Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Audit
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Audit

Fayziev Shaxobitdin Nuritdinovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1974 yil Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan. 1974-1975 yillari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” institutida injener-loyihachisi, 1975-1976 yillari harbiy xizmatda, 1976-1977 yillari O’zbekiston suv ta’minoti loyiha instituti iqtisodchisi, 1977-1978 yillari Toshkent xalq xo’jaligi instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1978-1991 yillari Toshkent xalq xo’jaligi instituti “Sanoatda buxgalteriya hisobi va tahlili” kafedrasida assistent, aspirant, katta o’qituvchi, dotsent, sirtqi-moliya iqtisod fakulteti dekani, 1991-1999 yillari Toshkent moliya institutida “Buxgalterii hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, 1999-2004 yillari Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti dekan, 2004 yildan Toshkent moliya institutiga «Audit» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra tarixi

Toshkent Moliya Institutining «Audit» kafedrasi institutning yosh kafedralaridan biri bo’lib, u Institut rektorining 26 dekabr 2001 yildagi buyrug’iga asosan 2002 yil 1 yanvarda «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tashkil etilgan.

Toshkent Moliya instituti ilmiy kengashining 2005 yil 26 fevral 8-sonli qarori bilan kafedraning nomi «Audit» deb o’zgartirildi.

2002-2004 yillarda kafedraga i.f.n., professor A.Karimov rahbarlik qilgan. 2004 yilda i.f.n., dotsent Sh.Fayziev kafedra mudiri sifatida tayinlandi. Kafedra yangi tashkil etilganiga qaramay bu erda bir qator ilmiy izlanuvchilar va aspirantlar etuk professor olimlar ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda. 2006 yil mart oyida bu izlanishlarning ilk natijalari ko’zga tashlandi va aynan shu kuni kafedra ilmiy izlanuvchisi A.To’ychiev 08.00.08-«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo’yicha o’zining nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007 yilda ilmiy izlanuvchi A.Avlokulov ham 08.00.08-«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo’yicha «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra bir necha turdosh «Audit» fanlari bo’yicha o’quv, uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi, asosiy tarmoq hisoblanadi.

Kafedra bevosita rektorning o’quv ishlari bo’yicha muoviniga bo’ysunadi va Umumiqtisod fakulteti huzurida faoliyat ko’rsatadi.

Kafedrani ilmiy darajasiga ega bo’lgan va belgilangan tartibda shu vazifaga saylanuvchi kafedra mudiri boshqaradi. Kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat kafedra mudiriga yuklatiladi. Kafedra mudiri rahbarlik qilayotgan kafedraning ishi bo’yicha hisobotning muddat va shakllari belgilangan tartibda oliy o’quv yurtining rektori tomonidan belgilanadi.

Kafedrada jami 16,0 ta shtat birligi bo’lib, shunga mos ravishda professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 ta fan doktori, professor; 7 ta fan nomzodi, dotsent (shu jumladan, 4 ta asosiy shtatda) va 1 ta faxriy professor; 6 ta katta o’qituvchi va 4 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada 10 ta professor-o’qituvchi asosiy shtatda va 9 ta professor-o’qituvchi o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

KAFEDRANING ASOSIY MAQSADI – O’zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos etuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

«Audit» kafedrasi Toshkent Moliya Instituti tarkibidagi bakalavr yo’nalishlari uchun «Audit» hamda magistratura mutaxassisliklarida «Amaliy audit», «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari», «Xalqaro audit tizimi», «Investitsiyalar auditi va baholash», «Moliyaviy hisobot auditi», «Soliq va to’lovlar auditining xususiyatlari» va «Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» fanlaridan o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi, talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshirish borasida faoliyat olib boruvchi asosiy tarmoq bo’lib hisoblanadi.

