Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Buhgalteriya hisobi
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Buhgalteriya hisobi

Kafedra mudiri

Xamdamov Bahrom Kasimovich

iqtisod fanlari doktori, dotsent

1965 yilda Fargona viloyatida tug'ilgan. 1982 yilda o'rta maktabni tugatib, Toshkent xalq xo'jaligi institutiga o'qishga kirgan (Hozirgi TDIU). Institutni (1988 yilda) imtiyozli diplom bilan tugallagan.

1992 yildan TMI ning "Buxgalteriya hisobi, nazorat va audit" kafedrasida assistent, 1993-1996 yillarda katta o'qituvchi, 1996-2005 yillarda TMI dotsenti. 2005 yildan buyon TMIning "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kaferasi tarixi

Kafedra institutning mutaxassis tayyorlovchi ixtisoslik kafedrasi bo'lib, buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha respublikada bazaviy kafedra hisoblanadi.

U boy tarixga ega. 1931 yil Toshkent Moliya Instituti tashkil bo'lishi bilan paydo bo'lgan. SHu davr mobaynida kafedraga Kartamishev A.S. (1966 yilgacha), SHilov I.A. (1966-1967), Qodirxonov S.B. (1969-1975), Ablyatipov S.X. (1975-1983), Itkin YU.M. (1983-1990), Xolmatov O.X. (1991 yil), To'laxo'jaeva M.M. (1992-1993 yil), Xasanov B.A. (1993-2005) rahbarlik qilganlar. 2005 yildan hozirgacha kafedrani institutning dotsenti Hamdamov B.K. boshqarib kelmoqda.

Kafedra mustaqillik yillarida 1991 yil 13 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 3 iyundagi 154-sonli qaroriga binoan Toshkent moliya instituti tashkil etilgan davrdan boshlab o'zining faoliyatini yanada kuchaytirdi. Xorijiy davlatlar oliy o'quv yurtlaridan Nyu-Paltz (AQSH), Nottingem trent, Redding Universitetlari (Buyuk Britaniya), Tokio, Reytaku Universitetlari (Yaponiya), Malayziya Universiteti, M.L.Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti, Rossiya Moliya Akademiyasi, Germaniyaning Gannover Universitetlari bilan yaqindan xamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Bu oliy o'quv yurtlarida professor-o'qituvchilar o'z malakalarini muntazam oshirib kelmoqdalar va internet aloqalari o'rnatilgan.

Kafedrada ta'lim jarayoni

"Buxgalteriya hisobi" kafedrasida ta'lim jarayoni davomida multimedia jihozlaridan foydalanilib, mavzular bo'yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi jadvallardan, dioproektor va kadoskoplardan foydalaniladi. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda ko'rgazmali qurollar qo'llaniladi.

Bundan tashqari quyidagilar ham qo'llaniladi:

  • didaktik materiallarni tayyorlash;
  • delfa metodini qo'llash orqali ko'nikmalarni shakllantirish;
  • verbal ifodalash;
  • insert metodi;
  • kontseptual metod;
  • "case study" metodi va boshqalar.

Ta'lim jarayonida talabalar dasturiy ahborot tizimlari orqali tegishli fanlar hamda qonunchilikdagi yangiliklardan habardor bo'lishlari va o'qish jarayonida ulardan foydalanishlari mumkin.

BAKALAVRIAT

Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobi nazariyasi fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Buxgalteriya hisobi nazariyasining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Moliyaviy hisob

Moliyaviy hisob fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Moliyaviy hisob fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Moliyaviy hisobning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Boshqaruv hisobi

Boshqaruv hisobi fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Boshqaruv hisobi fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Boshqaruv hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Moliyaviy va boshqaruv hisobi fani "Bank ishi", "Moliya" yo'nalislari bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Moliyaviy va boshqaruv hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Buxgalteriya hisobining halqaro standartlari

Buxgalteriya hisobining halqaro standartlari fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Buxgalteriya hisobining halqaro standartlari fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Buxgalteriya hisobining halqaro standartlarining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Moliyaviy hisobot

