bilan iqtidorli talabalarning akademguruhlari tashkil etilgan. Hozirda talabalarning o’zlashtirish o’rtacha ko’rsatkichi 65 dan 80 foizgacha oshgani bu olib borilayotgan ishlarning natijasidir. Aynan shu akademguruhlarda tahsil olgan talabalardan 2010-2011 o’quv yilida fakultet talabalari D.Mahkamova va F.Mahkamovlar “Navoiy” nomidagi Davlat stipendiyasi, 2011-2012 o’quv yilida bakalavr yo’nalishida fakultet talabasi Sardor Abdullaev va magistratura “Xalqaro bank ishi” mutaxassisligi magistranti Sitora Shomaxmudovalar Prezident stipendiyasiga sazovor bo’lishdi. Bundan tashqari aynan shu akademguruhlarda hozirgi kunda 5 ta Navoiy nomidagi nomdor stipendiatlar va boshqa bir qancha stipendiya sohiblari tahsil olmoqda. Fakultetda ta’lim olayotgan talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida 2011-2012 o’quv yilidan boshlab fakultetda “Brain Storm” intellektual o’yini o’tkazila boshlandi. Bunda fakultet talabalari juda faol qatnashib kelishmoqda. Bu esa Respublika miqyosida faol qatnashib kelayotgan institut jamoasining faxrli o’rinlar olishiga turtki bo’lmoqda.
Hozirda talabalarning 25 foizdan ortig’i iqtidorli talabalardan iborat bo’lib, quyida keltirilgan stipendiya va grant sovrindorlari fakultetimizda ta’lim olmoqda:
- O’zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi stipendiatlari;
- “Navoiy” nomidagi Davlat stipediyasi stipendiatlari;
- “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” ta’lim granti sovrindori;
- Shenger nomidagi stipendiya sovrindori;
- “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnali tanlovi g’olibi;
- “LG” kompaniyasi granti g’olibi;
- Paynet kompaniyasining “G’oyalar generatori” tanlovi g’olibi;
- “Shinxan bank” stipendiatlari;
- Kamolot YoIH stipendiyasi g’olibi;
- Respublika tijorat banklari stipendiyasi g’oliblari;
- Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi stipendiyasi g’olibi va boshqalar.
Fakultet Ma’naviy-Ma’rifiy Jarayoni
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Kafedralarning 36 ta professor — o’qituvchilari tasdiq-langan murabbiylik rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Ma’naviyat va ma’rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o’rtasida turli sport musobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi xona” ko’rik tanlovlari o’tkazib boriladi. Jumladan, an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan sportning shaxmat, tennis, futbol turlari bo’yicha “Dekan kubogi” turniri o’tkazilib, unda fakultetning 100 dan ortiq talabalar muntazam qatnashib keladi.

Fakultetda talabalarning yaxshi o’qishi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan qadimiy shaharlarga tashriflar uyushtirib turiladi. Fakultet talabalari yozgi dam olish vaqtida institutning “Moliyachi” oromgohida dam oladilar hamda Janubiy Koreyaning Yodju Texnologiya instituti yozgi oromgohlarida muntazam qatnashib kelishmoqda.

Har yili an’anaviy ravishda institut miqyosida Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlangan, ulkan tanatanali tadbir o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirda fakultet talabalari va jamoasi doimo faol qatnashib kelishmoqda.

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy.
Telefon: (+ 998 71) 2347119
Web-site:http://kif.tfi.uz/
E-mail:cef@tfi.uz |