Kafedra tarixi
Respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirish borasida byudjet tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj, Toshkent Moliya Institutida 2009/2010 o’quv yilidan boshlab 5341800-“Byudjet hisobi va nazorat” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashning yo’lga qo’yilishi, ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi, professor-o’qituvchilar salohiyati hamda kelajakda mazkur yo’nalish bazasida magistratura mutaxassisliklarini ochish imkoniyatlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 30 dekabrdagi 87-01-836- sonli xatiga, 2010 yil 29 yanvardagi institut ilmiy kengashining 6-sonli yig’ilishi qaroriga hamda institut rektorining 2010 yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrug’iga asosan institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi negizida “Byudjet hisobi” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraning asosiy maqsadi
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimida islohotlarni amalga oshirish borasida yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedraning asosiy vazifalari:
Kafedra maqsadidan kelib chiquvchi vazifalari quyidagilardan iborat:
- Bakalavr yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, qayta ko’rib chiqish, yangilash;
- Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalari bo’yicha ma'ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg'ulotlarni yuksak darajada o'tkazish;
- Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, bitiruvoldi malakaviy, ilmiy pedagogik, ilmiy tadqiqot amaliyotlariga va mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Fan ta’lim ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash;
- Talabalarning nazariy bilim va ko'nikmalarini amaliyot bilan bog'lash;
- Kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlarini muhokama qilish;
- Darslik, o'quv, uslubiy va ko'rgazmali qo'llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o'quv qo'llanma va o'quv uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
- Kafedra professor-o'qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish va ilmiy semenarlar tashkil etish;
- Kafedra professor-o'qituvchilarining o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy ishlar bo'yicha shaxsiy rejalarini ko'rib chiqish va tasdiqlash;
- Institut, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy ishlar bilan ishtirok etish, shu bilan birga, zamonaviy va dolzarb ilmiy yo'nalishlardagi tadbirlarni tashkil etish.
- Xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
"Byudjet hisobi" kafedrasi professor-o'qituvchilari haqida ma'lumot
Asosiy shtat

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari
| № |
Ilmiy tadqiqotchi nasl-nomasi |
Ilmiy tadqiqot mavzusi |
Himoya qilishi rejalash-tirilayotgan muddati |
Ilmiy rahbar yoki maslahatchi |
| Doktorlik ishlari |
| 1 |
Mehmonov Sultonali Umaraliyevich |
G’azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metadologiyasini takomillashtirish |
2011 |
I.f.d.prof. Y.Abdullayev |
| Nomzodlik ishlari |
| 1. |
Hatamov Qobil Xayriyevich |
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar harakatining hisobi va auditini takomillashtirish |
2011 |
I.f.d.prof. A.Ibragimov |
| 2. |
Iskanov Xoljigit Nurqosimovich |
Xo’jalik yuritish subyektlarida inventarizatsiyasini tashkil etish va tahlili. |
2011 |
I.f.n.prof. B.Hoshimov |
Bo'glanish uchun ma`lumot
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi,65 “A”
Telefon: +99(871) 235-23-87 E-mail: depbudhisob@tfi.uz |