Moliyaviy hisobot fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Moliyaviy hisobot fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Moliyaviy hisobotning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Byudjet hisobi va hisoboti

Byudjet hisobi va hisoboti fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Byudjet hisobi va hisoboti fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Byudjet hisobi va hisobotining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari

Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlarining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Sud-buxgalteriya ekspertizasi

Sud-buxgalteriya ekspertizasi fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Sud-buxgalteriya ekspertizasi fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Sud-buxgalteriya ekspertizasining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Mutahassislikka kirish

Mutahassislikka kirish fani "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ihtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Mutahassislikka kirish fanini o'qitishdan maqsad talabalarni Mutahassislikka kirishning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Talabalar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

MAGISTRATURA

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Buxgalteriya hisobining milliy standartlari ning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Moliyaviy hisob-2

Moliyaviy hisob-2 fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik Moliyaviy hisob-2 fani sifatida o'qitiladi. fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Moliyaviy hisobning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Boshqaruv hisobi-2

Boshqaruv hisobi-2 fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik Boshqaruv hisobi-2 fani sifatida o'qitiladi. fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Boshqaruv hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari hisobi

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari hisobi fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari hisobi fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruv hisobi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruv hisobi fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruv hisobi fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruv hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning moliyaviy hisobi

Tashqi iqtisodiy faoliyatning moliyaviy hisobi fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning moliyaviy hisobi fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Tashqi iqtisodiy faoliyatning moliyaviy hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Moliyaviy hisobot-2

Moliyaviy hisobot-2 fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Moliyaviy hisobot-2 fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Moliyaviy hisobotning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Byudjet hisobi va hisoboti

Byudjet hisobi va hisoboti fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Byudjet hisobi va hisoboti fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Byudjet hisobi va hisoboti ning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Qimmatli qog'ozlar va ular bo'yicha operatsiyalar hisobi

Qimmatli qog'ozlar va ular bo'yicha operatsiyalar hisobi fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Qimmatli qog'ozlar va ular bo'yicha operatsiyalar hisobi fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Qimmatli qog'ozlar va ular bo'yicha operatsiyalar hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fani "Buxgalteriya hisobi", "Audit", "Iqtisodiy tahlil", "Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili" magistratura mutahassisligi bo'yicha mutahassislik fani sifatida o'qitiladi. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanini o'qitishdan maqsad magistrantlarni Maxsus fanlarni o'qitish metodikasining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy-amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratilgandir.

Magistrantlar o'quv dasturida keltirilgan mavzulardan tegishli tartibda tanlab olib, va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg'ulotni olib boruvchi o'qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi aspirantlari va ilmiy tadqiqotchilari turgisida

M A ' L U M O T

# Familiyasi, ismi va otasining ismi Aspirantura eki ilmiy tadqiqotchi bulgan yili Ilmiy rahbari Ilmiy ish mavzusi Kafedrada ishlash darajasi
1. Hamdamov Bahrom Kosimovich 2002 yildan buyon prof. A.Vahobov O'zbekiston iqtisodining hisob va hisobot tizimida auditorlik nazoratini rivojlantirishning uslubiy asoslari 1.0 stavka
2. Azizov Sherzod Uktamovich 2003 yil sentyabr kund. asp. dots. Mamatov Z.T. Bank kreditlari hisobi va auditini takomillashtirish 0.5 stavka
3. Mahmudov Saidjamol Kodirjonovich 2004 yil. kund. asp. prof. Abdullaev E.A. Ho'jalik yurituvchi sub'ektlarda majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish 0.25 stavka
4. Rahmatullaev Alisher 2003 yil. sentyabr. kund. asp. prof. Abdullaev E.A. Investitsiyalar hisobi va tahlilini takomillashtirish masalalari 0,5 stavka
5. Djumanov Saitmurod Alimbekovich 2004 yil. oktyabr Ilmiy tadqiqotchi prof Hasanov B.A. Moliyaviy natijalar hisobi va ichki auditni takomillashtirish 0.5 stavka
6. Mamatkulova Dilnura Sutibaevna 2004 yil. Ilmiy tadqiqotchi dots. Mamatov Z.T. Xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish 0.5 stavka
7. Mamatkulov Murodjon SHukurovich 2002 yil. Sentyabr kund. asp. prof. Abdullaev E.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va tahlilini takomillashtirish 0.5 stavka
8. Mamatov Zayniddin Tulaboevich 2004 yildan doktorlik himoyasi ta'tilida - Hujalik yurituvchi sub'ektlarda moliyaviy hisobot auditi uslubietini takomillashtirish 1.0 stavka
9. Ochilov Ilyos Keldiyorovich 2005 yildan doktorlik himoyasi prof. A.Vahobov Sug'urta tashkilotlarida hisob va tahlilning metodologiyasini takomillashtirish muammolari 0.5 stavka

