Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Loyihalarni moliyalashtirish
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Loyihalarni moliyalashtirish

Kafedra mudiri

NOSIROV EGAMQUL ISMOILOVICH

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent v.b.

Kafedra mudiri E.Nosirov 1974 yil 25 aprelda tug`ilgan. 1996 yilda Toshkent Moliya institutining "Moliya va kredit" mutaxassisligini tamomlagan. 2006 yilda "Qimmatli qog'ozlar bozorida tijorat banklari rolini oshirish masalalari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 08.00.07- "Moliya, pul muomalasi va kredit" ihtisosligi bo`yicha himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy, uslubiy va o`quv qo`llanmalarning muallifi.

Kafedra tarixi

"Loyihalarni moliyalashtirish" kafedrasi Toshkent Moliya institutining yetakchi va shu bilan birgalikda yosh kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra "Investitsiya va qimmatli qog'ozlar" kafedrasi negizida shakllanib, u 1998 yilning 2-sentyabridan "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish" kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedraning tashkil etilishiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 1998 yil fevral oyida "Bank-moliya tizimini isloh qilish" bo'yicha bo'lib o'tgan majlisi asos bo'lib, unda Prezident I.Karimov tomonidan iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari bilan ishlash borasida loyihalarini moliyalashtirish yo'nalishsi bo'yiha mutaxassislar yetishmasligi muammosi ko'tarilgan edi. Ushbu yig'ilishdad mazkur muammoni hal qilish yuzasidan Prezident I.Karimov tashabbusi asosida Toshkent Moliya institutiga "Loyihalarni moliyalashtirish" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayorlash vazifasi yuklatildi. Mazkur vazifani bajarish maqsadida 1998-1999 o'quv yilida Toshkent Moliya institutida "Loyihalarni moliyalashtirish" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayorlash yuzasidan "Investitsion loyihalarini moliyalashtirish" kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mustaqillik yillarida O'zbekistonda "Loyihalarni moliyalashtirish" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayorlaydigan ilk kafedralardan biri hisoblanadi.

  • 1998-1999 o'quv yilida kafedraga dastlab professor D.G'ozibekov rahbarlik qilgan va kafedra tarkibida professor M.Angelidi, dots. N.Karimov, dots. S.Arzumanyan, dots. S.Uspenskaya va boshqa bir qancha professor o'qituvchilar faoliyat ko'rsatgan.
  • 1998-1999 o'quv yillarida dots. N.Karimov rahbarlik qilgan.
  • 2000-2002 yillarda dots. M.Sultanovlar rahbarlik qilgan.
  • 2002 yilning aprel oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimiga dots. A.Jo'raev tayinlangan.
  • 2003-2006 yillarda kafedraga dots. B.G'anixo'jaev rahbarlik qilgan.
  • 2006 yilning 2 sentyabridan boshlab kafedraga i.f.n. E.Nosirov rahbarlik qilib kelmoqda.
  • 2003-2004 o'quv yilidan boshlab kafedrada yangi bakalavriat ta'lim yo'nalishining ochilishi munosabati bilan kafedra nomi "Loyihalarni moliyalashtirish" kafedrasiga o'zgartirilgan.

O'quv jarayoni

Kafedrada ta`lim jarayoni Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tashkil etilib, bakalavriat ta`lim yo'nalishlarida 7 ta, magistratura mutaxassisliklarida esa 12 ta fanlar bo'yicha darslar olib borilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilaridan Sh.Axmadjonov va F.Axmedovlar AQShning Texas A&M Universitetida "Biznes moliyasi" dasturi bo'yicha; D.G'ozibekov, A.Uzoqov, R.Saidov, Q.Hoshimov, D.Xo'jamqulov va D.Shodievalar Toshkent Davlat Texnika universiteti qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat" kursida malaka oshirib, ta'lim jarayonida innovatsion va yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanmoqdar.

