Qo'ziev Islomjon Ne'matovich
Magistratura bo'limi boshlig'i muovini
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1973 yilda Jizzax viloyati, Do'stlik tumanida tavallud topgan. 1995 yilda Toshkent Moliya institutini imtiyozli diplom Bilan muvoffaqiyatli tugatgan. 1995-1998 yillar davomida Toshkent Moliya instituti Magistraturasida taqsil oldi. 1999-2001 yillar davomida "Buxgalteriya hisobi va nazorat" kafedrasida assistent lavozimida ishladi. 2001 yilda "Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va nazoratini takomillashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2002-2005 yillar davomida "Audit" kafedrasida dotsent va Magistratura bo'limida bo'lim boshlig'i muovini lavozimida faoliyat ko'rsatdi. 2008 yil 2 oktyabrdan buyon Moliya-iqtisod fakultetida dekan muovini lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U "Moliyaviy hisob", "Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari", "Schyotlar rejasini o'rganish bo'yicha metodik qo'llanma" kabi o'quv-uslubiy qo'llanmalar hammuallifidi. Xozirgi kunda "Moliyaviy hisobot auditini rivojlantirish muammolari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Ortiqov Oybek Abdullaevich
«Bank ishi» kafedrasi o’qituvchisi
2001 yilda Toshkent Moliya instituti kredit-iqtisod fakultetini “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2003 yilda Toshkent Moliya instituti Magistratura bo’limini “Xalqaro kredit-valyuta munosabatlari” mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli diplom bilan tugatib, 2003 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti “Bank ishi” kafedrasida o’qituvchilik faoliyatini boshlagan.
Shu bilan bir qatorda nomzodlik dissertasiyasi ustidan ish olib bormoqda. |