(Sh.Sh.Butaev "Halkaro audit kompaniyalarining auditorlik hizmatlari". "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish istikbollari: Muammo va echimlar" mavzusidagi II Respublika an'anaviy ilmiy amaliy konferentsiyasi materiallari. T. TMI 2006 y. 30-31 betlar)

Halqaro auditorlik kompaniyalarining auditorlik hizmatlari

Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi omadini asosiy omili nima bilan bogliq ekanligini yahshiroq tushunish uchun auditning rivojlanish tarihiga nazar tashlash lozim.

Audit, o'zining zamonaviy biznesdagi ma'no va mohiyatida qariyb yuz yildan ko'proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi kapitalizmning rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo'lishi va aktsionerlik jamiyatlarining yuzaga kelishi bilan bog'liq. Aynan shu davrda korhonalarni boshkaruvchilari va egalarining manfaatlarini ajralishi ro'y berdi. SHuning bilan hisob yuritilishining to'g'riligini tekshiruvchi va bu haqida kompaniya egalariga hisobot beruvchi mustaqil hakamga bo'lgan zarurat tug'ildi. SHu tarzda auditorlarning asosiy vazifasi korhonadagi moliyaviy hisob yuritilishining to'g'riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaatlarini himoya qilish bo'lib qoldi va shunday bo'lib qolmoqda ham. Ammo auditorlar hisobning to'g'ri yuritilishini tekshirish to'g'risidagi bevosita hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy aktivni, aniqroq qilib aytganda o'z mavqeini qo'shadi. Hozirgi kunda yuzlab auditorlik kompaniyalari auditorlik tekshiruvini o'tkazish metodikasiga ega, lekin umum tan olingan etakchilar bor yo'g'i to'rtta. Ushbu kompaniyalar "Katta to'rtlik" nomi bilan tanilgan bo'lib, ular tarkibiga PricewaterhouseCoopers, Deloitte, KPMG va Ernst & Young kompaniyalari kiradi. Ho'sh, nima sababli ushbu to'rt kompaniya boshqa auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi. Bizningcha, buning ikki sababi bor: birinchidan, bu ko'p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ikkinchidan, bu kompaniyalarning hodimlari soni.

"Katta to'rtlik" kompaniyalarining biznes mavqei ko'p o'n yilliklar davomida shakllangan bo'lib, ba'zilarining tarihi bir yarim asrga borib taqaladi. PricewaterhouseCoopers kompaniyasi o'zining asosiy mahsulotlaridan biri obro'-e'tibori ekanligini chuqur anglagan holda, "Oskar" mukofotiga nomzodlar hisobini yuritish bo'yicha buyurtmani qo'lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining yangi bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham "Katta to'rtlik" kompaniyalaridan yomonrok hulosa berishadi deb bo'lmaydi, lekin ko'pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko'proq haq to'lashga rozi bo'lishadi.

SHunday to'htamga kelish mumkinki, "Katta to'rtlik" kompaniyalarining har biri bo'yicha hisoblangan gudvil summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi muqarrar.

