Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Bank ishi
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Bank ishi

Norqobilov Soatmurod Xursandovich

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1958 yilda Surxondaryo  viloyati  Termiz tumani xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Oliy ma’lumotli. Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlab iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo’lgan.

S.X.Norqobilov mehnat faoliyatini 1981-1985 yillar mobaynida SSSR Davlat bankining O’zbekiston Respublikasi idorasida Qishloq Xo’jaligini Kreditlash Boshqarmasida etakchi iqtisodchi sifatida boshlagan.

Shuningedek, S.X.Norqobilov 1985-1987 yillarda TXXI "Pul muomalasi va Kredit" kafedrasida asistent, 1987-1990 yillarda esa Moskva Moliya Akademiyasida aspirant va 1990-1993 yillarda Toshkent Moliya institutida dotsent lovozimida faoliyat ko’rsatib keldi.

Mexnat faoliyatini davom ettirib, S.X.Norqobilov 1993-1995 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamentining direktori sifatida, 1995-2000 yillarda O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori, 2000-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank O’kuv markazi direktori sifatida ishlab keldi.

 S.X.Norqobilov 2006 yildan boshlab Toshkent Moliya instituti "Bank ishi" kafedrasining mudiri lavozimida ishlab iqtisodchilar va iqtisodchi olimlarga ustozlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilarining tarkibi

 Kafedra o’z faoliyati davomida respublikamiz bank va moliya tizimi uchun etuk mutaxassislarni, shuningdek, o’z sohasini mukammal o’zlashtirgan pedagok-olim va faol iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.

Respublikamizda «Bank ishi» soxasini rivojlantirishda faol xizmat ko’rsatib o’z ulushini qo’shgan va qo’shib kelayotgan olimlar, jumladan, professorlar M.S.Angelidi, V.A.Ten, Sh.Z.Abdullaeva, A.K.Kodirov, M.B.Nurmurodov, T.M.Karaliev, Z.Xolmaxmadov, S.Norqobilov, X.K.Kashapov, O.Nomozov va boshqalar, shu kafedraning faxrli a’zolaridir.

Xozirgi kunda kafedrada 2 ta professorlar, 15 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, 20 dan ortiq katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, kafedrada boshqa quyidagi profesor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

 Kafedra ta’lim jarayoni

«Bank ishi» kafedrasi hozirgi kunda Davlat ta’lim standartlariga asosan, 5340700 – «Bank ishi» yo’nalishida bakalavrlar va 5A340701 – «Kredit», 5A340703 – «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari», 5A340707 «Bank auditi», 5A340708 – «Banklarda qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar», 5A340705 – «Bank va kredit risklari», 5A340702 – «Xalqaro bank ishi» yo’nalishlari bo’yicha magistrlar tayyorlamoqda.

Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavr tayyorlash bo’yicha «Bank ishi» yo’nalishidan va magistratura bo’limi bo’yicha 5 ta mutaxassisliklardan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan.

Shuningdek, kafedra tomonidan o’qitilayotgan mutaxassislik fanlari malakali professor-o’qituvchilar hamda ishlab chiqarishdan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan so’nggi pedagogtk texnologiyalar asosida olib borilmoqda.

 BAKALAVRIAT

Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, magistratura bo’yicha 5 ta fandan namunaviy o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlari tayyorlandi va nashrga topshirildi. Jumladan:

-Bank ishi;

-Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish;

-Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari;

-Pul, kredit va banklar;

-Bank huquqi.

 Bakalavrda o’qitiladigan fanlarga qisqacha izox:

1.Pul,kredit va banklar

Pul, kredit va banklar» fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. «Pul, kredit va banklar» fani “Bank ishi” yo’nalishida 3-4 semestrlarda  o’qitiladi.”Moliya” yo’nalishida 5-6 semestrlarda o’qitiladi.

 «Pul, kredit va banklar» fani o’quv rejasidagi gumanitar fanlar bilan,jumladan,  «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» kabi fanlar va maxsus fanlar, ya’ni  «Bank ishi», «Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq.

2. Bank ishi

“Bank ishi” fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. «Bank ishi» fani “Bank ishi” yo’nalishida 6-7-8 semestrlarda  o’qitiladi.

"Bank ishi" fani qo’yidagi fanlar bilan o’zaro aloqadordir:  "Pul, kredit va banklar", "Bank statistikasi", “Pul muomalasi, kredit va moliya”, "Monetar siyosat va pul-kredit orqali muvofiqlashtirish","Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari", "Bank auditi", "Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika", «Iqtisodiy tahlil», «Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish» va boshqalar

 3. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan davlat ta’lim standartiga  binoan «Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish» fani o’qitiladi.

Bu fan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan. «Iqtisodiyot nazariyasi», «Pul, kredit va banklar», «Bank ishi», va boshqalar shular jumlasidandir.

Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish» fani bakalavr bosqichining 7-semestrida o’qitiladi.

