Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Banklarda buxgalteriya hisobi va audit
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Banklarda buxgalteriya hisobi va audit

KAFEDRA MUDIRI

Qoraliyev To'raboy Mamatqulovich

iqtisod fanlari nomzodi, professor

1975 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini "a'lo" baholarga tugatib, 1975-1981 yy. - Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Pul muomalasi" kafedrasi assistenti bo'lib, 1981-1984 yy. - Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan, 1984-1985 yy. - Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Pul muomalasi" kafedrasi assistenti, 1985 yildan ushbu kafedra dotsenti sifatida ishladi. 1989-1991 yy. - Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Moliya va iqtisod" fakulteti dekani, 1991-1996 yy. - Toshkent moliya instituti "Pul muomalasi va kredit" kafedrasi professori, 1996-1997 yy. - O'zbekiston Bank-moliya akademiyasi "Bank ishi" fakulteti dekani, 1997-2000 yy. - O'zbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruv raisi o'rinbosari, 2001-2006 yy. - O'zbekiston Aktsionerlik tijorat Tadbirkorbank raisi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. 2006 yilning - Toshkent Moliya instituti "Bank ishi" kafedrasi professori, 2 sentyabridan 2007 yil noyabrdan buyon "Banklarda buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professori va kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. T.Qoraliev 10 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik, 10 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalarga rasmiy opponentlik qilgan. Respublika, Xalqaro ilmiy konferentsiyalarda qatnashgan va ma'ruza qilgan. Bugungi kunga qadar 100 bosma taboqdan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

Kafedra ta'lim jarayo'ni

Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 18 ta professor-o’qituvchi bakalavriatda 7 ta fandan, magistratura yo’nalishlarida esa 5 ta fandan dars mashg’ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada etakchi professorlar sifatida T.Qoraliev, E.Qodirov, I.Murugovalar doimiy ravishda iqtisodiyotning eng dolzarb masalalari bo’yicha Respublikaning taniqli iqtisodchilari ishtirokida talabalarga ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, muammoviy va ochiq ma’ruzalarni tashkillashtirib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan, 10 taga yaqin ilmiy izlanuvchilar va aspirantlar ilmiy ishi ustida faoliyat olib bormoqdalar. Respublikaning xo’jalik shartnomalari asosida kafedraning professor-o’qituvchilari turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. Shular jumlasiga, K.Navro’zova, I.Murugova, N.Ernazarov, A.Omonov va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

BAKALAVRIAT

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institut bakalavriat yo’nalishlarida quyidagi fanlar o’qitiladi:

  • "Pul, kredit va banklar";
  • "Bank statistikasi";
  • "Tijorat banklari faoliyati tahlili";
  • "Banklarda buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari";
  • "Banklarda buxgalteriya hisobi va operativ texnika";
  • "Pul muomalasi kredit va moliya";
  • "Bank auditi".

MAGISTRATURA

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institut magistratura yo’nalishlarida quyidagi fanlar o’qitiladi:

  • "Pul, kredit va banklarning dolzarb muammolari";
  • "Bank hisobi va to'lov tizimi";
  • "Xalqaro amaliyotda bank nazorati";
  • "Bank nazorati va tahlili";
  • "Tijorat banklari ichki va tashqi auditi".

ASPIRANTURA

Kafedrada quyidagi aspirantlar 08.00.07 – “moliya, pul muomalasi va kredit” yo’nalishi bo’yicha ilmiy ish olib bormoqdalar.

F.I.O. Dissertatsiya mavzusi Ilmiy rahbar
1 Sh.Boltaev Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining lizing operatsiyalarini rivojlantirish i.f.n., dots. Z.Xolmaxmadov
2 J.Tolibov Bank tizimi barqarorligini ta’minlashda bank risklari baholash usullarini takomillashtirish i.f.n., dots. T.Abdullaev
3 R.Allaberganov Distantsionnoe bankovskoe obslujivanie i perspektivi ego razvitiya v Respublike Uzbekistan i.f.n., prof. T.Qoraliev

Kafedra nashrlari

Adabiyotning nomi Chop qilingan ishlar va yili Muallifning ismi-sharifi
1. Bank hisobi O’quv qo’llanma, 2008 yil Abdullaeva Sh., Navro’zova K.
2. Pul, kredit orqali muvofiqlashtirish O’quv qo’llanma, 2008 yil Qoraliev va boshqalar.
3. Tijorat banklarida moliyaviy resurslarni boshqarish O’quv qo’llanma, 2006 yil A.Omonov

Kafedra yutuqlari

Kafedra professor-o’qituvchilari Respublikaning xo’jalik shartnomalari asosida turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. A.Omonov, N.Ernazarovlar “Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarish va rivoshjlantirish” grantida, K.Navro’zova va I.Murugovalar “ Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish sifatida” grantida ishtirok etmoqdalar. 2008 yilida kafedra dotsenti K.Navro’zova “Fond Forum.uz” ta’lim grantini yutib olishga muyassar bo’lgan.

Kafedra manzili: Kichik halqa yo'li, 7.

E-mail: banking@tfi.uz

Tel.:(+99871) 234-23-29

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.