Odatda uchinchi tomonlar oldida o'z imidjini yahshilashga uringan korhonalar quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi:

  1. Halqaro fond bozorlariga chiqish;
  2. To'g'ri investitsiyalarni jalb qilish;
  3. YAngi hamkorlar bilan yaqin aloqalarni o'rnatish;
  4. Davlat tenderlarida ishtirok etish;
  5. YAngi bozorlarga chiqish va h.k.

"Katta to'rtlik" kompaniyalarining mavqei bunday byurtmalarni olishga imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o'ziga hos doiraviy aylanishi to'g'risida fikr yuritish mumkin. Yirik transmilliy kompaniyalar "Katta to'rtlik" kompaniyalarining mijozlari ro'yhatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi, bu esa yanada ko'proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o'z mavqeini o'zining "kichik" byudjetli mijozlariga o'tkazadi. Auditorlik kompaniyasining hodimlari ishdan bo'shaganda kompaniya mavqeining bir qismini o'zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti bilan, kompaniya mavqei "eskirmaydi" va "amortizatsiyalanmaydi".

Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustakillik va ob'ektivlik printsiplaridan har qanday og'ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun "Katta to'rtlik" kompaniyalariga qarshi butun dunyo bo'yicha berilayotgan sud da'volarini keltirib o'tish kifoya.

Bundan tashqari, "Katta to'rtlik" kompaniyalari o'rtasida farqlanishning tobora kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash ketishini kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida auditorlik kompaniyasini tanlashi mumkin. CHunki, ko'pchilik kompaniyalar uchun aynan PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki "Katta to'rtlik" kompaniyalaridan birining hulosasi kerak.

Hulosa qilib aytish mumkinki, "Katta to'rtlik" auditorlik kompaniyalarining hulosasi korhonalar moliyaviy-ho'jalik faoliyatining o'ziga hos "sifat sertifikati"ga aylanib bormoqda va jahon bozoriga chiqishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

"Auditorlik faoliyati: muammolar va echimlar" mavzusidagi III Respublika an'anaviy ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. 2007 yil 12 may. -T.: TMI, 2007. 186 bet.

TMI "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi dotsenti, i.f.n. S.U.Mehmonov

Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil etishning zaruriyati va axamiyati

Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan o'z faoliyatini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan mablag' ajratish nazarda tutilgan va bu mablag' moliyalashtirishning asosiy manbaiy hisoblanadigan vazirlik, davlat qo'mitasi, idora, davlat tashkilotidir.

Byudjet tashkilotlari byudjet mablag'lari bo'yicha tasdiqlangan byudjetga muvofiq xarajatlar smetasi ijrosi, byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritadi va belgilangan tartibda byudjet mablag'larini boshqaruvchilarga smeta xarajatlari ijrosi to'g'risida oylik, choraklik, yillik hisobotlarni taqdim etadi. Bunda smeta xarajatlari ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobining vazifasi schyotlarda aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlari va majburiyatlarining holati to'g'risidagi to'la va aniq ma'lumotlarni shakllantirish, samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish hamda moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish hisoblanadi. Tasdiqlangan smetaga muvofiq davlat byudjetidan ajratilgan mablag'larni smeta doirasida maqsadli sarflanishini ta'minlaydi va ular bo'yicha o'z vaqtida moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlarini shakllantiradi.

Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan xarajatlar smetasi ijrosi bo'yicha buxgalteriya xisobi ma'lumotlarini ishonchliligi va ahamiyatliligini ta'minlash ichki nazorat tizimining asosi bo'lgan ichki auditorlik xizmatini yo'lga qo'yish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ichki nazorat tizimi bu buxgalteriya hisobi va hisobotini to'g'ri yuritilishiga, hamda korxona resurslaridan maqsadli foydalanishga qaratilgan ishlar majmuidir.

