Xodjayev Rixsivoy Sultonmuradovich
iqtosod fanlari nomzodi, dotsent
1969-1970 yillar Toshkent avtomobil zavodi chilanga, 1970-1972 yillar harbiy xizmatda, 1973-1976 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi, 1976-1982 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti assistenti, 1982-1987 yillar Moskva umumittifoq qishloq xo’jaligi ilmiy-iqtisod instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, 1987-1991 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti dotsenti, 1991-2001 yillar Toshkent moliya instituti «Tarmoqlar moliyasi» kafedrasi dotsenti, «Investitsiyalar va qimmatbaho qog’ozlar» kafedrasi mudiri, 2001-2003 yillar Soliq va bojxona organlari akademiyasi, «Moliya va kredit» kafedrasi boshlig’i, 2003-2005 yillar Davlat soliq qo’mitasining Soliq akademiyasi «Moliya va kredit» kafedrasi mudiri, 2005 yildan hozirgacha Toshkent moliya instituti «Biznes va iqtisodiyot» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra tarixi
Toshkent Moliya Institutining “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi 1991 yilda tashkil etilgan bo’lib, “Makraiqtisodiyot va ijtimoiy taraqqiyot” deb nomlangan. Kafedra 2003 yilda “Mikroiqtisodiyot” kafedrasi bilan birlashtirilib “Makro va mikro iqtisodiyot” nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Institutda “Biznes va boshqaruv” soxasida kadrlar tayyorlanishi munosabati bilan kafedra 2005 yildan boshlab “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasiga aylantirildi va uning Ustavi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy uslubiy kengashning 2005 yil 14 fevraldagi 4-sonli yig’ilishida tasdiqlangan.
“Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi Toshkent Moliya Instituti tuzilmasidagi “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Mikro va makro iqtisodiyot”, “Milliy va xalqaro iqtisodiyot” va “Biznes” mutaxassisligi maxsus fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni olib boruvchi mutaxasislik kafedrasi xisoblanadi.
Xozirgi kunda kafedraga i.f.n., prof. R. Xodjaev mudirlik qilmoqda. Kafedrada jami 22 ta shtat birligi bo’lib, shunga mos ravishda professor- o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 3 ta fan doktori, professor, 6ta fan nomzodi, professor, 3ta fan nomzodi, dotsentlar va 10ta katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada 14ta prof - o’qituvchi asosiy shtatda, 8 ta prof - o’qituvchi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritishmoqda. Kafedraning ilmiy saloxiyati asosiy shtat birligiga nisbatan 69.2 foizni, umumiy shtat birligiga nisbatan 72.7 foizni tashkil etadi.
“Biznes va iqtisodiyot” kafedrasining asosiy maqsadlaridan biri - Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining sifat bosqichida mustaqil ishlashga qodir, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda kafedraning asosiy vazifasi bo’lib, bank-moliya, biznes yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda “Makroiqtisodiyot”, “Milliy va xalqaro iqtisodiyot” “Mikroiqtisodiyot”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Amaliy iqtisodiyot”, “Kichik biznesni boshqarish”, “Biznes asoslari” va boshqa fanlarini o’qitish borasida talabalarning umumiqtisodiy bilim darajasini oshirish hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda mazkur o’quv yilida “Biznes” va “Menejment”yo’nalishlari “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Tadbirkorlik asoslari” fanlari o’quv jarayoniga kiritildi.
Kafedraning asosiy vazifasi:
- biznes yo’nalishi bo’yicha malakali bakalavr mutaxassislarni tayyorlash;
- bank-moliya, menejment va boshqa yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda “Makroiqtisodiyot”, “Milliy va xalqaro iqtisodiyot” “Mikroiqtisodiyot”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Kichik biznesni boshqarish” va boshqa iqtisodiy fanlarni o’qitish borasida talabalarning umumiqtisodiy bilim darajasini oshirish.
