Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Moliya
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Moliya

Kafedra mudiri

HAYDAROV NIZOMIDDIN XAMRAYEVICH

iqtisod fanlari doktori, professor

Uning muallifligida 120 bosma toboqdan ortiq ilmiy, o'quv va uslubiy ishlar nashr qilingan. Prof. N. X. Haydarov 3 ta o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmaning muallifidir. Jumladan: "Moliya" (2001 y.), "Davlat moliyasini boshqarish" (2005 y.) va "Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari" (2007 y.). Shuningdek, 4 ta o'quv qo'llanmasining yaratilishida xammulliflik qilgan. Uning raxbarligi ostida 2 ta fan nomzodi muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mazkur lavozimda u 2006 yil sentyabr oyidan buyon faoliyat yuritmoqda.

Kafedra tarixi

Toshkent Moliya Institutining "Moliya" kafedrasi institutning dastlabki kafedralaridan biri bo'lib, u 1933 yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda ayrim fanlardan dars berish uchun Respublika Moliya vazirligi va davlat reja komissiyasining xodimlari safarbar qilingan edi. Birinchilardan bo'lib institutni 1936 yili 20 kishi tamomlab, moliya bo'yicha iqtisodchi ixtisosligiga ega bo'lishgan. Urushdan oldingi yillarda kafedra Sankt-Peterburgdan dissertatsiya himoya qilib kelgan fan nomzodlari hisobiga kengayib, 1930-40 yilllarda o'zining dastlabki ilmiy asarlar to'plamini nashr qildi.

II jahon urushi yillarida kafedra boshqa shaharlardan ko'chib kelgan o'qituvchi va talabalar ishtirokida o'z ishini davom ettirdi, o'quv rejalarida ma'lum o'zgarishlar sodir bo'ldi. 1941 yilda kafedra mudiri qilib professor A.Shmidt tayinlandi va 1943 yilda uning rahbarligida aspirantura tashkil qilindi. Aspirantlar orasida birinchi bo'lib, 1949 yilda H.Sobirov nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyingi yillarda kafedrada X.Murodov, A.Krasnikov, O.Modina, K.Popadyuk va boshqalar birin-ketin iqtisod fanlari nomzodlari ilmiy unvoniga sazovor bo'ldilar.

Prof. A.Shmidt vafotidan so'ng dastlab kafedraga prof. I.Tog'aev, keyin M. Qoriev mudirlik qildilar. 1959 yildan 1989 yillarda kafedraga prof. X.Sobirov boshchilik qildi. 1980-90 yillarda kafedra erishgan muvaffaqiyatlarni ko'zda tutib, prof. X.Sobirov "Xalqlar Do'stligi" nishoni bilan taqdirlandi. 1989-2007 yilarda kafedraga i.f.n., prof. Q.Yaxyaev, dots. S. Nuriddinov, i.f.n., prof.Z. Srojiddinova, dots. N. Jumaev, i.f.n. ins. fax. prof. H. Jamolov, prof. N. Haydarov mudirlik qildi. Mazkur yillarda kafedra tomonidan moliya, soliq va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda 50 dan ortiq professor-o'qituvchi faoliyat yuritdi.

Bugungi kunda kafedra mavqei yanada kengayib, xorijiy mamlakatlardagi turdosh moliya institutlari bilan uzviy aloqalar olib bormoqda. Shuningdek, kafedra professorlari A.Vahobov, T.Malikov va O.Olimjonovlar moliya, byudjet yo'nalishiga oid tadqiqotlarni olib borishda aspirant, tadqiqotchi va doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedraga prof.N.Haydarov mudirlik qilmoqda. Kafedrada jami 36,75 ta shtat birligi bo'lib, shunga mos ravishda professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan 5 ta fan doktori, professor (shu jumladan, 2 ta asosiy shtatda); 5 ta fan nomzodi, dotsent (shu jumladan, 3 ta asosiy shtatda); 10 ta katta o'qituvchi va 20 ta assistent faoliyat ko'rsatmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi

O'zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos etuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

"Moliya" kafedrasi Toshkent Moliya Instituti tarkibidagi bakalavr yo'nalishlari uchun "Moliya", "Moliyaviy resurslarni boshqarish", "Xalqaro moliya munosabatlari", "Moliyaviy nazorat", "Mutaxassislikka kirish" hamda magistratura mutaxassisliklarida "Maxsus fanlarni o'qitish metodologiyasi", "Davlatning ichki va tashqi qarlarini boshqarish", "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" fanlaridan o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi, talabalar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshirish borasida faoliyat olib boruvchi asosiy tarmoq bo'lib hisoblanadi.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalarida belgilangan ma'ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg'ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o'tkazish;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, tanishuv, malakaviy va bitiruvoldi amaliyotlariga hamda mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • talabalari bilimini reyting tizimi asosida baholash;
  • talabalarnning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;
  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
  • kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish, va belgilangan tartibda tasddiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • darslik, o'quv, uslubiy va ko'rgazmali qo'llanmalarni tayyorlash, shuningdek, institut rektorining topshirig'iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o'quv qo'llanma va o'quv uslubiy adabiyotlarga xulosalar berish;
  • nodavlat ta'lim muassasalari buyurtmalari bo'yicha zaruriy o'quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
  • auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
  • tasdiqlangan rejalarga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • ta'lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
  • talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbaarlik qilish;
  • kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o'quv, o'quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni ko'rib chiqish;
  • tajribali o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • tadqiqotchi, aspirant va doktorantlar ilmiy ishlar bajrish uchun qulay imkoniyat yaratish va ilmiy rahbarlik qilish;
  • Respublika va xalqaro anjumanlarda ishtirok etish va zarurat tug'ilganda tashkil etish.

