Kafedra tarixi
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"ni amalga oshirishning 2006 yil va undan keyingi yillarga mo'ljallangan sifat jihatidan yangi bosqichi uzluksiz ta'lim tizimining boshqa bosqichlari bilan birga, oliy ta'lim tizimida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlariga yangi talablarni qo'ymoqda. Davlat moliyasini boshqarish tizimining isloh qilinishi, davlat mablag'larini boshqarishning printsipial jihatdan yangi shakli bo'lgan g'aznachilik tizimining joriy qilinishi mazkur sohada samarali faoliyat yurita oladigan, zarur bilim va ko'nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqardi. Ushbu zaruratni ta'minlash maqsadida yetarli tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo'lgan "Moliya" kafedrasi negizida institut rektorining 2007 yil 19 oktabrdagi "Institutda yangi kafedralarni tashkil qilish to'g'risida"gi 153-sonli buyrug'i bilan "G'aznachilik ishi" kafedrasiga asos solindi.
Hozirgi kunda kafedrada 20 ta professor-o'qituvchi, jumladan, 1 ta fan doktori, professor, 2 ta faxriy professor, 4 ta fan nomzodi, dotsentlar, 2 ta faxriy dotsentlar, 6 ta katta o'qituvchilar va 5 ta assistent asosiy shtat bo'yicha va o'rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tashkil etilganidan buyon kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Karimova Zamira Hakimovna boshqarib kelmoqda.
Kafedra shiori: Kafedra shiori - intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish.
Kafedraning asosiy maqsadi
Kafedraning asosiy maqsadi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"ning ustuvor vazifalarini ta'minlash doirasida davlat moliyasi tizimi uchun zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari:
Kafedra maqsadidan kelib chiquvchi vazifalari quyidagilardan iborat:
- Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalarida belgilangan ma'ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg'ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o'tkazish;
- Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, bitiruvoldi malakaviy amaliyotlariga va mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalari bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;
- Talabalarnning nazariy bilim va ko'nikmalarini amaliyot bilan bog'lash uchun shart-sharoit yaratish;
- Kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish, va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlarini muhokama qilish;
- Darslik, o'quv, uslubiy va ko'rgazmali qo'llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o'quv qo'llanma va o'quv uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
- Nodavlat ta'lim muassasalari buyurtmalari bo'yicha zaruriy o'quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil ta'lim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
- Kafedra professor-o'qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
- Tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularni ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashga tavsiya etish;
- Ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta'minlash;
- Kafedra professor-o'qituvchilarining o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy ishlar bo'yicha shaxsiy rejalarini ko'rib chiqish va tasdiqlash;
- Tajribali professor-o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish;
- Institut, mamlakat va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy ishlar bilan ishtirok etish, shu bilan birga, zamonaviy va dolzarb ilmiy yo'nalishlardagi tadbirlarni tashkil etish.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar tarkibi
Kafedra tomonidan ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida quyidagi fanlar o'qitiladi:
Bakalavriat yo'nalishlarida:
- Davlat byudjeti;
- Mahalliy byudjetlar;
- Byudjetdan tashqari fondlar;
- G'aznachilik asoslari;
- G'aznachilik tizimida nazorat.
Magistratura mutaxassisliklarida:
- O'zbekiston Respublikasi byudjet tizimi;
- Davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi;
- Byudjetlararo munosabatlarni shakllantirish;
- Xorijiy mamlakatalar byudjet tizimi;
- G'aznachilik faoliyati mexanizmi;
- Davlat byudjeti o'rta muddatli istiqbolini belgilash.