Byudjet tashkilotlarida ichki auditorlik xizmatini yo'lga qo'yilishi quyidagi vazifalarni amaliy xal etilishi bilan tavsiflanadi:

  • Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini belgilangan me'yoriy xuquqiy xujjatlar talabiga mos xolda tuzishni nazorat qilish;
  • Byudjet mablag'lari bo'yicha smetaga muvofiq xarajatlarni amalga oshirilish hisobini byudjet tasnifiga mos xolda hisobotlarda aks ettirishni asosliligini taxlil etish;
  • Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya xisobi ob'ektlarini byudjet tashkilotlari xarajatlari va daromadlari buxgalteriya xisobiga oid me'yoriy xuquqiy xujjatlar, Buxgalteriya xisobi milliy standartlariga mos xolda tashkil etilishini nazorat qilib borish;
  • Byudjetdan tashqari mablag'larni shakllantirish va ularni belgilangan tartibda sarflash jarayonlari hisobini me'yoriy xuquqiy asosliligini nazorat qilish, xatoliklarni o'z vaqtida aniqlash.
  • Byudjet tashkilotlari mol mulkini saqlanishi va buxgalteriya hisobi xujjatlari ma'lumotlariga mosligini nazorat qilish;
  • Byudjet tashkilotlari smeta xarajatlari ijrosini tahlil etib borish va boshqalar.

Xozirgi kunda byudjet tashkilotlarida auditorlik xizmatiga aloxida e'tibor qaratilib tashkilotlarni buxgalteriya bo'limlari tarkibida aloxida auditor malakasiga ega bo'lgan mutaxassis shtat birligi ajratilmoqda. Bu o'z navbatida byudjet tashkilotlarida ichki auditorlik xizmatlarini tashkil etish bo'yicha uslubiyotni shakllantirishni talab etadi.

Ichki auditorlik xizmatini tashkil etishda quyidagi vazifalar qo'yiladi:

  1. Bajariladigan ishlarni muddatlari belgilangan ish rejalari tuzish va shu asosida auditorlik amaliyotini tashkil etish;
  2. Belgilangan rejaga muvofiq bajarilgan ishlar bo'yicha davriy xisobotlarni shakllantirish.

Xulosa qilib aytish mumkinki byudjet tashkilotlarida auditorlik faoliyatining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi.

"Auditorlik faoliyati: muammolar va echimlar" mavzusidagi III Respublika an'anaviy ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. 2007 yil 12 may. -T.: TMI, 2007. 186 bet.

TMI "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi assistenti Sh. Butaev

Moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schetlar guruhi va ularni takomillashtirish masalalari

Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy investitsiyalarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatidagi roli ayniqsa oshib bormoqda. Ushbu jarayon bozor iqtisodiyotining shakllanish va taraqqiy etish xususiyatlari va qonuniyatlari bilan shartlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan 21-son BHMS xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini aks ettiruvchi yangi schetlar tizimiga asos solindi. Ushbu standart korxonalarning moliyaviy investitsiyalari hisobini yuritish tartibiga bir qancha o'zgarishlar kiritdi. 21-son BHMS ga ko'ra moliyaviy investitsiyalar hisobi quyidagi schetlarda olib boriladi:

1. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schetlari:

  1. 0610-"Qimmatli qog'ozlar";
  2. 0620-"Sho''ba xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
  3. 0630-"Qaram xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
  4. 0650-"Xorijiy sarmoya qatnashgan korxonalarga investitsiyalar";
  5. 0690-"Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar".

2. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schetlari:

  1. 5810-"Qimmatli qog'ozlar";
  2. 5830-"Qisqa muddatli berilgan qarzlar";
  3. 5890-"Boshqa joriy investitsiyalar".

Albatta, ushbu schetlar rejasini kamchiliklardan xoli deb bo'lmaydi. K.B.O'razovning fikriga ko'ra, ushbu schetlarning nomlarini investitsiyalarni kiritish yo'nalishiga moslashtirish lozim. Ushbu fikrga qo'shilgan xolda, moliyaviy investitsiyalar schetlari nomlarini ularning tasniflanish nuqtai nazaridan qayta-ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Jumladan, "Qarz majburiyatini ifodalovchi moliyaviy investitsiyalar" va "Ulushli qatnashishni ifodalovchi moliyaviy investitsiyalar". Bu erda "Sho''ba xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar", "Qaram xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar", "Xorijiy sarmoya qatnashgan korxonalarga investitsiyalar" ning xam ulushli qimmatli qog'oz, ya'ni aktsiyalarni sotib olishni ko'zda tutishini e'tiborga olish lozim.

