Kafedra tarixi
Toshkent Moliya institutining "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi 1991 yilda tashkil topgan. Ushbu kafedraga 1991-1994 yillar oralig'ida J.Dadaxonov, 1995-2004 yillar oralig'ida S.Abdurashidov rahbarlik qilgan. 2004 yilning oktyabridan to hozirgi kunga qadar G.V.Alistratov "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasini boshqarib kelmoqda.Kafedra tashkil etilgandan to shu kunga qadar ikki nafar sport ustalari xamda ko'plab sport ustaligiga nomzodlar etishtirildi.Kafedra faoliyati davomida sport bo'yicha institut terma jamoasi tuman, shaxar va Respublika miqyosidagi ko'plab sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. 2000 yilda Namangan viloyatida o'tkazilgan birinchi Universiada o'yinlarida institutning qizlar terma jamoasi Respublika miqyosida beshinchi o'rinni zabt etishdi.2004 yil Samarqand viloyatida bo'lib o'tgan Universiada o'yinlarida esa institut terma jamoasining to'rt nafar a'zosi Toshkent shaxar terma jamoasi tarkibida ishtirok etishdi.
Hozirgi kunda "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasida 12 nafar sport soxasida oliy ma'lumotga ega o'qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Shulardan S.Faxruddinov t.f.d. professor, T.Xoldorov p.f.n. dotsent, Sh.Tojiev p.f.n. dotsent hamda kafedra mudiri G.V. Alistratov sport ustasi va sportning gandbol (qo'l to'pi) turi bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, A.Kolomenskiy sport ustasi xisoblanishadi.
"Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasining shiori - "Sog'lom hayot sari!".
Kafedrada o'quv jarayonini olib borish uchun o'quv ishlari bo'yicha rektor muovini tomonidan tasdiqlanadigan o'quv-taqvim rejalari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari 2008 yilda kafedra mudiri G.Alistratov boshchiligida quyidagi bir qator o'quv-metodik tavsiyanomalar yaratildi:
- Alistratov G.V., Abdurashidov S.K., Kolomenskiy A.N.- "Sog'lom turmush tarzida jismoniy madaniyat va sport";
- Alistratov G.V., Islomov I.Z., Xayitov B.A.-"Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari";
- Alistratov G.V., Islomov I.Z., Xayitov B.A.-"Jismoniy tayyorgarlikning asoslari";
- Alistratov G.V., Abdurashidov S.K., Kolomenskiy A.N.-"Jismoniy tarbiya va sport";
- Alistratov G.V., Islomov I.Z., Xayitov B.A.-"Faoliyatlarni ilmiy tashkil qilishda jismoniy madaniyat va sport";
- Alistratov G.V., Abdurashidov S.K., Kolomenskiy A.N.-"O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning taraqqiyoti";
- Alistratov G.V.-"Akademik litsey, kasb-xunar kollejlari jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati (sport o'yinlari misolida)".
"Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi o'qituvchilari O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport institutida o'z vaqtida malakalarini oshirib kelmoqdalar. Kafedra katta o'qituvchilari A.Kolomenskiy, B.Abbosov, S.Ananev, B.Xaitov, I.Islomov, Sh Avloqulov, R.Fatxullaev, S.Abdurashidovlar murabbiyligi ostida kurash, futbol, basketbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi kabi bir qator sport to'garaklari faoliyat olib bormoqda. "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi institut o'quv bo'limi bilan birgalikda talabalar uchun jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini olib borish saviyasini yaxshilash maqsadida institutning 1-2 kurs talabalarining jismoniy tarbiya mashg'ulotlari institut sport bazasida keng qamrovli o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan.
Kafedrada ta'lim jarayoni
Kafedrada ta'lim jarayoni barcha bakalavriat yo'nalishi 1-2 kurs talabalariga mo'ljallangan bo'lib, ikki fanga asoslangan holda olib boriladi. Bular "Jismoniy tarbiya" va "Valeologiya asoslari" fanlari bo'lib, ularning har biri alohida reja va ajratilgan yuklamalar bo'yicha o'qitiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toshkent moliya instituti rektorining buyruqlari asosida talabalarga bilim berish yo'lidagi barcha sa'y-harakatlar, xususan dars mashg'ulotlarining samarali olib borilishi, mashg'ulotlarda tinglovchilar davomatini 100 bo'lishiga erishish, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda unda xolislikni va xalollikni ta'minlash borasida maqsadga muvofiq keluvchi tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatdir.