O'quv-uslubiy ishlar Tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiq kafedra professor-o'qituvchilari quyidagi fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib bormoqdalar:
Bakalavriat:
- Davlat byudjeti - "Moliya", "Soliqlar va soliqqa tortish". "Sug'urta ishi", "Buxgalteriya hisobi va audit", "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish" yo'nalishlarida;
- Byudjetdan tshqari fondlar - "Moliya" yo'nalishida;
- Mahalliy byudjetlar - "Moliya" yo'nalishida;
- Magistratura:
- O'zbekiston Respublikasi byudjet tizimi - "Davlat moliyasini boshqarish", "Soliqlar va soliqqa tortish", "Korxonalar moliyasi", "Moliyaviy menejment" mutaxassisliklarida;
- Davlat byudjeti g'aznachilik tizimi - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
- Byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish - "Davlat moliyasini boshqarish", "Xalqaro moliya" mutaxassisliklarida;
- Kapital bozori va pul (Texas loyihasi bo'yicha) - "Xalqaro moliya", "Xalqaro moliyaviy bozorlardagi operatsiyalar", "Xalqaro bank ishi", "Xalqaro valyuta kredit munosabatlari" mutaxassisliklarida;
Barcha fanlar bo'yicha namunaviy dasturlar, ishchi-o'quv rejalari, o'quv-uslubiy komplekslar tayyorlangan, dars mashg'ulotlari ulardan keng foydalanilgan holda o'tkaziladi. Shuningdek, har o'quv yilida ular yangilanib, to'ldirilib boriladi.
Talabalar amaliyoti: Kafedraning o'quv yuklamasiga muvofiq "Moliya" ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabalari bitiruvoldi malakaviy amaliyotini o'taydilar. Amaliyot O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida, uning hududiy Boshqarma va bo'limlari, shuningdek, Moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy g'aznachilik organlarida o'tkaziladi.
"G'aznachilik ishi" kafedrasi professor-o'qituvchilari haqida ma'lumot
| Asosiy shtat |
| № |
Professor-o'qituvchilarning nasl-nomasi, ismi |
ilmiy darajasi, unvoni |
Vazifalar taqsimoti |
| 1. |
Karimova Zamira Hakimovna |
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent |
Kafedra mudiri |
| 2. |
Djamolov Hasan No'monovich |
iqtisod fanlari nomzodi, professor |
Tadqiqotchi, aspirant va doktorantlar bilan ishlash bo'yicha ma'sul |
| 3. |
Srojiddinova Zarina Xayriddinovna |
iqtisod fanlari nomzodi, faxriy professor |
Ilmiy ishlar bo'yicha ma'sul |
| 4. |
Qosimova Gulyora Axmatovna |
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent |
Magistratura yo'nalishi bo'yicha ma'sul |
| 5. |
Hamdamov Shavkat Komilovich |
katta o'qituvchi |
"Soliq va sug'urta ishi" fakultetida dars jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha ma'sul |
| 6. |
Maxamatxonova Zarifa Mansurxonovna |
Faxriy dotsent |
Dars sifatini tekshirish va yosh professor-o'qituvchilar bilan ishlash |
| 7. |
Xonboboeva Go'zal Abdusattarovna |
Faxriy dotsent |
Ilmiy kengash qarorlarining ijrosi bo'yicha ma'sul |
| 8. |
Nurmuxamedova Barno Ismoilovna |
katta o'qituvchi |
"Moliya" fakul'tetida dars jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha ma'sul |
| 9. |
Haydarov Asqar Haydarovich |
katta o'qituvchi |
"Hisob-iqtisod" fakultetida dars jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha ma'sul |
| 10. |
Kabirova Nadira Viktorovna |
katta o'qituvchi |
Kafedra xuzuridagi ilmiy to'garaklar bo'yicha ma'sul |
| 11. |
Sodiqov Musurmon Ochilovich |
katta o'qituvchi |
Tashkiliy ishlar bo`yicha mas`ul |
| 12. |
Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich |
assistent |
Yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va ta'minlash bo'yicha ma'sul |
| 13. |
