Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Raxbariyat > Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor
Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor

Xaydarov Nizomiddin Xamroevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Haydarov Nizomiddin Hamraevich 1962 yili Samarqand viloyati Poyariq tumanida ishchi oilasida tavallud topgan.

1979 yilda o’rta maktabini tamomlab jamoa xo’jaligida ishchi bo’lib faoliyat yuritgan. 1981-1983 yillarda harbiy xizmatda bo’lib, askarlikning serjant harbiy unvoniga ega bo’lgan. 1984 yilda Toshkent xalq–xo’jaligi instiuti(xozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning “Moliya- iqtisod” fakultetiga o’qishga kirib, uni 1988 yilda muvoffaqiyatli tamomlagan. Davlat attestatsiya komissiyasining tavsiyasiga muvofiq, u o’z pedagoglik faoliyatini shu institutning “Moliya” kafedrasida assistentlik lavozimidan boshlagan.

1991 yilda Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universitetining kunduzgi maqsadli aspiranturasiga kirib, uni 1993 yilda belgilangan muddatidan oldin muvoffaqiyatli tamomlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

1994-1996 yillada Toshkent iqtisodiyot universitetining “Moliya va narxlarning shakllantirish” kafedrasida dastlab assistent, katta o’qituvchi va dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Hisob-iqtisod” fakulteti dekani muovini bo’lib ishlagan. 1996 yildan O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Moliya” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 1998 yildan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “Moliya, kredit va valyuta munosabatlari” kafedrasi mudiri, bir vaqtning o’zida o’rindoshlik asosida “Bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari” fakulteti dekan muovini lavozimida ishlagan.

2003 yilda “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari (xorijiy investitsiyali korxonalar misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, 2006 yilda esa professor ilmiy unvoniga ega bo’lgan.

2006-2008 yillarda Toshkent moliya institutining “Moliya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2008-2010 yillarda ushbu institutning “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani, 2010 yil iyul oyidan boshlab mazkur institutning ilmiy ishlar bo’yicha Prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Shu paytga qadar, Nizomiddin Haydarov tomonidan 130 bosma taboqga to’g’ri keladigan 80 dan ortiq o’quv, o’quv uslubiy qo’llanma, ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. U kishi ilmiy rahbarligida 5 ta aspirant nomzodlik dissertatsiyalarini muvoffaqiyatli himoya qilib o’z ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Nizomiddin Haydarov mutaxassislik malakasini bir necha mahalliy institutlarda oshirish bilan birga, yaqin va uzoq xorijda (AQSh, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Gollandiya, Hindiston, Ukraina) ham o’qib, ilmiy saviyasini orishiga muvoffaq bo’lgan.Oilali, 5 farzandi bor.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.