Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Moliya-iqtisod fakulteti
Moliya-iqtisod fakulteti

Fakultet tarixi

1931 yilda O’rta Osiyo Moliya-iqtisod institutining tashkil etilishi respublikamizda moliya-iqtisodchilarni tayyorlashda muhim o’rin egalladi.

Bu oliy o’quv yurti O’rta Osiyoda yagona bo’lib, o’z o’rni va mavqeiga ega edi. 1946 yili Moliya-iqtisod va Kredit-iqtisod fakultetlari tashkil etilgan bo’lib, ular 1955 yilda yagona Moliya-iqtisod fakultetiga birlashtirilgan. 1962 yili Toshkent Moliya instituti — Toshkent Xalq Xo’jaligi institutiga aylantirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 13 maydagi Farmoniga asosan, Toshkent Moliya instituti, uning tarkibida esa Moliya-iqtisod fakulteti tashkil qilingan.

Moliya-iqtisod fakulteti institutning yetakchi fakultetlaridan biri bo’lib, unda dastlab "Moliya va kredit", "Korxonalar moliyasi" kabi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanardi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni yangi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni ob’ektiv zarurligini keltirib chiqardi. Natijada fakultetda 1993 yildan boshlab "Soliqlar va soliqqa tortish", "Sug’urta ishi", "Qimmatli qogozlar va birja ishi" yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga kirishildi.

Prezidentimiz I.A. Karimovning taklifiga binoan 1998-1999 o’quv yilidan boshlab Moliya-iqtisod fakulteti qoshida "Loyihalarni moliyalashtirish" yo’nalishi ochildi.

2005 yilning 1 sentyabridan boshlab fakultetning “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Sug’urta ishi” yo’nalishlari negizida yangi Soliq va sug’urta ishi fakulteti tashkil qilindi.

2006 yildan boshlab yangi 5341500–“Moliya injiniringi”, 5341600-“Bozorlarda faoliyat va operatsiyalar” yo’nalishlari bo’yicha kadr tayyorlashga kirishildi. Institut rektorining 2007 yil 5 noyabr 164-sonli buyrug’i bilan fakultetda tayyoranayotgan “Investitsiyalarni moliyalashtirish”, “Moliya injiniringi” va “Bozorlarda faoliyat va operatsiyalar” yo’nalishlari negizida yangi Moliya injiniringi fakulteti tashkil qilindi.

Fakultet bugun

FAKULTET SHIORI: KELAJAGI BUYUK DAVLATNING MOLIYAVIY POYDEVORINI MUSTAHKAMLOVCHI YUQORI MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH

Hozirgi kunda fakultetga jami 4 ta kafedra biriktirilgan bo’lib, ulardan 2 tasi yo’nalish bo’yicha ixtisoslik fanlaridan dars beruvchi mutaxassislik kafedralari va 2 tasi ijtimoiy fan kafedrasidir. Shuningdek fakultetda "Yangi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari" Markazi ham faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda hozirgi kunda 1100 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda jami 80 dan ortiq professor-o’qituvchilar xizmat ko’rsatmoqda. Ularning 51 foizdan ortig’i ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilardir.

Moliya-iqtisod fakultetida ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy va ilmiy ishlar maxsus rejalar asosida olib boriladi.

Moliya-iqtisod fakulteti rivojlangan davlatlarning ko’pgina oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Xususan, AQShning TEXAS Universiteti, Yangi Zelandiya CSM Kolleji, Sankt-Peterburg Davlat iqtisodiyot va moliya universiteti, Janubiy Koreya YoDJU Texnologiya universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti, Xitoy Shinjon universiteti, Buyuk Britaniya Aberswift universtiteti, Germaniya Regensburg universiteti, Malayziya MARA texnologiya universiteti, Chexiya Iqtisodiyot va menejment biznes maktabi va boshqalar.

O’quv-uslubiy ishlar. Fakultetdagi “Moliya” yo’nalishi bo’yicha 60 ga yaqin fan o’qitiladi. Ular zarur o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darsliklar va elektron darsliklar bilan to’liq ta’minlangan.

Fakultet professor-o’qituvchilari o’quv jarayonini olib borishda ilg’or pedagogik texnalogiyalar va interaktiv metodlar asosida zamonaviy kompyuter texnalogiyalari hamda multimedia vositalaridan foydalanilgan holda dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.


Fakultet dekanati, kafedralar va auditoriyalar zamonaviy kompyuter vositalari bilan jihozlangan hamda ular institut lokal va u orqali Internet tarmog’iga ulangan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari. Ilmiy izlanish ishlari tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. 2001-2010 yillar davomida fakultet o’qituvchilaridan A.Vohobov, N.Haydarov, N.Jumaevlar o’z doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. O’tgan davr ichida professor o’qituvchilaridan — U.Burxonov, G.Qosimova, G’.Yaxshiboev, A.Norqulov, Z.Karimova, D.Ho’jamqulov, K.Karimova, O.Kamolov, A.Shernaev, A.Xayriddinov, Sh.Jalilov, T.Umarov, U. Zaynutdinovalar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Hozirgi kunda fakultet o’qituvchilaridan 4 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida, 20 nafari nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.