Toshmuxamedova Dildora Asqarbekovna |
assistent |
Professor- o'qituvchilarning shaxsiy xujjatlarini rasmiylashtirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha ma'sul |
| 14. |
Aliev Sunnat Kamilovich |
assistent |
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha ma'sul |
O'rindoshlik asosida
| № |
Professor-o'qituvchilarning nasl-nomasi, ismi |
ilmiy darajasi, unvoni |
Asosiy ish joyi,lavozimi |
| 1. |
Olimjonov Odil Olimovich |
iqtisod fanlari doktori, professor |
Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i |
| 2. |
Modina Olga Fyedorovna |
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent |
|
| 3. |
Atajanova Nodira Shodievna |
assistent |
Moliya vazirligi g'aznachiligi etakchi mutaxassisi |
| 4. |
Zebiniso Abdukarimovna Abdullaeva |
assistent |
Moliya vazirligi g'aznachiligi amaliyot bo'limi etakchi mutaxassisi |
"G'aznachilik ishi" kafedrasining lavozimlar bo'yicha tarkibi
| Lavozimlar: |
Birlik |
| Asosiy shtatdagi professor-o'qituvchilar: |
| Kafedra mudiri, dotsent |
1 |
| Professor |
2 |
| Dotsent |
4 |
| Katta o'qituvchi |
6 |
| Assistent |
3 |
| Jami: |
16 |
| O'rindoshlar: |
| Professor |
1 |
| Dotsent |
2 |
| Katta o'qituvchi |
- |
| Assistent |
2 |
| Jami: |
5 |
O'quv-uslubiy ishlar
Kafedra tomonidan bakalavriatning 5341700 - "G'aznachilik" ta'lim yo'nalishi va uning negizida magistraturaning 5A341701 - "Byudjetning g'azna ijrosi", 5A341702 - "G'aznachilikda shartnomalar ekspertizasi", 5A341703 - "Kasb-hunar fanlarini o'qitish metodikasi" (G'aznachilik) mutaxassisliklari uchun Davlat Ta'lim Standartlari ishlab chiqilgan.
Ushbu ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari yuzasidan o'quv reja va ishchi-o'quv rejalar ishlab chiqilgan.
Kafedra etakchi professor-o'qituvchilaridan iborat ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Ishchi guruh zimmasiga bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o'qitiladigan fanlar yuzasidan o'quv (namunaviy) va ishchi-o'quv dasturlarini ishlab chiqish yuklatilgan. 2008-09 o'quv yili uchun bakalavriat yo'nalishida "Davlat byudjeti", "Mahalliy byudjetlar", "Byudjetdan tashqari fondlar", "G'aznachilik asoslari", "G'aznachilik tizimida nazorat" fanlaridan, magistratura mutaxassiliklarida o'qitiladigan "O'zbekiston Respublika byudjet tizimi", "Davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi", "Byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish", "Xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi", "G'aznachilik faoliyati mexanizmi", "Davlat byudjeti o'rta muddatli istiqbolini belgilash" kabi fanlardan o'quv va ishchi-o'quv dasturlar, o'quv-uslubiy komplekslar yaratildi.
Kafedra tomonidan 2008-09 o'quv yiliga mo'ljallangan o'quv adabiyotvlarining nashr istiqbol rejasi ishlab chiqilgan.
Aspirantura va doktorantura
Kafedrada hozirgi kunda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bir nechta kunduzgi aspirant tahsil olmoqda. Bundan tashqari kafedra ilmiy tadqiqotchilaridan B. Nurmuxamedova, Sh.Hamdamov, A.Xaydarov, N.Kabirova, S.Aliev va A.Islamkulovlar kafedradadagi pedagogik faoliyatlari bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar, shuningdek, belgilangan tartibda nomzodlik imtihonlarini topshirmoqdalar.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra professor-o'qituvchilaridan 2 nafari doktorlik, 11 nafari nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqdalar:
| № |
Ilmiy tadqiqotchi nasl-nomasi |
Ilmiy tadqiqot mavzusi |
Himoya qilishi rejalash-tirilayotgan muddati |
Ilmiy rahbar va tadqiqot ishining joriy holati |