12-sonli "Moliyaviy investitsiyalar hisobi" Buxgalteriya hisobining milliy standartining 9-bandiga ko'ra pulga sotib olingan qimmatli qog'ozlarning boshlang'ich qiymati o'z ichiga ushbu qimmatli qog'ozlarni sotib olishga ketgan xaqiqiy xarajatlarni oladi. Bunday qo'yilmalarni amalga oshirishdagi xaqiqiy xarajatlar bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Shartnoma asosida sotuvchiga to'lanadigan summa;
  • Brokerlar xizmati, bank xizmatlari uchun to'lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar.

Albatta qimmatli qog'ozlarni sotib olish xarajatlari ro'yxati kengayishi va o'xshash turdagi xarajatlar kiritilishi mumkin, ammo ular bevosita ushbu aktivni sotib olish bilan bog'liq bo'lishi lozim. 12 BHMS da bunday qo'shimcha xarajatlarning me'yori keltirilmagan. Umuman, fikrimizcha bunday xarajatlarni moddiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib hisobda aks ettirish lozim. Bu borada xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga qo'shimcha xarajatlarning moddiylik darajasini aniqlashda mustaqillik berilishi xam variantlardan biri hisoblanadi. Agar qo'shimcha xarajatlar summasi shartnoma asosida sotuvchiga to'lanadigan summaga nisbatan sezilarsiz summani tashkil qilsa, bu xarajatlarni "Boshqa operatsion xarajatlar" tarkibida aks ettirish xam to'g'riroq bo'ladi. Albatta moddiylik darajasi hisob siyosatida belgilangan bo'lishi lozim. Ushbu darajaning 5% miqdorda beligilanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Amaliyotda shunday xol xam bo'lishi mumkinki, korxona moliyaviy investitsiyalarni sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish maqsadida informatsion va maslaxat agentlarining xizmatidan foydalandi, lekin ushbu moliyaviy investitsiyalar oxir-oqibat sotib olinmadi. Bunday xolda xam ushbu xarajatlarni "Boshqa operatsion xarajatlar"ga olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Agar moliyaviy investitsiyalar qarz mablag'lar hisobiga xarid qilinsa ularning hisobda aks ettirilishi xam o'ziga xos bo'ladi. Afsuski bu xol xam 12 sonli BHMS da ochib berilmagan. Bu borada RF standartlari bo'yicha qarz mablag'lari hisobiga olingan moliyaviy investitsiyalar boshlang'ich qiymatiga ularni kirimga olish davrigacha bo'lgan qarz bo'yicha foizlar summalari xam qo'shiladi. Masalan, moliyaviy qo'yilmalarni pulini to'lash vaqtida qarz mablag'lardan foydalanilsa, debitorlik qarzining summasi foiz summasiga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalarni kirimga olingandan keyingi hisoblangan foizlar operatsion xarajat sifatida moliyaviy natijalarga olib boriladi.

Masalan, tashkilot 2007 yil martida bankdan boshqa bir kompaniyaning aktsiyalarini sotib olish uchun 4 oy muddatga 400 000 so'm kredit oldi. Shartnomaga ko'ra kredit uchun 24 % yillik foiz belgilangan bo'lib xar oyda hisob-kitob schetidan o'tkazib turiladi. Brokerning xizmat xaqi 12 000 so'm. Bankdan olingan kreditga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

Dt 5110 - "Hisob kitob scheti" 400 000 so'm

Kt 6810 - "Bankning qisqa muddatli kreditlari" 400 000 so'm

Mablag'lar brokerga o'tkazildi:

