Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Moliya-iqtisod fakulteti > Dekan
Dekan

Axmadjanov Sherzod Xodjimuradovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

1976 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1998 yilda Toshkent moliya institutining kredit-iqtisod fakultetini, 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan.

2007 yilda “Xususiy sektorni samarali moliyalashtirish masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 13 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2010 yilda “O’zbekistonda baholash faoliyatini tartibga solish modelini takomillashtirish” grantini qo’lga kiritgan va ushbu loyihaga rahbarlik qilmoqda.

2001 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti sifatida Yaponiya davlati Moliya vazirligida, 2003 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan tashkil etilgan grant doirasida AQShning Texas A&M universitetida, 2011 yil Xitoyning Shinjon universitetlarida malaka oshirib va tajriba almashib kelgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Mazkur lavozimida 2010 yilning iyun oyidan buyon faoliyat yuritmoqda. O’rindoshlik asosida “Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi dotsenti.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.