| Doktorlik ishlari |
| 1 |
Djamolov Hasan Nu'monjonovich |
Kichik biznes korxonalarida moliyaviy menejment |
2009 |
prof.O.Olimjonov, Hujjatlar Birlashgan ixtisoslashtirilgan kengashga topshirilgan |
| 2. |
Qosimova Gulyar Axmatovna |
Ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta'minotini takomillashtirish masalalari |
2011 |
prof. R.Shodiev, doktorlik ishining so'nggi rasmiylashtirish ishlari bormoqda |
| Nomzodlik ishlari |
| 1. |
Nurmuxamedova Barno Ismailovna |
O'zbekiston Respublimkasida sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarni moliyaviy ta'minlash masalalari |
2009 |
prof.N.Haydarov, tadqiqot ishi yakunlanish darajasida |
| 2. |
Haydarov Asqarbek |
Hududlar taraqqiyotida moliyaviy-investitsion salohiyatni oshirish yo'llari |
2010 |
prof. H.Djamolov, tadqiqot tahlil bobi ustida ish olib borilmoqda |
| 3. |
Kabirova Nadira Viktorovna |
Byudjetni tartibga solish usullarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida) |
2011 |
prof. H.Djamolov, tadqiqot tahlil bobi ustida ish olib borilmoqda |
| 4. |
Hamdamov Shavkat Komilovich |
Sog'liqni saqlash muassasalarida moliyaviy xarajatlarni samarali tashkil etish yo'llari |
2011 |
prof. N.Haydarov, tadqiqot ishi yakunlanish darajasida |
| 5. |
Toshmuxamedova Dildora Asqarbekovna |
Hududlar moliyaviy resurslari samaradorligini oshirish yo'llari |
2009 |
prof. H.Djamolov, Ilmiy ish ilmiy seminarlarda muhokamadan o'tmoqda. |
| 6. |
Sodiqov Musurmon Suyunovich |
Kommunal xo'jaliklari moliyasini boshqarish yo'llari |
2010 |
prof.H.Djamalov, tadqiqot mavzusiga materiallar yig'ish ishlari bormoqda |
| 7. |
Aliev Sunnat Kamilovich |
Kichik biznes korxonalarida moliviy munosabatlarni takomillashtirish |
2011 |
prof.O.Olimjonov, tadqiqot mavzusi yuzasidan analitie materiaalar yig'ish ishlari olib borilmoqda. |
| 8. |
Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich |
Byudjet daromadlarida bevosita soliqlar barqarorligini ta'minlash masalalari |
2009 |
prof.N.Haydarov, Ilmiy ish ilmiy seminarlarda muhokamadan o'tmoqda. |
| 9. |
Xaitov Shavkat Sharifovich |
Maktab ta'limini isloh qilish moliyaviy ta'minotini mustahkamlash yo'nalishlari |
2009 |
prof. H. Djamolov, prof.A.Vahobov, Ilmiy ish ilmiy seminarlarda muhokamadan o'tmoqda. |
| 10. |
Muslitdinov Nodir |
Mahalliy byudjetlar xarajatlari samaradorligini oshirish |
2009 |
prof.A.Vahobov, Ilmiy ish ilmiy seminarlarda muhokamadan o'tmoqda. |
| 11. |
Baymuratov Farxod |
Iqtisodiyot modernizatsiyasi sharoitida korxonalar moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish |
2009 |
prof.H.Djamolov, prof.O.Olimjonov, Ilmiy ish ilmiy seminarlarda muhokamadan o'tmoqda. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo'nalishi asosan "Iqtisodiyotni erkinlasVhtirish sharoitida davlat byudjeti ijrosining samarali ijrosini ta'minalsh" bo'lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o'qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan.
Joriy o'quv yilida kafedra a'zolaridan 2 nafari (Z.Srojiddinova, G,Qosimova) doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. 1 nafari (H.Jamolov) doktorlik dissertatsiyasini Ilmiy Kengashga topshirdi va himoya arafasida, 6 nafari nomzodlik dissertatsiyasi mavzusini tasdiqlatdilar, 2 nafari nomzodlik dissertatsiyasini muhokama etib, Ilmiy Kengashga tavsiya oldilar. Hozirgi kunda har bir kafedra a'zosi o'ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig'ilishida muhokama etiladi. Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 86 % ni tashkil etadi.