Dt 4890 - "Boshqa debitorlarning qarzlari" 400 000 so'm

Kt 5110 - "Hisob-kitob scheti" 400 000 so'm

Bu erga kelib amaldagi schetlar rejasi bo'yicha muammoga duch kelamiz. Moliyaviy investitsiyalarni sotib olishga ketgan xarajatlarni qaysi schetda jamlaymiz? Kapital qo'yilmalar bo'yicha bunday schet mavjudligini bilamiz. Agar moliyaviy investitsiyalarga ketgan xarajatlarni jamlovchi "XXXX" schet mavjud bo'lganda edi, yuqoridagi muomalalarning davomini quyidagicha aks ettirgan bo'lar edik:

Mablag' brokerga o'tkazilganda:

Dt "XXXX" 400 000 so'm

Kt "5110" 400 000 so'm

Brokerning xaqi o'tkazildi:

Dt "XXXX" 12 000 so'm

Kt "5110" 12 000 so'm

Foizlar investitsiya xarajatlari tarkibiga kiritildi:

Dt "XXXX" 8 000 so'm

Kt "6920" 8 000 so'm

Moliyaviy investitsiya balansga kirim qilindi:

Dt "0610" 420 000 (400 000 + 12 000 + 8 000)

Kt "XXXX" 420 000

Ko'rinib turibdiki yuqoridagi yondashuv moliyaviy investitsiyalarni kirimga olish jarayonini hisobda aks ettirishni aniqlashtiradi va agar qilingan xarajatlarga qaramay moliyaviy investitsiyalar amalga oshirilmagan taqdirda ushbu schetda yig'ilgan summani moliyaviy natijalarga olib borish imkoniyati mavjud bo'ladi.

"Auditorlik faoliyati: muammolar va echimlar" mavzusidagi III Respublika an'anaviy ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. 2007 yil 12 may. -T.: TMI, 2007. 186 bet.

TMI "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi assistenti Sh. Butaev

Moliyaviy investitsiyalarning sotilish vaqtidagi baxosini aniklash va xisobda aks ettirishning dolzarb masalalari

Moliyaviy investitsiyalarni kirimga olishdagi bahosini to'g'ri aniqlanishi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun qanchalik muhim bo'lsa, moliyaviy investitsiyalarning tugatilishi, ya'ni qimmatli qog'ozlarni sotilishidagi qiymatini aniqlash xam muxim masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlarning chiqib ketishi ularning qoplanishi, sotilishi, tekinga berilishi, boshqa kompaniyalarning ustav kapitaliga qo'yilishi va sh.k.lar ko'rinishida amalga oshishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalarni chiqib ketish sanasi bo'lib moliyaviy investitsiyalarning yangi soxibiga mulkchilik xuquqi, qo'yilma bilan bog'liq risklarni o'tish sanasi hisoblanishi kerak.

Chiqib ketayotgan moliyaviy qo'yilmalar qiymatini aniqlash tartibi kotirovkaga ega va ega bo'lmagan qo'yilmalar uchun turlicha bo'lishi darkor. Agar chiqib ketayotgan qo'yilma bo'yicha joriy bozor bahosi aniqlanadigan bo'lsa, tashkilot tomonidan uning qiymati so'ngi bahoda baholanadi.

Nazariy jixatdan qimmatli qog'ozlar chiqib ketayotganida xuddi TMZlar singari o'rtacha boshlang'ich qiymati yoki FIFO usulida baholanishi mumkin. BHMS ga ko'ra moliyaviy investitsiyalar, albatta kotirovkaga ega bo'lgalari, xar bir hisobot sanasiga qayta baholanib turishi lozim. Bunday xolda eng xavfsiz yul, fikrmizcha FIFO usulini qo'llash bo'lishi mumkin, buni o'ziga xos "sirpanuvchi" FIFO usuli deb atash mumkin. Bunda usul qimmatli qog'oz chikib ketgan xar bir sanaga qo'llaniladi.