Ta'lim-tarbiya tizimiga demokratik tamoyillarni keng joriy etish asosida kafedrada uning sifatini, har bir fandan talabaning to'liq o'zlashtirishi, xususan, 2008/09 o'quv yili bo'yicha talabalar bilimini baholashning natijalari yuqori bo'lishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarali shakllarda amalga oshirilishi, borasida quyidagi:
- fanni o'zlashtirishning omili bo'lgan o'quv-uslubiy va moddiy (zaruriy sport ashyolari nazarda tutilmoqda) ta'minotni yanada yaxshilash borasida tegishli shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan choralar ko'rilmoqda. Xususan, kafedrada yaratilgan o'quv adabiyotlarining sonini orttirish maqsadidagi faoliyatlar davom ettirilmoqda.Joriy yilda kafedrada dotsent Alistratov G. va katta o'qituvchi Avloqulov Sh.lar tomonidan "Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati" deb nomlangan o'quv qo'llanmasining lotin va kirill alifbosidagi variantlarining nashr etilishi buning dalilidir;
- xususan, "Valeologiya asoslari" fanidan reytingni aniqlashda talabaning bilimi, mashg'ulotlardagi faolligi, mustaqil ishlash ko'nikmasiga ega ekanligi, o'quv intizomiga amal qilishi kabi jihatlar asosiy mezon sifatida belgilab qo'yiladi, reyting baholashlarining og'zaki, test va yozma shakllaridan samarali foydalanish orqali joriy (JB) va oraliq (OB)larning nufuzi oshirildi, fanlar bo'yicha talabalar bilimini baholash mezonlari mukammallashtirildi;
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlaning samarali amalga oshirilishi hisobiga mashg'ulotlarning sifatli amalga oshirilishi ta'minlanmoqda.Talabalar bilan ishlash tashkil etilishini ta'minlash yuzasidan kafedra tegishli professor-o'qituvchilari mas'uliyatini oshirish, shuningdek, o'qitishning usul, vosita hamda shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini keng qo'llash, talabalarning bilim olish qobiliyatlarini yuksaltirish talab etiladi. Shulardan kelib chiqib, dars mashg'ulotlarining samarali olib borilishi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash haqida Nizom talablariga amal qilinishi hamda Vazirlik va institut rektorining buyruqlarida bu borada belgilangan vazifalar ijrosi samarali tashkil qilinishini ta'minlash ustuvor sanaladi.
Oliy o'quv yurtlarida "Jismoniy tarbiya" va "Valeologiya asoslari" fanlarini o'qitilishining asosiy maqsadi:
Yosh avlodni sportga bo'lgan mehrini va qiziqishini kuchaytirish bilan birgalikda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy g'urur va ajdodlardan faxrlanish tuyg'usida tarbiyalash, ularda barkamol, kuchli va yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirish, sog'lom fikrga ega, el-yurt jonkuyari hamda jamiyatning faol ishtirokchisi sifatida tarbiyalashdan iborat. "Jismoniy tarbiya" va "Valeologiya asoslari" fanlarini o'rganish hayotimizning tarbiyaviy omilidir. Ularni tashkil qilish va maqsadli o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlari mavjud. Bu qonuniyatlarni ommalashtirish, hayotga chuqur singdirish va talabalarning qiziqishini oshirish davr talabidir.
Oliy ta'lim muassasalaridagi "Jismoniy tarbiya" o'quv jarayoni o'quvchi-yoshlar va talabalarni jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan. Iqtidorli yoshlarni esa sport mashg'ulotlariga (to'garak, musobaqalar va h.k.) jalb etish, ularning mahoratlarini oshirish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Bu yo'lda e'tiborga molik bo'lgan juda ko'p ommaviy-sog'lomlashtiruvchi sport tadbirlari o'tkazilmoqda. Ayniqsa "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" kabi nufuzli sport musobaqalari buning isbotidir.
"Jismoniy tarbiya" asosiy maqsad va vazifalari uquvchi va talaba-yoshlarning dastlabki jismoniy harakat kunikmalarini jismoniy tarbiya darslarida va musobaqalarida mustahkamlash hamda ularning sportga bulgan mehrini uyg'otish orqali jismoniy sog'lomligini ta'minlash, darsdan tashqari sport tugaraklari faoliyati orqali ukuvchi-yoshlarning sport turlariga qiziqishini kuchaytirish, ularning sport turlari buyicha qobiliyatlarini aniqlash hamda bosqich musobaqalaridagi ishtirokini ta'minlash, jismoniy tarbiya va sportni umumiy urta ta'lim, urta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim tizimi uquvchilari va talaba-yoshlarining kundalik ehtiyojiga aylantirishdan iboratdir.