 4. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari

“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” fani bank tizimi uchun  iqtisodchi bankirlarni tayyorlashda  asosiy maxsus fanlardan  biri hisoblanib, sakkizinchi semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan  iqtisodiy fanlar "Pul, kredit va banklar", «Bank ishi», “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”,  “Xalqaro moliya”, “Xalqaro sug’urta” va boshqa iqtisodiy fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” fani bakalavr bosqichining 8-semestrida o’qitiladi. “Moliya” yo’nalishida esa 5- semestrlarda o’qitiladi.

 5. Bank xuquqi

"Bank xuquqi" fani quyidagi fanlar bilan o’zaro aloqadordir:  "Pul, kredit va banklar", "Bank statistikasi", “Pul muomalasi, kredit va moliya”, "Monetar siyosat va pul-kredit orqali muvofiqlashtirish","Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari", "Bank auditi", "Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika", «Iqtisodiy tahlil», «Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish», va boshqalar.

"Bank xuquqi" fani “Bank ishi” yo’nalishida 7- semestrda  o’qitiladi.

 MAGISTRATURA

Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan magistratura mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlar  Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, magistratura bo’yicha 10 ta fandan namunaviy o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlari tayyorlandi va nashrga topshirildi. Jumladan:

- Bank risklari;

- Monetar siyosat;

- Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshkarish ;

- Xalkaro moliya institutlari;

- Bank menejmenti va marketingi;

- Xorijiy amaliyotda bank risklarni boshqarish;

- Xorijiy mamlakatlarda bank ishi;

- Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar hisobini tashkil qilish;

- Tashqt iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari;

- Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar.

 Kafedra nashrlari

Adabiyotning nomi

Chop qilingan ishlar va yili

Muallifning ismi-sharifi

1

Bank risklari va kreditlash

Monografiya, 2002

Sh.Abdullaeva

2

Pul, kredit va banklar

Darslik, 2000

Sh.Abdullaeva

3

Bank ishi

O’quv qo’llanma, 2000

Sh.Abdullaeva

4

Pul va pul tizimi

O’quv qo’llanma, 2000

Sh.Abdullaeva

5

Banklarda buxgalteriya hisobi asoslari

O’quv qo’llanma, 2002

Sh.Abdullaeva

K.Navro’zova

6

Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari

O’quv qo’llanma, 2004

Sh.Abdullaeva

7

Bank audit

O’quv qo’llanma, 2004

S.Norqobilov U.Ortiqov

8

Pul-krdit orqali muvofiqlashtirish

O’quv qo’llanma, 2008

T.Qoraliev, S.Norqobilov, T.Boboqulov, N.Ernazarov, O’.Abdullaev

9

Bank risklari va ularni boshqarish

O’quv qo’llanma, 2004

Sh.Abdullaeva

10

Pul, kredit va banklar

O’quv qo’llanma, 2003

Sh.Abdullaeva

11

Bank ishi

Darslik, 2003

Sh.Abdullaeva

12

Bank resurslari

Ilmiy risola, 2003

Sh.Abdullaeva va boshqalar

13

Liberalizatsiya bankovskoy sistemi

Ilmiy risola, 2003

Sh.Abdullaeva va boshqalar

14

Pul, kredit va banklar

Darslik, 2007

Sh.Abdullaeva

15

Banklarda audit

O’quv qo’llanma, 2005

S.Norqobilov

16

Xalkaro amaliyotda bank nazorati

O’quv qo’llanma, 2007

S.Norqobilov

17

Bank hisobi

O’quv qo’llanma, 2007

K.Navro’zova, N.Ibragimova, N.Ernazarov, O’.Abdullaev

18

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari

O’quv qo’llanma, 2008

K.Navro’zova, M.Axunova, O’.Abdullaev


Kafedra yutuqlari

Kafedra professor-o’qituvchilarining  davlat grantlari, ilmiy loyihalar va shartnomalardagi ishtiroki haqidagi  ma’lumot

T/r

Shartnoma va loyihaning nomi

Ishtirok etgan professor-o’qituvchining n.n. va i.

Shartnoma yoki loyiha tuzilgan vaqti va amal qilish muddati

Shartnoma yoki loyihani tuzgan tashkilotning nomi

1.

A-1-290

Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish sifatida

prof.Sh.Z.Abdullaeva, dots.S.Yu.Arzumanyan, dots.I.A.Murugova, dots.K.N.Navro’zova

2006 yil yanvar

2008 yil dekabr

Fan va texnologiya markazi

2.

A-1-335

“Tijorat banklari kapitalini rivojlanishi va uni samarali boshkarish masalalari”

prof.O.Nomozov, prof.A.Omonov, prof.Sh.Z.Abdullaeva

2006 yil yanvar

2008 yil yanvar

Fan va texnologiya markazi

Manzil:Toshkent sh., Kichik halqa yoli 7

E-mail: banking@tfi.uz

Tel.: (8 371) 234-70-46

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.