Kafedra asosiy vazifalari:

• Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarida belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish;

• talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, tanishuv, malakaviy va bitiruvoldi amaliyotlariga hamda mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

• talabalari bilimini reyting tizimi asosida baholash;

• talabalarnning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;

• rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

• kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish, va belgilangan tartibda tasddiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

• darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalarni tayyorlash, shuningdek, institut rektorining topshirig’iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv uslubiy adabiyotlarga xulosalar berish;

• nodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari bo’yicha zaruriy o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

• iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

• auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

• tasdiqlangan rejalarga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

• ta’lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

• talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbaarlik qilish;

• kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o’quv, o’quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni ko’rib chiqish;

• tajribali o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish v tarqatish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

• tadqiqotchi, aspirant va doktorantlar ilmiy ishlar baajrish uchun qo’lay imkoniyat yaratish va ilmiy rahbarlik qilish;

• Respublika va xalqaro anjumanlarda ishtirok etish va zarurat to’g’ilganda tashkil etish.

«AUDIT» KAFEDRASINING PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING TARKIBI:

Asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilar:

 

1. Fayziev Shaxobitdin: i.f.n., dotsent, kafedra mudiri. TXXI, 1974 yil «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Buxgalter-iqtisodchi. «Audit», «Moliyaviy hisobot auditi» fanlaridan dars beradi.

2. Masharipov Ozod: i.f.n. dotsent. TXXI, 1979 yil «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. 2006 yildan beri kafedra dotsenti. «Audit», «Amaliy audit», «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari» fanlaridan dars beradi. Tadqiqotchilar, aspirant va doktorantlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul.

3. Azlarov Dilshod: i.f.n., dotsent v.b. TMI, 1996 yil «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. «Audit», «Amaliy audit», «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari» fanlaridan dars beradi. Magistratura mutaxassisliklarida o’quv ishlari bo’yicha mas’ul.

4. Qo’ziev Islom: i.f.n. dotsent. TMI, 1995 yil «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. «Audit», «Xalqaro audit tizimi», «Investitsiyalar auditi va baholash» fanlaridan dars beradi. Ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul.

5. Avloqulov Anvar: i.f.n. dotsent. v.b., TMI, 2003 yil «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. «Audit», «Xalqaro audit tizimi», «Investitsiyalar auditi va baholash», «Soliqlar va to’lovlar auditining xususiyatlari» fanlaridan dars beradi. O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha mas’ul.

6. Mamatqulova Dilnura: katta o’qituvchi, TMI, 1994 yil «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Kafedra majlisi bayonnomalari va ko’chirmalarini rasmiylashtirish bo’yicha mas’ul.

7. Yuldasheva Saodat: katta o’qituvchi. TMI, 1998 yil «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. Buxgalter-iqtisodchi. «Audit» fanidan dars beradi. Ilmiy-pedagogik amaliyot bo’yicha mas’ul.

8. Azizov Sherzod: katta o’qituvchi. TMI, 2002 yil «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ul.

9. Po’latov G’ulom: katta o’qituvchi. TMI, 2005 yil «Buxgalteriya hisobi» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Uslubiy ishlar bo’yicha mas’ul.

10. Meliev Isroil: katta o’qituvchi. TMI, 2005 yil. «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul.

11. Astanakulov Olim: aspirant. TMI, 2005 yil «Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan.. «Audit» fanidan dars beradi. Xalqaro aloqalar va jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha mas’ul

12. Xuddieva Nargiza: assistent. TMI, 2007 yil. «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Kafedra to’garagi ishlari bo’yicha mas’ul.

13. Yakubov Matrasul: assistent. TMI, 2008 yil. «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. Ilmiy loyiha va grantlar bo’yicha mas’ul.

14. Xojiev Mexriddin: assistent. TMI, 2008 yil. «Audit» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Kafedra ilmiy izlanuvchisi. «Audit» fanidan dars beradi. ARM ishlari bo’yicha mas’ul.

O’rindosh o'qituvchilarning nasl-nomasi:

15. Karimov Akrom: professor. TXXI, 1974 yil «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Buxgalter-iqtisodchi. «Audit», «Investitsiyalar auditi va baholash» fanidan dars beradi.

