Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Raxbariyat > Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor
Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor

Ochilov Ilyos Keldiyorovich

1971 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1994 yilda Toshkent moliya institutining hisob-iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1994-1997 yilar davomida kunduzgi aspiranturaning "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" mutaxassisligi bo'yicha tahsil oldi va 1999 yili "Bozor sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va auditni tatbiq qilish muammolari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dastlabki pedagoglik faoliyatini

1997-1999 yilarda Toshkent moliya institutining "Buxgalteriya hisobi, nazorat va audit" kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan.

1999-2001 yillarda "Buxgalteriya hisobi, nazorat va audit" kafedrasida katta o'qituvchi, 2001-2004 yillarda kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlash bilan bir vaqtda hisob-iqtisod fakulteti dekanining "Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha muovini" lavozimida o'rindoshlik asosida faoliyat olib bordi.

2004- 2005 yillari "Buxgalteriya hisobi" kafedrasining dotsenti hamda o'rindoshlik asosida o'quv bulimi boshliq muovini lavozimlarini bajardi.

2005-2007 yillarda sirtqi moliya-hisob iqtisod fakulteti dekani lavozimida ishladi. Hozirgi qunda akademik litsey va kasb - xunar kollejlari bilan ishlash bo'yicha prorektor lavozimida faoliyat olib bormoqda. I.Ochilov tomonidan bir necha ilmiy maqolalar hamda "Moliyaviy xisob"(2004), "Moliyaviy xisob-2"(2004), "Moliyaviy xisob"(2007) va "Sug'urta tashkilotlarida buxgalteoiya xisobi va audit"(2008) o'quv qo'llanmalarining muallifidir. U TASIS hamda boshqa xalqaro dasturlarining o'quv guruxlarida qatnashib kelgan.



Bo'glanish uchun ma`lumot:

Telefon: (+ 998 71) 2349032

E-mail: prokol@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.