Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Falsafa
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Falsafa

Kafedra mudiri
Mamatov Normurod Mamatovich
Falsafa fanlari doktori, professor

1942 yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. 1967 yilda Leningrad Davlat Universitetining Falsafa fakul`tetini tamomlagan. 1991 yildan Toshkent Moliya institutining "Falsafa" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 1974 yilda "Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish texnikaviy intelligentsiyasi" mavzusida nomzodlik, 1991 yilda "Agrosanoat integratsiyasi sharoitida qishloq xo`jalik mutaxassisliklari ijtimoiy tarkibining o`zgarishi tendentsiyalari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Kafedra tarixi

Falsafa kafedrasi 1991 yilning 1 sentabr kuni tashkil etildi. Shu davrda kafedrada 1 fan doktori, 6 fan nomzodi va 2 katta o'qituvchi ishlar edi. Kafedra o'qituvchilari falsafa, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik, dinshunoslik, kasb etikasi, mantiq, nafosatshunoslik kabi fanlardan dars berishgan.

Kafedra tashkil etilgandan buyon hozirgi kunga qadar o'tgan vaqt davomida 6 kishi doktorlik va nomzodilik dissertatsiyalarini, jumladan, 2 kishi doktorlik va 4 kishi nomzodlik dissertatsilarini muvaffaqqityali himoya qildi.

Kafedra shiori

"Yoshlarimiz ongida milliy istiqlol mafkurasining falsafiy zaminini shakllantirish"

Kafedrada o'qitiladigan fanlar

Kafedra yo'nalishidan kelib chiqqan holda quyidagi fanlar o'qitiladi:

  1. Falsafa;
  2. Etika, Estetika va Mantiq;
  3. Dinshunoslik;
  4. Milliy istiqlol g'oyasi;
  5. Milliy istiqlol g'oyasi (magistratura);
  6. Fanning falsafiy masalalari.

Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi

Kafedrada bugungi kunda jami 20 ta professor-o'qituvchilar asosiy va o'rindoshlik asosida faoliyat ko'rsatib, ulardan fan doktorlari va professorlar 3 ta, fan nomzodlari va dotsentlar 9 ta, katta o'qituvchilar 8 tani tashkil qiladi.

Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar

Hozirgi vaqtda Falsafa kafedrasida o'qitiladigan bakalavriat va magistratura yo'nalishidagi fanlarning har biridan Davlat ta'lim standartlariga mos namunaviy va ishchi o'quv dasturlari ishlab chiqilgan hamda ular bo'yicha ma'ruza matnlari har o'quv yili boshiga yangilanib kelinmoqda. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablaridan kelib chiqqan holda kafedrada o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv qo'llanma va darsliklar tayyorlashga ham katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. 1991-2006 yillar davomida 20 dan ortiq o'quv qo'llanma va monografiyalar chop etildi. Jumladan, Respublikada birinchi marta "Milliy istiqlol mafkurasi", "Ma`naviyat asoslari" o`quv dasturlari, "Falsafa" (N.Mamatov, A.Hojiboev), "Milliy istiqlol g`oyasi" (S.Raximov, I.Masharipov), "Fanning falsafiy masalalari" (N.Mamatov, O`.Nosirov, G.Abdullaeva), "Dinshunoslik" (J.Abduxoliqov, S.Yuldasheva), "Mantiq" (N.Mamatov, J.Abduxoliqov, S.Yuldasheva);, rus tilida "Falsafa" (N.Mamatov, V.Igoshin, L.Mavlyanova), "Dinshunoslik" (N.Mamatov, V.Igoshin, G.Abdullaeva), "Fanning falsafiy masalalari" (N.Mamatov, O.Jumaev, E.Rasulev) kabilar shular jumlasidandir.

Kafedraning oliy o'quv yurtlari bilan aloqalari

Falsafa kafedrasida o'qitiladigan fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash, kafedra professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish, kafedrani ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish, O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni izchil amalga oshirishni ta'minlash maqsadida boshqa bir qator Oliy o'quv yurtlari bilan keng qamrovli, o'zaro manfaatli aloqalar yo'lga qo'yilgan. Xususan, O`zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti, Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Respublika "Ijtimoiy fikr markazi", Rossiya Federatsiyasi Moskva Davlat Universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya sotsiologik tadqiqotlar markazi, O'zbekiston Milliy Universitet va shu kabi nomdor Oliy o'quv yurtlari va ularning bo'limlari (fakultet, kafedra, ilmiy markaz) bilan o'quv-amaliy va ilmiy sohada o'zaro aloqalar amalga oshirilmoqda.

Kafedra istiqboli

"Falsafa" kafedrasi bugungi kunda institut miqyosida eng faol va salohiyatli kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra keyingi yillarda professor-o'qituvchilarning ilmiy va pedagogik malakalarini oshirishni, fan nomzodi va fan doktorlarini tayyorlashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan. Bundan tashqari kafedra professor-o'qituvchilarining rivojlangan mamlakatlarda tajriba oshirishlari uchun ularning xalqaro fondlarda ishtiroki bo'yicha maqsadli tadbirlar ishlab chiqilgan. Ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llash darajasini yanada oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Shuningdek, talabalarning ilmiy ishlari saviyasini yanada oshirish va ularni tayyorlashni amaliyot buyurtmalari asosida tashkil etish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ularning maqola va tezislarini nafaqat milliy matbuotda, balki xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, chet el Kafedra shiorijurnallarida chop etish ko'zda tutilmoqda.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.