Har yili fakultetda kadrlar iste’molchilari talabidan kelib chiqib, “Moliya” yo’nalishi bo’yicha 500 ga yaqin bakalavrlar tayyorlanadi. Moliya-iqtisod fakultetini bitirgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Valyuta va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasida va uning joylardagi bo’limlarida, O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy Banki va boshqa tijorat banklari, shuningdek ularning joylardagi bo’limlarida, Davlat hissadorlik va xususiy Sug’urta kompaniyalarida, mulkchilik shakli va faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlar. Talaba-yoshlar uchun ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, shuningdek «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida o’quv yili davomida fakultet hamda talabalar turar joyida qator ma’naviy — ma’rifiy, ijtimoiy — siyosiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlar uyushtirilib, bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish maqsadida fakultetda quyidagi yo’nalishlarda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda:
 

  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
  • Kafedra haftaliklari doirasida tadbirlar uyushtirish;
  • Harbiy xizmatni o’tab tavsiya asosida o’qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlar olib borish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash;
  • Fakultetda olib borilayotgan ustoz-murabbiylik faoliyati;
  • “Institut — oila — mahalla” tizimli tarbiya borasida;
  • Fakultet talabalarining obodonlashtirish, tozalash va bunyodkorlik ishlarida ishtiroki;
  • Sport-sog’lomlashtirish borasida ishlar amalga oshirish;
  • Talaba-qizlar bilan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borish;
  • Talabalarni qo’shimcha kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

MIFda 41 nafar professor-o’qituvchilar talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Ma’naviyat va ma’rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o’rtasida turli sport musobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi xona” ko’rik tanlovlari o’tkazib boriladi.

Fakultetda talabalarning normal yashashi, o’qishi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.

Fakultet hayotidan lavhalar

Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh etish va yangilash bo’yicha belgilab olingan yuksak maqsadlarga erishish yo’lida hal qiluvchi kuch, tayanch va suyanch bo’lishga qodir barkamol yosh avlodni tarbiyalash va voyaga etkazish borasida ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlarini yanada jonlantirishga qaratilgan tadbirlar fakultetda yuqori saviyada olib borilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

Fakultetda talabalar uchun ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, shuningdek 2011 — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi asosida belgilangan vazifalardan kelib chiqib bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan:

  • “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan” shiori ostida “Mustaqil Vatan farzandiman”(03.09.2011).
  • “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi amalda: tadbirkorlikda innovatsion g’oyalar(10.09.2011);
  • “Missionerlik faoliyatiga qarshi kurashning mafkuraviy va huquqiy asoslari”, “Giyohvandlik, chekish, ichish inson salomatligiga salbiy ta’siri”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi(20.09.2011).
  • “Ustozlar — jamiyatning eng aziz kishilaridir”(30.09.2011);
  • “Talaba — yoshlar orasida terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashish — davr talabi(13.10.2011);
  • O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili” to’g’risidagi qonun qabul qilingan kunga bag’ishlab “Davlat tili va ijodkor ma’suliyati” mavzusida ilmiy-ma’rifiy, badiiy-adabiiy anjuman (17.10.2011);
  • “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi amalda: talaba-yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish(05.11.2011);
  • “Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning ma’naviy asoslari”(29.10.2011);
  • O’zbekiston ekalogik harakati Toshkent shahar hududiy bo’linmasi “Yoshlar qanoti” “Mintaqadagi suv muammolarini hal etishda yoshlarning o’rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi (24.11.2011).
  • 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Sog’lom va yuksak ma’naviyatli yoshlar mamlakat taraqqiyotining tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi(30.11.2011).
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010 yil 7 oktyabrda tasdiqlangan “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’etlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29 noyabr-6dekabr kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Ob’ektivda nomoddiy madaniy meros” mavzusidagi foto va video havaskorlarining Respublika ko’rik tanlovi o’tkazildi. Shu munosabat bilan 3-dekabr kuni ushbu tadbirga moliya-iqtisod fakultetining 50 nafar talabalari ishtirokida tashrif uyushtirildi(03.12.2011).
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag’ishlab “Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz kafolati” shiori ostida ma’naviy-madaniy, ijtimoiy-huquqiy tadbir o’tkazildi(06.12.2011).



Kafedra haftaliklari doirasida:

  • “Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning o’rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi (17.09.2011)
  • “Talabalarni zamonaviy ma’naviy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish” mavzusida1-sonli talabalar turar joyida davra suhbati o’tkazildi(14.09.2011).
  • “Ekalogik loyihalarni iqtisodiy baholash” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi (20.09. 2011).
  • «O’zbekistonda bandlik muammosi va uni hal etishda bandlik dasturlarining ahamiyati» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi(24.09.11).
  • “Talaba-yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni turli buzg’unchi g’oyalardan muhofaza qilishning ma’naviy asoslari” mavzusida 1-talabalar turar joyida(30.09.11).
  • “O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy inqirozni yumshatish yo’llari” mavzusida davra suhbati (28.09.11).

Fakultetda “Ustoz-shogird” tizimi asosida ta’lim-tarbiyani yanada jonlantirish maqsadida “Institut-oila-mahalla” ta’lim-tarbiya tizimi yo’lga qo’yilgan. Bu borada 2011 yil 21 noyabr kuni fakultetning navbatdagi “Ota-onalar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.


Tadbirda institut rektori professor A.Vahobov, prorektorlar A.Karimov, Sh.Azimov, fakultet dekani Sh.Axmadjonov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi professor Q.Usmonov, 170 nafardan ortiq ota-onalar, akademguruhlar ustoz-murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbir yakunida Eng namunali iqtidorli talabalarning ona-onalari “Tashakkurnoma” bilan, eng yaxshi natijalarga erishgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar hamda fakultet iste’dodli yoshlar jamoasining badiiy chiqishlari namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar

Fakulteti manzili: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy.

Telefonlar: (+ 998 71) 2340191 dekanat, 2376598 fakultet dekani

Vebsayt manzili: http://mif.tfi.uz/

Elektron pochta manzili: fef@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.