Kafedraning ma'naviy-ma'rifiy faoliyati "G'aznachilik ishi" kafedrasining 2008-09 o'quv yiliga mo'ljallangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi
| T/r |
O'tkaziladigan tadbirlar nomi |
Muddati |
Mas'ullari |
| 1. |
Akademguruhda murabbiylik qiluvchi professor-o'qituvchilarning 2008-2009 o'quv yilida guruhlarda amalga oshiradigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni ko'rib chiqish hamda ish rejalarini tasdiqlash |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, ustoz-murabbiylar va talabalar |
| 2. |
"Yoshlar yili" Davlat dasturidan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlab borish va bu borada talabalar o'rtasida keng targ'ibot ishlarini olib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, A.Haydarov va ustoz-murabbiylar |
| 3. |
Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat hissini, milliy g'ururni shakllantirish, mustaqillik g'oyalarini singdirib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 4. |
Prezident I.Karimov asarlari, farmon, farmoyish va qarorlarini, nutq va ma'ruzalarida belgilangan vazifalarni yuzasidan talaba-yoshlar o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 5. |
Talaba-yoshlar o'rtasida vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirish, Vatanimiz mustaqilligini, tinchligi va osoyishtaligini saqlashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 6. |
1-oktyabr O'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan institut va fakultet miqyosida o'tkaziladigan tantanalarni tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish |
Oktyabr oyida |
Z.X.Karimova Murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 7. |
1-talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimov, Professor-o'qituvchilar |
| 8. |
Fakultet akademguruhlarida ustoz-murabbiylarning talabalar bilan ish faoliyatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, N.V.Kabirova |
| 9. |
1-talabalar turar joyida, shaxsiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib borish, ularning xulq-atvorlari yuzasidan dekanatga va ota-onalarga, mahallasiga ma'lumot berib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, Murabbiy pressor-o'qituvchilar |
| 10. |
Viloyatlardan kelib o'qiyotgan talabalarning belgilangan mezon-talablarga muvofiq pasport tizimiga amal qilishlarini ta'minlash va uning nazoratini olib borish |
Dekabr oyining boshida |
Z.X.Karimova, Murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 11. |
Talabalarning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, ularda sog'lom turmush tarzini takomillashtirib borish maqsadida har-xil sport musobaqalarini tashkil etishning, shuningdek Respublika va institut miqyosida o'tkaziladigan sport musobaqalarida talabalarning ishtirokini tashkil etish |
O'quv yili davomida |
murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 12. |
Fakultet talabalari o'rtasida kam ta'minlangan, oilali, boquvchisini yo'qotgan, nogiron talabalarni aniqlab, ularning moddiy va ma'naviy rag'batlantirilishi tashkil etilishida ishtirok etish |
O'quv yili davomida |
Murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 13. |
8-dekabr "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" kuniga bag'ishlab akademguruhlarda davra suhbatlari uyushtirish |
Dekabr oyida |
Z.X.Karimova, professor-o'qituvchilar |
| 14. |
Diniy ekstremizm va halqaro terrorizmning jamiyat taraqqiyotiga, insoniyat hayotiga salbiy oqibatlarini, ularning illatlarini tushuntirib borish. Bu borada mazkur yo'nalishga oid tadbirlar tashkil etish va o'tkazish |
O'quv yili davomida |
Murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 21. |
Talabalarda milliy an'analarga, qadriyatlarga xurmatni qaror toptirish maqsadida Respublikamiz tarixiy yodgorliklariga, ko'xna shaxar va ziyoratgohlariga sayohatlar uyushtirish |
Aprel oyida |
Murabbiy professor-o'qituvchilar |
| 22. |
Respublikamiz taniqli olimlari, atoqli adiblari, san'at arboblari, sport ustalari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish va ular ishtirokida kunning dolzarb mavzulari bo'yicha davra suhbatlari tashkil etish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova, professor-o'qituvchilar |
| 23. |
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuniga bag'ishlab institut va fakultet miqyosida uyushtiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etish |
Mart oyida |
Karimlva Z.X., prfessor-o'qituvchilar |
| 24. |
21-mart "Navro'z" umumxalq bayramiga bag'ishlab institut va fakultet miqyosidagi tadbirlarda ishtirok etish |
Mart oyida |
Z.X.Karimova, Professor-o'qituvchilar |
| 25. |
Akademguruh ustoz murabbiylarining auditoriyadan tashqarida olib borayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish |
O'quv yili davomida |
Z.X.Karimova |
Bo'glanish uchun ma`lumot
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Niyozbek yo'li ko'chasi,6
Telefon: 2350367
E-mail: treasury@tfi.uz |