16. Ibragimov Abdug’ofur: professor, i.f.d. TXXI, 1978 yil «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Buxgalter-iqtisodchi. «Audit», «Amaliy audit» fanlaridan dars beradi.

17. Musaev Abdurauf: i.f.n. dotsent. TXXI, 1974 yil «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlili» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. Buxgalter-iqtisodchi. «Audit», «Amaliy audit» fanlaridan dars beradi.

O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib bormoqdalar:

Bakalavriat

• «Audit» Fanidan - «Menejment», «Biznes», «Moliya», «Bank ishi», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Investitsiyalarni moliyalashtirish», «Sug’urta ishi», «Moliya injiniringi», «Bozorlarda faoliyat va operatsiyalar», «Statistika» va “Kasb ta’limi(Buxgalteriya hisobi va audit)” bakalavriat yo’nalishlari uchun

Magistratura

• «Amaliy audit» fanidan - «Buxgalteriya hisobi», «Audit», «Iqtisodiy tahlil», «Korxona moliyasi», «Moliyaviy menejment» magistratura mutaxassisliklari uchun

• «Xalqaro audit tizimi» fanidan - «Xalqaro moliya», «Bank auditi», «Audit», «Tashqi iqtisodiy faoliyatning hisobi va tahlili» mutaxassisliklarida;

• «Moliyaviy hisobot auditi» fanidan - «Audit» magistratura mutaxassisligida

• «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari» fanidan - «Audit» magistratura mutaxassisligida

• «Soliq va to’lovlar auditi xususiyatlari» fanidan - «Audit» magistratura mutaxassisligi uchun

• «Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» fanidan -«Audit» magistratura mutaxassisligi uchun Barcha fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar, ishchi-o’quv rejalari, o’quv-uslubiy komplekslar tayyorlangan, dars mashg’ulotlari ulardan keng foydalanilgan holda o’tkazilmoqda. Shuningdek, har o’quv yilida ularning yangilanib borilishi ta’minlangan.

Talabalar amaliyoti: bakalavriatning «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar 4-kurs davomida bitiruvoldi amaliyotini o’taydilar. Amaliyot O’zbekiston Respublikasi Auditorlik tashkilotlari va Moliya Vazirligining taftish nazorat hududiy boshqarma va bo’limlarida o’tkazilmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi asosan «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat moliya tizimini takomillashtirish» bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 90 % atrofini tashkil etadi. 2008 yilda kafedra professor-o’qituvchilardan Sh.Azizov nomzodlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda himoya qilish arafasida turibdi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlar qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

1. Karimov A.A., Islomov F.R, Avloqulov A.Z. «Buxgalteriya hisobi». Darslik., Toshkent, «Sharq», 2004

2. To’ychiev A.J. «Raqobatchilik muhiti shakllanayotgan tarmoq korxonalarida mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalar hisobi hamda tahlili». Monografiya. Toshkent, «IQTISOD-MOLIYA». 2006

3. Karimov A.A. «Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va audit». Monografiya. Toshkent, «IQTISOD-MOLIYA», 2008

4. Fayziev Sh., Avloqulov A. «Audit», «Amaliy audit», «Xalqaro audit tizimi», «Moliyaviy hisobot auditi» va «Investitsiyalar auditi va baholash» fanlaridan namunaviy o’quv dasturi. TMI. 2007.

5. Fayziev Sh. Avloqulov A. «Amaliy audit», «Xalqaro audit tizimi» va «Investitsiyalar auditi va baholash» fanlaridan ishchi o’quv dasturi. TMI. 2008

6. Azlarov D.X.,Meliev I.I. «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari» fanidan ishchi-o’quv dasturi. TMI. 2008

7. Fayziev Sh.N., Azlarov D.X., Meliev I.I. «Audit» fanidan tarqatma materiallar to’plami. Uslubiy kullanma. TMI. 2006

8. Ilhomov Sh.I., Azlarov D.X.,Meliev I.I. «Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari» o’quv qo’llanma. TMI. 2006

