Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Ilmiy Kengash
Ilmiy Kengash
 TMI ilmiy kengashining 2011-2012 o‘quv yili uchun ish rejasi

Toshkent moliya institutining Ilmiy Kengashi to‘g‘risida

NIZOM

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2003y il 9 fevraldagi «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, Toshkent moliya institutining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida rektor raisligida Ilmiy Kengash tashkil etiladi.

Ilmiy Kengashida institut rektori Vahobov Alisher Vosiqovich «2010 yil-Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida Fond Forum jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan «Pedagogik grantlar dasturi-2010» sovrindori  bo‘lganligi haqidagi diplomni prorektor Azimov Shuxrat Akromovichga tantanali topshirilmoqda.

2. Ilmiy Kengashning asosiy vazifasi-institut jamoasi sa’y-harakatlarini va quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirish hisoblanadi:

- yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘usini, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy xususiyatlarni shakllantirish

- Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish;

- zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr hamda magistrlar tayyorlashni ta’minlash;

- ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish.

Institut Ilmiy Kengashi raisi Vahobov Alisher Vosiqovich Soliq va sug‘urta ishi fakulteti ST-51 akademguruhi talabasi Badriddinov Najmiddinga 2010 yil 13 may kuni Toshkent shahrida Fond Forum tomonidan o‘tkazilgan «Xayriya marafonida» g‘olibi bo‘lganligi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirmoqda.

3. Nizom bo‘yicha Ilmiy Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi:
 rektor (rais), prorektor, fakultet dekanlari, magistratura bo‘limi boshlig‘i, institut talabalari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar hamda akademik litseylar direktorlari, institut kafedralar mudirlari, shuningdek, institut xodimlari, birlashgan kasaba uyushmasi vakillari. Ilmiy Kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlisida (konferentsiyada) yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Ilmiy Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Ilmiy Kengash tarkibida institutning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha ishlovchi yirik olim va mutaxassislar, shuningdek, davlatlararo va bevosita aloqalari bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining vakillari kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

Institut Ilmiy Kengashi raisi Vahobov Alisher Vosiqovich Soliq va sug‘urta ishi fakulteti ST-51 akademguruhi talabasi Vaxobov Shuxratga 2010 yil 13 may kuni Toshkent shahrida Fond Forum tomonidan o‘tkazilgan «Xayriya marafonida» g‘olibi bo‘lganligi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirmoqda.

4. Ilmiy Kengash tarkibi institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilning boshida har xil sabablarga ko‘ra Ilmiy Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga yangi a’zolar saylanadilar yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.
 

Ilmiy Kengashi raisi Vahobov Alisher Vosiqovich institutning «Moliyachi» volleybol Terma jamoasining murabbiysi Islomov Ismatga Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Unversiadada faxrli 3-o‘rinni egallaganligi uchun diplom va medalni tantanali ravishda topshirilmoqda.

 

Ilmiy Kengashi raisi Vahobov Alisher Vosiqovich institutning «Moliyachi» volleybol Terma jamoasi (Raximov Bekzod-komanda kapitani, Nigonov Valentin-komanda a’zosi, Sobirov Axror-komanda a’zosi, Egamqulov Bunyod-komanda a’zosi, Umarov Xurshid-komanda a’zosi, Chinkulov Oybek-komanda a’zosi, Islomov Ismat-komanda murabbiysi)ga Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Unversiadada faxrli 3-o‘rinni egallaganligi uchun diplom va medallarni tantanali ravishda topshirilmoqda.

Ilmiy Kengashida institut rektori Vahobov Alisher Vosiqovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi tomonidan taqdim etilgan doktorlik diplomini «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasining mudiri Toshbolta Jo‘raevga tantanali ravishda topshirilmoqda.

 

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.