Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Fakultetlar > Moliya-iqtisod fakulteti > Dekan muovinlari
Dekan muovinlari

Xayriddinov Azamat Botirovich

1977 yil 11 martda Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. 2003 yilda Toshkent Moliya instituti magistratura bo’limining “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxasisiligini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yili Toshkent moliya institutining “Moliya” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2006 yildan boshlab Moliya-iqtisod fakulteti dekani muovini, “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

2011 yil 13 mayda O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi huzuridagi D.005.25.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashgan kengashda 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo’yicha “Mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlash yo’llari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 15 tadan ortiq ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan.

Oilali, ikkita farzandi bor.

Sulaymonov Farrux Shuxratovich

1986 yil 14 noyabrda Farg’ona viloyatida tug’ilgan. 2007 yilda Toshkent Moliya institutini “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavr yo’nalishini, 2009 yilda magistratura bo’limining “Sug’urtada anderrayterlik faoliyati” mutaxasisiligini imtiyozli diploma bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yili Toshkent moliya institutining “Moliya” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2010 yildan boshlab Moliya-iqtisod fakulteti dekani muovini, o’rindoshlik asosida “Moliya” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

10 tadan ortiq ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan. “Soliqlarni byudjetlararo taqsimlash mexanizmini takomillashtirish masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.