9. Karimov A.A., Fayziev Sh.N., Meliev I.I. «Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» o’quv qo’llanma. TMI. 2006

10. Fayziev Sh.N., R.D.Do’smuratov, Avloqulov A.Z. «Investitsiyalar auditi va baholash». O’quv qo’llanma. TMI. 2006

11. Fayziev Sh.N., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. «Audit» fanidan kurs ishini yozish, rasmiylashtirish hamda himoya qilish. uslubiy qo’llanma. TMI. 2006

12. Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Po’latov G’.V. Bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun «Audit» fanidan testlar to’plami. TMI. 2006

13. Karimov A.A.., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. «Xalqaro audit tizimi». O’quv qo’llanma. TMI, 2007.

14. Karimov A.A., Avloqulov A.Z., Po’latov G’.V., Astanakulov O.T. «Audit» Amaliy mashg’ulot o’tish uchun o’quv qo’llanma. O’quv qo’llanma. TMI. 2008

15. Do’stmurodov R., Fayziev Sh.N. va boshqalar. «Audit» (lotin yozuvida) ma’ruza matni. 1-2-qismlar. O’quv qo’llanma. TMI. 2008

16. Fayziev Sh.N. «Audit finansovoy otchetnosti». Uchebnoe posobie. TMI. 2008

17. Fayziev Sh.N., Masharipov O.A. «Auditning bosqichlari va xujjatlari». Uslubiy qo’llanma. TMI. 2009 (loyixa)

18. va boshqalar

Aspirantura va doktorantura

Hozirgi kunda kafedrada ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 1 ta kunduzgi aspirant tahsil olmoqda. Bundan tashqari kafedrada 6 ta ilmiy tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar, shuningdek, belgilangan tartibda nomzodlik imtihonlarini topshirmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy ishlari mavzulari:

1. Fayziev Sh.N. – «TMZ nobudgarchiliklari hisobi va tahlili muammolari» - nomzodlik

2. Karimov A.A. – «Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari» - doktorlik

3. Ibragimov A.K. - «Boshqaruv hisobida mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasini takomillashtirish» - doktorlik

4. Musaev A.N. – «Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi tashkil etish»- nomzodlik

5. Masharipov O.A. - «Boshqaruv hisobida «Standart-kost» tizimi bo’yicha xarajatlar hisobi va og’ishlar tahlilini takshil etishni takomillashtirishning asosiy masalalari» - doktorlik

6. Azlarov D.X. - «Non mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlilini takomillashtirish» - nomzodlik

7. Qo’ziev I.N. - «Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini takomillashtirish» - nomzodlik

8. Avloqulov A.Z. - «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish» - nomzodlik

9. Azizov Sh.O’. - «Tashqi audit tekshiruvini o’tkazishni takomillashtirish» - nomzodlik

10. Mamatqulova D.S. - «Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy nochor korxonalar hisobi va auditini takomillashtirish» - nomzodlik

11. Yuldasheva S.X. - «Sanoat korxonalarida ekologik hisob va audit» - nomzodlik

12. Po’latov G’.V. - «O’zbekistonda ichki auditni rivojlantirish masalalari» - nomzodlik

13. Meliev I.I. - «Sog’liqni saqlash muassasalarida byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi va moliyaviy nazorati» - nomzodlik

14. Astanakulov O.T. - «Funktsional-qiymatli tahlilni qo’llash uslubiyati» - nomzodlik

15. Xuddieva N. - «Uzoq muddatli aktivlar auditini takomillashtirish» - nomzodlik

16. Yakubov M. - «Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari va ularni tashkil etish masalalari» - nomzodlik

17. Hojiev M. - «O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari» - nomzodlik

Kafedra e'lonlari:

 «Audit» kafedrasi 2008 yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatida ishlayotgan malaka sertifikatiga ega auditorlarni har yili malakasini oshirishlari yuzasidan o’quv kurslarini tashkil etganligini e’lon qiladi. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo’yicha Moliya vazirligidan tegishli rasmiy ruxsatnoma mavjud.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.