Radjabov Umurzak Ablakulovich
Iqtisod fanlar nomzodi, dotsent
Radjabov Umurzak Ablakulovich 1960 yilda Surxondaryo viloyatida tug’ilgan. U 1975-1979 yillarda Dushanbe Politexnika texnikumida o’qigan, o’z mehnat faoliyatini Dushanbe shahridan passajir birlashmasida boshlagan.
1980-1983 yillarda xarbiy dengiz flotida xizmat vazifasini o’tagan va mehnat faoliyatini Denov avtomobil o’quv kombinatida o’qituvchi lavozimida davom ettirgan. Mazkur kombinatda 1993 yilning fevral oyigacha ishlagan.
1993 yilda Toshkent moliya institutining moliya- kredit fakultetiga o’qishga qabul qilingan va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda «Soliqlar va soliqqa tortish» ixtisosligini 1998 yilda muvaffaqiyatli tugatgan.
1993 -1998 yillarda Surxondaryo viloyati Denov shahar Davlat soliq inspektsiyasida inspektor, bosh inspektor, sektor boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Davlat soliq xizmatining 1-darajali inspektor unvoniga sazovor bo’lgan.
1998 yildan 2011 yilgacha Toshkent moliya institutining «Marketing xizmati» bo’limi boshlig’i vazifasida hamda «Soliqlar va soliqqa tortish» kafedrasida o’rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shug’ullangan.
2011 yildan institutning “ Sug’urta” fakulteti dekani U.Radjabov «O’zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida soliq tizimini takomillashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 2006 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi va ayni paytda soliq tizimini takomillashtirish borasidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
U «Ustoz» Respublika jamg’armasi tanlovida qatnashib, grant sovrindori bo’lgan va Germaniya Federativ Respublikasida hamda Janubiy Koreya Respublikalarida malaka oshirib qaytgan.
Oilali, 3 farzandning otasi. |