Abulqosimov Islom Ganiyevich
KAFEDRA TARIXI
“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi 2008 yili "Iqtisodiy geografiya va ekologiya" kafedrasining nomini zamon talalaridan kelib chiqqan holda o’zgartirilishi orqali tashkil etildi. "Iqtisodiy geografiya" kafedrasi 1935 yilda tashkil etilgan bo’lib Toshkent Moliya institutining eng keksa kafedralaridan biri hisoblanadi. 1935 yildan kafedraga A.S. Kostyuk rahbarlik qilgan bo’lsa, 40 yildan ortiq vaqt mobaynida kafedra mudiri sifatida g.f.d., professor A.A. Azatyan faoliyat olib borgan. 1987 yildan boshlab kafedraga g.f.d., professor Q.N. Abirqulov, Xalq xo’jaligi institutidan Toshkent Moliya institutining 1991 yilda ajralib chiqqan davrdan boshlab esa, g.f.n., dotsent S.O. Islomov rahbarlik qildi. 2002 yildan boshlab kafedraga rahbarlikni g.f.n., dotsent Sh.A. Azimov amalga oshirdi. 2007 yil dekabr oyidan boshlab I.G’.Abdulqosimov kafedrani boshqarib kelmoqda. “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasining asosiy maqsadi talabalarda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy oqilona joylashtirish qonuniyatlari va omillari haqida tushunchalar hosil qilish, tahliliy mushohada qila olish qobiliyatlarini shakllantirish, tabiatdan to’g’ri foydalanish chora-tadbirlari, shuningdek, zamonaviy tabiiy fanlar tizimidagi asosiy nazariyalar hamda qonuniyatlar bilan tanishtirishdan iborat.
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVChILARI
KAFEDRA MUDIRI
Abulqosimov Islom Ganiyevich dotsent
1978-1983 yy. - Samarqand davlat universiteti, Geografiya fakulteti talabasi, 1985-1986 yy. - Samarqand viloyati Payariq tuman xalq ta'limi bo'limi metodist. 1986-1987 yy. - O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Geografiya bo'limi laboranti, 1987-1994 yy. - Toshkent Davlat universiteti, Geografiya fakulteti aspiranti, "Iqtisodiy geografiya" kafedrasi o'qituvchisi, 1994-1995 yy. - O'zbekiston Fanlar Akademiyasi rayosati ilmiy kadrlar boshqarmasining noziri, 1995-1996 yy. - Toshkent davlat yuridik instituti, aspirantura bo'limi boshlig'i, 1996-2007 yy. - Toshkent Moliya instituti "Iqtisodiy geografiya va ekologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
2007 yil 28 noyabrdan - "Mintaqaviy Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari
R O’ Y X A T I
Professor-o’qituvchining ismi va sharifi Lavozimi
| 1. |
Abdulqosimov I. |
Kafedra mudiri |
| 2. |
Tojiev M. |
Dotsent |
| 3. |
Ilhomov M. |
Dotsent |
| 4. |
Xalilova X. |
Dotsent |
| 5. |
Musaev X. |
Dotsent |
| 6. |
Allaberganov X. |
Katta o’qituvchi |
| 7. |
Rasulov J. |
Katta o’qituvchi |
| 8. |
Alixqjaeva B. |
Katta o’qituvchi |
| 9. |
Alieva M. |
Katta o’qituvchi |
| 10. |
Azimov Sh. |
Dotsent |
| 11. |
Asriev A.I. |
Dotsent |
| 12. |
Abdalova Z.T. |
Dotsent |
| 13. |
Yoldoshev Z. |
Professor |
| 14. |
Sodiqov A. |
i.f.d. dots. |
| 15. |
Holbekov A. |
O’qituvchi |
| 16. |
To’rayeva N. |
O’qituvchi |
KAFEDRADA TA’LIM JARAYONI
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv - uslubiy komplekslar to'liq qayta ishlab chiqilgan.
Shuningdek, kafedrada o'qitiladigan fanlar bo'yicha DTS talablariga asoslangan holda Namunaviy o'quv dasturlari, ishchi-o'quv dasturlar va test variantlari tayyorlandi hamda institutning o'quv-uslubiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etildi. Kafedrada darslar sifatini yaxshilashga, ularni zamon talablariga mos holda olib borishni ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda.
Kafedraning vazifalari va istiqbol rejalar:
- yuqori malakali iqtisodchi, moliya, kredit, soliq, boshqaruv, buxgalteriya hisobi va audit sohalari mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlovchi o’quv, uslubiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va amalgam oshirish;
- kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha yangi o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy kompleslar yaratish va joriy qilish;
- bakalavrlar tayyorlash talablariga asosan zomon talabiga mos keluvchi darsliklar va o’quv qo’llanmalar yaratish;
- Zamon talabidan va xalqaro tajribadan kelib chiqib yangi o’quv fanlarini o’quv jarayoniga kiritish;
- Xorijiy oily o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilish va ularning ilg’or tajribalarini kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv jarayonida qo’llanilishini ta’minlash.
BAKALAVRIAT
Kafedrada faqat bakalavriat yo’nalishi bo’yicha quyidagi fanlar o’qitiladi:
- "Iqtisodiy geografiya va ekologiya"
- "Hayot faoliyati xavfsizligi"
- “Milliy va xalqaro iqtisodiyot”
- “Zamonaviy tabiiyot bilimlari konsepsiyalari”
KAFEDRA NASHRLARI
| Antropologgennie landshafti Srednoy Azii i voprosi ekologii (O’quv qo’llanma) |
Abdulqosimov I. |
2004 |
| Amaliy geografiya (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik) |
Azimov Sh.A. |
2004 |
| Amaliy geografiya (o’rta umumta’lim maktablarining 10-sinf o’quvchilari uchun darslik) |
Azimov Sh.A. |
2004 |
| Chrezvichaynie situatsii i grajdanskaya zashchita |
M.X.Ilxomov M.X.Tojiev |
2006 |
| Kartalarni jihozlash (Uslubiy qo’llanma) |
2007 |
| Ekologicheskie atlas Uzbekistana |
B.Alixo’jaeva Rasulov X.M. |
2007 |
KAFEDRA MANZILI HAMDA BOG’LANISh RAQAMLARI
A.Temur ko‘chasi, 60-A uy
Email:depigeo@tfi.uz
Tel.: (+99871) 235-13-21 |