1. Kafedraning faoliyat yo'nalishlari
- Kafedrada "Iqtisodiyot nazariyasi", "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi", "Pedagogik.Psixologiya" fanlari barcha bakalavr yo'nalishida o'qitilmoqda. Ushbu fanlar bilan bir qatorda "Kasb ta'limi" bakalavriat yo'nalishi uchun "Mutaxassislikka kirish", "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi", "Ijtimoiy soha iqtisodiyoti", "Pedagogika", "Iqtisodiy pedagogika", "Psixologiya", "Yoshga doir fiziologiya", "Kasb-ta'lim pedagogikasi", "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" kabi fanlar ham o'qitilmoqda. Institut magistraturasida "O'tish davri iqtisodiyoti", "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" fanlari o'qitilmoqda.
2. Kafedra professor-o'qituvchilari to'g'risida
- Hozirgi kunda jamoada 3 ta fan doktori, 4 ta professor, 21 ta fan nomzodi, dotsent, 17 ta katta o'qituvchi, 6 ta assistent faoliyat ko'rsatmoqda.
3. Kafedra olib borilgan ilmiy ishlar*
- Kafedrada bir qator nodavlat tashkilotlari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari va kollejlar bilan o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan, 2007 yilda Oliy Va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligining quyidagi grantlar yutildi.
1. OT-F7-129. Raqobat muhitini ta'minlash va jadallashgan amortizatsiya sharoitida mehnatga haq to'lashning nazariy muammolari.
2. OT-F7-127. Iqtisodiy oqimlar doiraviy aylanish jarayonining ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdagi roli: nazariy qarashlar va zamonaviy talqinlar.
Hozirgi kunda kafedrada 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish ishlari olib borilmoqda.
4. Kafedra olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy ishlar*
- Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha to'garaklar barcha fakultetlarda mavjud. Kafedra o'qituvchilaridan 16 kishi murabbiy. Ish rejalari kafedrada tasdiqlangan. Ularning ijrosi kafedra tomonidan nazorat qilinib, majlislarda hisobotlari muhokama qilinmoqda.
5. Kafedra tashabbusi bilan 28-29 sentyabr 2007 yil "Dalneyshee uglublenie reform v bankovsko-finansovoy sisteme Uzbekistana" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

2007 yil dekabr oyida kafedra mudiri dotsent T.T. Jo'raev doktorlik ilmiy darajasini olish uchun doktorlik ishini himoya qildi.
 
 
|