Xalq ta'limi vazirligi, urta maxsus kasb-hunar ta'lim markazi, Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, hokimliklar, Milliy Olimpiya qumitasi, Uzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish, "Sog'lom avlod uchun", "Mahalla" jamg'armalari, "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar orqali ushbu maqsad amalga oshiriladi.
Mamlakatda joriy qilingan jahonda yagona, uch bug'inli yangi tizim jismoniy tarbiya va sportni ta'lim muassasalarida ommaviy rivojlantirishning uzluksizligini taminlash hamda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash maqsadida 3 yil davomida dasturlardagi har 3 yilda utkazilishi belgilab quyilgan sport turlari buyicha musobaqalarni tashkil qilish masalari buning dalilidir (Institut miqyosidagi spatakiadalar, talabalararo, professor-o'qituvchilararo futbol o'yinlari, maxsus sanalarga bag'ishlangan turli sport tadbirlari). Shuni e'tiborga olgan holda institutda talaba-yoshlarni sport bo'yicha nafaqat amaliy, balki nazariy jihatdan ham tarbiyalab bilim berish uchun zaruriy ashyolar xususan o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanish darajasini oshirish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Mazkur masalani kafedrada muhokama etish natijasida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "Kadrlar tayyorlashning barcha ta'lim yo'nalishlari 1 blok fanlari bo'yicha o'quv jarayonining o'quv-uslubiy moddiy texnik ta'minotiga qo'yiladigan talablar"i me'yorida ko'rsatilgan, ammo ushbu vaqtda institut kutubxonasi ixtiyorida mavjud bo'lmagan o'quv qo'llanmalarni mavjud joylardan keltirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.
"Valeologiya asoslari" fanidan oraliq va joriy nazorat ishlarini baholash printsiplari.
Har bir joriy nazorat (JN) va oraliq seminar ishi topshiriqlari, referatlarini bajarish, savol-javoblar asosida tegishli reytinglar hisobida aniqlanadi:
- seminar ishi topshiriqlari berilgan mavzular bo'yicha o'tkazilib, maksimum 50% da baholanadi.
- belgilangan mavzular bo'yicha referat yozishlar 40% da baholanadi.
- ta'lim jarayonida xulqi esa 10% da baholanadi va oraliq hamda joriy nazoratlarni yig'indisi bo'yicha yakuniy baho qo'yiladi.
- qo'yilgan oraliq va joriy nazoratlarning yig'indisiga yakuniy baxoni qo'yish bilan umumiy reyting baholar belgilanadi.
- yuqorida qayd etilgan reyting baholar o'qituvchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
"Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi yutuqlari
Kafedra tashkil etilgandan to shu kunga qadar qator yutuqlarga erishib kelindi, shu jumladan bugunga qadar ikki nafar sport ustalari xamda ko'plab sport ustaligiga nomzodlar etishtirildi.Kafedra faoliyati davomida sport bo'yicha institut terma jamoasi tuman, shaxar va Respublika miqyosidagi ko'plab sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. Respublika "Talaba" sport uyushmasi bilan hamkorlikda ko'plab sport musobaqalarida samarali ishtirok etmoqda. 2000 yilda Namangan viloyatida o'tkazilgan birinchi Universiada o'yinlarida institutning qizlar terma jamoasi katta o'qituvchi Sh.Avloqulov murabbiyligida Respublika miqyosida beshinchi o'rinni zabt etishdi.2004 yil Samarqand viloyatida bo'lib o'tgan Universiada o'yinlarida esa institut terma jamoasining to'rt nafar a'zosi Toshkent shaxar terma jamoasi tarkibida ishtirok etishdi.
2008 yilning 19-26 oktyabr kunlari Olmaliq shahrida sportning voleybol turi bo'yicha "O'zbekiston Republikasi kubogi" oliy liga o'yinlari o'tkazildi. Mazkur musobaqada Olmaliq shahrining "AGMK", Samarqand shahrining "UZI Samarqand", Yaypanning "O.Akbarov", Xorazmning "Xorazmkollej" va Toshkentning "SKIF" jamoalari bilan bir qatorda Toshkent moliya institutining "Moliyachi" voleybol termajamoa a'zolari ham qizg'in ishtirok etishdi. Musobaqaning dastlabki kunidanoq "Moliyachi" termajamoasi Yaypanlik sportchi tendoshlari bilan to'p surishib u qadar yaxshi natija ko'rsatolmagan bo'lsa-da, keyinchalik "Xorazmkollej", "SKIF" jamoalari bilan birga kechgan bellashuvlarda 3:2; 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozonib bir necha bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishishdi. Besh kun davom etgan baxslar maydon egalarining foydasiga hal bo'ldi. Mazkur musobaqada moliya instituti termajamoasi 7 ochko bilan faxrli to'rtinchi o'rinni zabt etdilar. Toshkent moliya institutining "Moliyachi" termajamoasi a'zolari institutda jismoniy tarbiya darsidan olgan bilim va ko'nikmalarining samarasi o'laroq, viloyatlik tengdoshlari orasida o'z mahoratini namoyish etib yuqori saviyada o'yin ko'rsatishdi.Bunda albatta ustoz va murabbiylarining hissasi katta ekanligi yaqqol namoyondir.Istiqbolda ushbu termajamoaga ulkan g'alabalar sari olg'a qadamlar bilan borishlarida omad yor bo'lsin.