Agar joriy bozor bahosi aniqlanmaydigan, ya'ni kotirovkaga ega bo'lmagan moliyaviy investitsiyalar chiqib ketayotgan bo'lsa, ularning bahosini quyidagi usullardan birida aniqlash maksadga muvofiq bo'ladi:

  • Moliyaviy investitsiyalar baxgalteriya hisobining xar bir birligining boshlang'ich qiymati bo'yicha;
  • O'rtacha boshlang'ich qiymati bo'yicha;
  • Dastlabki qabul qilingan moliyaviy qo'yilmalarning boshlang'ich qiymati bo'yicha, ya'ni FIFO usuli.

Yuqoridagi usullardan birining qo'llanilishi moliyaviy investitsiyalar aloxida guruxlariga nisbatan qo'llanilib, korxonaning hisob siyosatida aloxida element sifatida aks ettirilgan bo'lishi lozim.

Shuni xam ta'kidlab o'tish lozimki, FIFO va AVECO usullarining BHMS larda faqat TMZ larga nisbatan qo'llanilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Buni e'tiborga olgan xolda, FIFO va o'rtacha boshlang'ich qiymat usullarini qo'llashda ikkita variant bo'lishi mumkin: tortilgan va sirpanuvchi baholash. Sirpanuvchi baholash variantini operatsiya sodir bo'lgan xar bir sanaga nisbatan qo'llash imkoniyatini tug'diradi, bu ayniksa kompyuter dasturlaridan foydalanilganda eng yuqori samara berishi mumkin. Bu usullar albatta ilgari xam mavjud bo'lgan, lekin rasmiy ravishda izoxlanmagan. Sirpanuvchi usulning qo'llanilishi nisbatan ishonchlirok natijalarni beradi. Xaqiqatdan xam ko'pchilik buxgalteriya dasturiy ta'minoti tizimlarida aloxida qimmatli qog'oz bo'yicha tahliliy ma'lumotlar chiqarilganda ularning aniq mulkdori va ma'lum kundagi umumiy qiymatini olish imkoniyati mavjud. Umumiy summani qimmatli qog'ozlar soniga bo'lish orkali chiqib ketgan moliyaviy qo'yilma qiymatini aniqlash ancha qulay. Bu buxgalteriya dasturlarida xar bir sanada xar bir qimmatli qog'ozni chiqib ketishi bilan bog'liq moliyaviy operatsiyaning natijasini olish imkoniyatini beradi.

Umuman olganda mamlakatimiz hisob amaliyoti uchun moliyaviy investitsiyalar yangi ob'ekt bo'lganligi bois, ularning hisobini takomillashtirish masalalari o'z dolzarbligini namoyon qilmoqda. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish va ular ichidan eng maqbullarini mamlakat hisob tizimiga joriy etish foydadan xoli bo'lmaydi degan umiddamiz.

Maxsus kurslar

"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi assistenti Sh.Butaev tomonidan 2008/2009 o'quv yilida TMI talabalari bilan "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi" fanlari bo'yicha muntazam ravishda trening mashgulotlari o'tkazib kelinmoqda. Ushbu mashgulotlarda talabalar bilan korhonalarda moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil etish masalalari, horijiy mamlakatlar tajribasi va moliyaviy hisobot halqaro standartlarining qo'llash yo'nalishlari muhokama qilinmoqda.

O'quv yili davomida quyidagi talabalar ushbu mashgulotlarda faol ishtirok etib kelishmoqda: Barakaev O., Sodiqov H., Ilyosov D., Marupov B., Nurmanov T., Omonov A., To'raev O., Saidov B., Hujayarov I., Jumanazarov B., Islomov U., Haitov M., Sunatov A., Mirzaev SH., Tasimbetov R., Davronov O., Matmuratov A.

Yuqorida ismlari keltirilgan TMI talabalari CAP/CIPA dasturi bo'yicha o'tkaziladigan "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi" fanlaridan o'tkazilgan imtihonlaridan muvaffaqiyatli ravishda o'tishdi va hozirda CAP sertifikatini olish uchun nomzodlik qilishmoqda.

Kafedra manzili hamda bog'lanish raqamlari

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi 18 uyda joylashgan

Tel: 217-34-38

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.