Maqsadni amalga oshirish yo’lida kafedrada 2007 – 2008 o’quv yiliga 22 shtat birligi belgilangan bo’lib, 1- yarim yillikda, undan to’liq shtatda 14 ta, ulardan 1 - iqtisod fanlari doktori, professor, 3 ta iqtisod fanlari nomzodi, professor, 2 iqtisod fanlari nomzodi, dotsentlar, 1 ta dotsent v/b, 1 ta i.f.n, katta o’qituvchi, 4 ta katta o’qituvchi 2 ta assistent va qolganlari o’rindosh sifatida 0,5 – 0,25 stavkada faoliyat ko’rsatdilar. Kafedraning asosiy shtat birligiga nisbatan ilmiy - pedagogik salohiyati 50,0% ni, umumiy shtat birligiga nisbatan – 63,6 foizni tashkil etgan.
O’quv-uslubiy ishlar kafedraning tuzilgan yillik ish rejasiga binoan amalga oshirildi. Jumladan, barcha o’qituvchilar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik bo’yicha rejaning bajarilishiga erishdilar. Kafedrada o’qitilayotgan fanlardan ishchi o’quv dasturlari, ma’ruza matnlari, seminar mashg’ulotlari va talabalarning mustaqil ish rejalari, talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, «yozma ish» variantlari va boshqa zarur materiallarni o’zida jamlagan o’quv - uslubiy komplekslari, ikkinchi mutaxassislik talabalari uchun ham o’qitilayotgan fanlardan ishchi o’quv dasturlari, nazorat ishi mavzulari, «yozma ish» variantlari ishlab chiqildi. Bu fanlardan ma’ruza matnlarga tegishli tuzatishlar va qo’shimchalar kiritildi, yangi statistik ma’lumotlar, yangi adabiyotlar bilan to’ldirildi. Kafedraning barcha professor - o’qituvchilari tayyorlangan o’quv komplekslari asosida darslarni olib bordilar. Talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish maqsadida kafedrada o’qitiladigan fanlardan o’quv qo’llanmalar tayyorlashga alohida ahamiyat berildi. Jumladan, professor M.Mirsaidov tomonidan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, prof R.Xodjaev va boshqalarning 4 ta fandan o’quv qo’llanmasi kiril va lotin alifbosida chop etilib, ular asosida darslik tayyorlanmoqda. Shuningdek, 2ta darslik va 2ta o’quv qo’llanmani tayyorlash bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari ish olib bormoqdalar. Undan tashqari, kasb-hunar kollejlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalar kafedra professor-o’qituvchilaridan R.Xodjaev, A.Nazirov, B.Maxmudov, R.Xasanova, S.Nasretdinovalar tomonidan tayyorlandi va vazirlikning ekspert guruxi tasdiqlab, chop etishga tavsiya etilgan.
Kafedrada 2007-2008 o’quv yilining 1 – semestri o’quv-uslubiy ishlarni bajarish jarayoni bilan bir qatorda ilmiy - tadqiqot ishlari ham olib borildi. Jumladan, k.o’q.N.Qosimova iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasi diplomini oldi, k.o’q. F.Shoyusupova va aspirant M.Matchanovlarning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi institut ilmiy Kengashi qarori bilan tasdiqlandi, kafedrada «Fan va texnologiyalar» Markazi granti bo’yicha A-1-288 «Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy muammolari» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi hamda olingan natijalar asosida 2006-2007 yil uchun hisobot tayyorlandi. Bajaruvchilar: dots. R.Xasanova, B.Maxmudov va X.Xo’jaev. Shu davrda kafedra professor - o’qituvchilari tomonidan 1 ta ilmiy maqola, 9 ta tezislari ilmiy-amaliy konferentsiya to’plamlarida chop etildi, kafedraning ilmiy seminarida 3 ta ilmiy nutqlar qilindi.
Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha kafedraning 4 nafar professor - o’qituvchisi Ustoz- murabbiylik faoliyatini olib bordilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalar bilan turli mavzularda suhbatlar o’tkazildi, ularni turli ommaviy tadbirlarga olib borildi, tashkil etilgan turli ko’rgazmalarga ekskursiyalar uyushtirildi. Jumladan, 2007 yil 5 dekabrida “Boshqaruv” fakulteti BB 70,74 guruh talabalari bilan “Konstitutsiyamiz – qonunlarimiz qomusi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Shu bilan bir qatorda 2007 yil 22 dekabrida talabalar yotoqxonasida navbatchilik tashkil etilib, yotoqxonadagi talabalar bilan davra suhbati o’tkazildi. Kafedra a’zolari kafedra majlislarida, ilmiy-metodik seminarlarda faol ishtirok etdilar.
Kafedra professor-o’qituvchilarining davlat grantlari, ilmiy loyihalar va shartnomalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotKafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi 2006-2008 yillarga mo’ljallangan ilmiy loyiha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda
1. A-1-288 Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy muammolari. Qudratov G’ - loyiha rahbari, Mahmudov B – kat ilmiy xodim,Xo’jaev X – laborant,Xasanova R – maslaxatchi. Shartnoma yoki loyiha tuzilgan vaqti va amal qilish muddati.1.01.06 – 1.01.08 Shartnoma yoki loyihani tuzgan tashkilot. Fan texnologiyalar markazi
2. A-1-290 Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish faktori sifatida. Xasanova R – ilmiy xodim. 1.01.2006 – 1.01.2008. Shartnoma loyihani tuzgan tashkilot. Fan texnologiyalar markazi
Kafedraning o’quv- uslubiy ishlari: o’qitilayotgan fanlardan ishchi o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy komplekslar tayyorlangan. Professor M.Mirsaidov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Tadbirkorlik asoslari” darsligi, prof. R.Xodjaev va dots. A.Nazirovlar tomonidan “Personalni boshqarish” o’quv qo’llanmalari, kasb-hunar kollejlari uchun kafedra professori R.Xodjaev boshchiligida va boshqa kafedra a’zolari ishtirokida “Mutaxassislikka kirish”, “Kichik biznesni boshqarish”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, ”Davlat byudjeti” (rus tilida) o’quv qo’llanmalari, B.Maxmudov va X.Xo’jaevlar tomonidan “Makroiqtisodiyot” o’quv hamda uslubiy qo’llanmalari tayyorlandi va chop etildi. Shuningdek , kasb-hunar kollejlari uchun 3 ta darslik tayyorlanib, nashr etishga topshirilgan, 4ta darslikni tayyorlash bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari ish olib bormoqdalar.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari: G’.Qudratov raxbarligida kafedra a’zolaridan dots. R.Xasanova, B.Maxmudov va X.Xo’jaevlar «Fan va texnologiyalar» Markazi granti bo’yicha 2 ta ilmiy loyihada qatnashishmoqda. Xususan, kafedrada «Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy muammolari» mavzusida 2006-2008 yillarga mo’ljallangan ilmiy loyiha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari, kafedra professor -o’qituvchilari tomonidan ko’plab ilmiy maqola, tezislar jurnal va ilmiy-amaliy konferentsiya to’plamlarida chop etilgan, kafedraning ilmiy seminarida doimiy ravishda ilmiy nutqlar qilinadi.
Kafedrada 20 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini muhokama qilish uchun ilmiy seminarlar o’tkazildi va ularga ilmiy taqrizlar berildi, shuningdek o’quv adabiyotlari va boshqa ilmiy-uslubiy ishlar uchun ham taqrizlar berildi. Kafedra tomonidan uyushtirilgan ilmiy-amaliy konferentsiyada ko’plab talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishdi va konferentsiya materiallari to’plam shaklida chop etildi.
Kafedra aspiranti va tadqiqotchilari: kafedra aspiranti M.M Matchonov va tadqiqotchi F.Shoyusupovalarning dissertatsiya mavzulari institut ilmiy Kengashi qarorida tasdiqlangan va ular o’z nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.Ilmiy rahbar i.f.d., prof.M.Mirsaidov. |