2008 yilning mamlakatimiz Prezidenti tomonidan "Yoshlar yili" deb e'lon qilinishi yurtimizdagi barcha yosh o'g'il-qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. "Yoshlar yili" Davlat dasturida belgilangan tadbirlar doirasida respublikamizda yoshlarni qo'llab-quvvatlashga doir turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi Toshkent moliya institutida ham har jabhada ta'minlanib kelmoqda. Joriy yil davomida institutda yoshlarni sog'lom turmush tarziga intilishlarini shakllantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish va talabalarni ommaviy va sport tadbirlariga jalb etishga doir talaygina tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, institutning voleybol bo'yicha terma jamoasi a'zolarining yil davomida Respublika miqyosidagi turli sport musobaqalarida ishirok etib faxrli o'rinlarni zabt etib kelayotganliklari, institutda "8-mart", "Navro'z", "Xotira va qadrlash kuni", "Mustaqillik", "Ustoz va murabbiylar kuni", "Konstitutsiya" kabi bir qator umumxalq bayramlariga bag'ishlangan sport tadbirlari, fakultetlar aro birinchilik baxslari, professor-o'qituvchilar o'rtasidagi "Salomatlik" spartakiadalarining uyushqoqlik bilan o'tkazib kelinishi buning yaqqol dalilidir. Ta'kidlash joizki, institutning barcha fakultetlari va magistratura bo'limi termajamoalari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" uchun bahslari, ayniqsa, juda qizg'in tus oldi. Mazkur musobaqa 15-25 oktyabr kunlarida bo'lib o'tdi. Musobaqaning ochilish marosimida Respublika "Talaba" sport uyushmasi ijrochi direktori T.Xoldarov ishtirok etib "sportchilar"ni samimiy qutladi.
Musobaqa davomida institutning "Hisob-iqtisod" fakulteti termajamoasi turli taktikalarni qo'llab raqiblarini ortta qoldira boshlagan bo'lsa, "Moliya injiniringi" fakulteti termajamoasi ham o'z navbatida chiroyli o'yin ko'rsatib mahoratini namoyish etdi.Musobaqa yakuniga kelib esa "Boshqaruv" fakulteti termajamoasi 14 ochko bilan o'z raqiblarini dog'da qoldirib g'oliblik sovrini va "Rektor kubogi"ni qo'lga kiritdi.
"Rektor kubogi" sovrindorlari
| O'rin |
Fakultet |
Ochkolar soni |
Sovrin |
Diplom |
| 1-o'rin |
"Boshqaruv" fakulteti |
14 |
komputer |
oliy daraja |
| 2-o'rin |
"Hisob-iqtisod" fakulteti |
13 |
televizor |
ikkinchi daraja |
| 3-o'rin |
"Moliya injiniringi" fakulteti |
11 |
DVD |
uchinchi daraja |
Tadbirning yopilish marosimida institut rektori prof.Alisher Vahobov so'zga chiqib musobaqada munosib o'yin ko'rsatgan sportchilarni qizg'in tabrikladi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi. Institut talabarining turli nufuzli sport musobaqalarida samarali ishtirok etib yuqori natijalarni zabt etayotganligi albatta ular taxsil olayotgan ilm dargohining nomiga yanada sayqal berib, ravnaqiga salmoqli hissa qo'shib kelayotganliklariga ishoradir. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek "Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli,bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart! ". Shunday ekan, yosh avlodni bilimli, barkamol , shu bilan birgalikda sportsevar va baquvvat qilib tarbiyalash ham mazmunli, ham ezgu amaldir.