O'quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiq kafedra professor-o'qituvchilari quyidagi fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib bormoqdalar:

Bakalavriat:

  1. "Moliya" - "Moliya", "Soliqlar va soliqqa tortish". "Sug'urta ishi", "Menejment", "Statistika", "Buxgalteriya hisobi va audit", "Kasbiy ta'lim", "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish" yo'nalishlarida;
  2. "Mutaxassislikka kirish" - "Moliya" yo'nalishida;
  3. "Moliyaviy resurslarni boshqarish muammolari" - "Moliya" yo'nalishida;
  4. "Xalqaro moliya munosabatlari" - "Moliya", "Bank ishi" va "Soliqlar va soliqqa tortish" yo'nalishlariida;
  5. "Moliyaviy nazorat" - "Moliya", "Bank ishi" va "Soliqlar va soliqqa tortish" yo'nalishlariida.

Magistratura:

  1. "Davlat moliyasini boshqarish" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Soliqlar va soliqqa tortish", "Korxonalar moliyasi", "Moliyaviy menejment" mutaxassisliklarida;
  2. "Maxsus fanlarni o'qitish metodologiyasi" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
  3. "Davlat qarzlarini boshqarish" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
  4. "Xalqaro moliya" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
  5. "Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Moliyaviy menejment" mutaxassisliklarida;
  6. "Mahalliy moliya" - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
  7. "Xalqaro moliya" (Texas loyihasi bo'yicha) - "Xalqaro moliya", "Xalqaro moliyaviy bozorlardagi operatsiyalar", "Xalqaro bank ishi", "Xalqaro valyuta kredit munosabatlari" mutaxassisliklarida.

Barcha fanlar bo'yicha namunaviy dasturlar, ishchi-o'quv rejalari, o'quv-uslubiy komplekslar tayyorlangan, dars mashg'ulotlari ulardan keng foydalanilgan holda o'tkazilmoqda. Shuningdek, har o'quv yilida ularning yangilanib borilishi ta'minlangan. Joriy yilda kafedraning o'quv-uslubiy istiqbol rejasida 2 ta uslubiy qo'llanma va 1 ta darslik yaratish ko'zda tutilgan. Talabalar amaliyoti: bakalavriatning "Moliya" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar 2-kurs va 3-kurs yakunlari bo'yicha malakaviy, 4-kurs davomida esa bitiruvoldi amaliyotini o'taydilar. Amaliyot O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida, uning hududiy Boshqarma va bo'limlarida o'tkazilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo'nalishi asosan "Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat moliya tizimini takomillashtirish" bo'lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o'qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a'zosi o'ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig'ilishida muhokama etiladi. Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 90 % atrofini tashkil etadi.

2008 yilda kafedra professor-o'qituvchilardan N.Jumaev doktorlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda muvaffaqiyat bilan himoya qildi, uning dissertatsiyasi OAK tomonidan tasdiqlandi. Ushbu yilda kafedra a'zolaridan O.Kamolov hamda K.Karimovalar nomzodlik dissertatsiyasini Ilmiy Kengashga topshirdi va himoya qilish arafasida. 2009 yil 20 fevralda kafedra tassarufida "HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MOLIYANING ROLI" mavzusida professor-o'qituvchilar, talaba va magistrantlarning ilmiy-nazariy konferensiyasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Aspirantura va doktorantura

Hozirgi kunda kafedrada ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 4 ta kunduzgi aspirant tahsil olmoqda. Bundan tashqari kafedrada 15 ta ilmiy tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar, shuningdek, belgilangan tartibda nomzodlik imtihonlarini topshirmoqdalar.

Kafedraning xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalari

Hozirgi kunda kafedra respublikamizdagi va dunyodagi moliya, iqtisod sohasida mutaxassislar tayyorlovchi etakchi oliy o'quv yurtlari bilan keng aloqa o'rnatgan, hususan, O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasi, Andijon Muhandislik-Iqtisodiyot instituti, AQSH Texas A&M universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universiteti. Shu bilan birgalikda kafedra respublikamizdagi kadr iste'molchi tashkilotlar bilan ham o'zaro aloqa o'rnatgan, bulardan O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi uning hududiy Boshqarma va bo'limlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Davlat Soliq Qo'mitasi va boshqalar.

Kafedra ish tartibi quyidagicha:

Yakshanbadan tashqari har kuni soat 800dan 1700gacha.

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Niyozbek yo'li ko'chasi 6, Moliya-iqtisod fakulteti binosi,2-qavat,202-xona.

E-mail: finance@tfi.uz

Tel.: (8371)234-04-79

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.