Joriy o'quv yilining boshidanoq institutda ommaviy tadbirlarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Kuni kecha bo'lib o'tgan sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" bahslarida g'alabaga erishgan o'z talabalariga havas qilgan ustozlarimiz ham yashil maydonga tushishni ixtiyor etishdi. Institut rektori professor A.Vahobov tashabbusi bilan 7-21 noyabr kunlari barcha fakultet professor-o'qituvchilari va institut ishchi- xodimlari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqalari uyushtirildi. Mazkur tadbir muhlislarning ishonchga yo'g'rilgan samimiy olqishlari va sportchi- ustozlarning g'alaba sari ulkan ishtiyoq bilan intilishlari natijasi o'laroq barchada juda katta taassurot uyg'otdi.
Musobaqa davomida magistratura bo'limi termajamoasi yaxshi natija ko'rsatib o'z mahoratini namoyish etdi. Bunga albatta, musobaqada ishtirok etgan barcha professor-o'qituvchilarning bir-birlarini do'stona qo'llab-quvvatlashlari sabab bo'lgani shubhasizdir. Musobaqada g'oliblik shohsupasi "Kredit-iqtisod" fakulteti termajamoasiga nasib etdi.Boshqa ishtirokchi termajamoalar ham yuqori natijalarni ko'rsatib qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.Xususan, Rektorat termajamoasi ikkinchi va Magistratura bo'limi termajamoasi a'zolari esa uchinchi darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Musobaqaning tantanali yopilish marosimida so'zga chiqqan institut rektori A.Vahobov musobaqa davomida yaxshi o'yin ko'rsatgan bir qator ishtirokchilarni taqdirlab, bu kabi musobaqalarning tez-tez uyushtirib turilishi maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidladi.
 
Darhaqiqat, bunday tadbirlar institut talabalari va professor-o'qituvchilarni o'zaro hamjihatligi va bir-birlariga bo'lgan muhabbatini oshirish bilan bir qatorda, sog'liklarini ta'minlash yo'lida ham katta ahamiyatga egadir. Mamlakatimizning mustaqilligi va istiqloli buyuk kelajagimiz istiqbolini ta'minlashni taqozo etadi. Bunda aholining salomatligini himoya qilish, ularning jismoniy va ma'naviy barkamolligini doimo ta'minlab borish eng zarur vazifalardan biridir. Shu asosda oila, maktab va mahalla, qolaversa mehnat jamoalarida sog'liqni saqlash bilan bog'liq bo'lgan barcha ma'rifiy va jismoniy madaniyat tadbirlaridan maqsadli foydalanish ustuvor turishini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.
"Sog'lom avlod davlat dasturi", "Davlat ta'lim standartlari" asosida oliy va o'rta maxsus o'quv muassasalaridagi jismoniy madaniyat darslari yoshlarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda xizmat qilmoqda. Xususan, institutda taxsil olayotgan talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini tobora oshirish, iqtidorli yoshlarni sport turlariga jalb etish va ularning mahoratlarini oshirish yo'li bilan sog'lom va etuk mutaxassislar tayyorlash yaxshi yo'lga qo'yilmoqda. Xususan, institutimiz faxri bo'lmish "Moliyachi" termajamoasi 19-25 noyabr kunlari "Universiada" dasturidagi sport o'yinlari bo'yicha "Talaba" Kubogi musobaqasida ilg'or ishtirok etib sharafli birinchi o'rin hamda "Talaba" Kubogi sovrindori bo'lishdi. Shu bilan to'xtab qolmay, 2008 yil 2-8 dekabrgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Namangan shahrida bo'lib o'tgan voleybol bo'yicha "Talaba" RSU Kubok musobaqalariga qatnashgan "Moliyachi" termajamoasi uchun yana bir bor muvaffaqiyatlar yor bo'ldi. Mazkur musobaqada Navoiy Davlat universiteti, Andijon Davlat universiteti, Namangan Davlat universiteti kabi bir qator nufuzli ta'lim muassasalari termajamoalarini ortta qoldirgan "Moliyachi" termajamoasi Qo'qon Davlat universiteti bilan kechgan qizg'in baxsda 2:3 natijani ko'rsatib, faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Joriy yilning oktyabr oyida boshlanib shu kunga qadar davom etib kelayotgan o'rta va undan yuqori yoshli erkaklar o'rtasida kechgan Toshkent shahar birinchiligi baxslariga kuni kecha yakun yasaldi. Bu musobaqada ham "Moliyachi" termajamoasi jonbozlik ko'rsatdi. Shu kunga qadar bir to'xtamga kelolmayotgan baxslarga institutimiz chempioni "Moliyachi" nuqta qo'ydi. Mazkur musobaqada ham g'oliblik shohsupasi shubhasiz "Moliyachi"ga nasib etdi. |