Bakalavriatning "Investitsiyalarni moliyalashtirish" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar 2 va 3-bosqich yakunlari bo'yicha malakaviy, 4-kurs davomida esa bitiruvoldi amaliyotini o'taydilar. Amaliyot O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari, lizing va investitsion kompaniyalarda o'tkazilmoqda.

 

Kafedra talabalarning malakaviy amaliyotlarini mazmunli olib borishlari hamda bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini yanada sifatli tayorlanishiga, unda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o'zgarishlarni qamrab olinishiga katta e'tibor qaratmoqda.

Kafedra o'quv dasturlari

Kafedrada har bir o'qitiladigan fan bo`yicha o'quv dasturlari tayorlangan bo'lib, ular asosida o'quv jarayoni izchil yo'lga qo'yilgan.

Bakalavriat

  • "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya faoliyatini tashkil etish va boshqarish" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsion loyihalash" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya risklarini boshqarish" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsion loyihalarni moliyalashtirish" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiyalarni amalga oshirish monitoringi" fani bo'yicha o'guv dasturi.

Magistratura:

  • "Davlat investitsiya siyosati" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsion tahlil" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Loyiha-smeta ishi" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya faoliyatida lizing" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya loyihalari tahlili va texnik ekspertizasi" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya loyihalari monitoringi" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Sindikat asosida kreditlash" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya loyihalarini kompleks baholash" fani bo'yicha o'guv dasturi;
  • "Investitsiya loyihalari hayotiyligi monitoringi" fani bo'yicha o'guv dasturi.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar

Tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiq kafedra professor-o'qituvchilari quyidagi fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib bormoqdalar:

Bakalavriat mutahassislig(yo'nalishi)i bo'yicha: "Moliya", "Soliqlar va soliqqa tortish", "Sug'urta ishi", "Menejment", "Statistika", "Buxgalteriya hisobi va audit", "Moliya injiniringi", "Kasbiy ta'lim" yo'nalishlarida;

  • "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirsh"
  • "Investitsiya faoliyatini tashkil etish va boshqarish"
  • "Investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash"
  • "Investitsion loyihalash"
  • "Investitsiya risklarini boshqarish"
  • "Investitsion loyihalarni moliyalashtirish"
  • "Investitsiyalarni amalga oshirish monitoringi" - "Investitsiyalarni moliyalashtirish" yo'nalishida.

Magistratura mutahassisligi bo'yicha. "Davlat investitsiya siyosati" - "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish va ularning monitoringi", "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish" "Soliqlar va soliqqa tortish", "Davlat moliyasini boshqarish" mutaxassisliklarida; "Investitsion tahlil" - "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish va ularning monitoringi", "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish", "Investitsiya faolyatini moliyalashtirish", "Iqtisodiy tahlil" mutaxassisliklarida;

  • "Investitisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi" - "Audit" mutaxassisliklarida;
  • "Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi", "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish" - "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish va ularning monitoringi";
  • "Investitsiya loyihalarini kompleks baholash"
  • "Investitsiya loyihalari hayotiyligi monitoringi"
  • "Sindikat asosida kreditlash" - "Investisiyalarni loyihaviy moliyalashtirish";
  • "Investitsiya loyihalari monitoringi" - "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish", "Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish", Investisiyalarni loyihaviy moliyalashtirish", "Davlat moliyasini boshqarish", "Kredit", "Xalqaro bank ishi", "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari", "Moliya menejmenti".
  • "Loyiha-smeta ishi" - "Investisiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish", "Investisiya faoliyatini moliyalashtirish", "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish va ularning monitoringi";
  • "Investitsiya faoliyatida lizing" - "Investisiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish", "Investisiya faoliyatini moliyalashtirish", "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish va ularning monitoringi";
  • "Investitsiya loyihalari tahlili va texnik ekspertizasi" - "Investisiya loyihalarini moliyalashtirish va kompleks ekspertiza qilish", "Investisiya faoliyatini moliyalashtirish".

Barcha fanlar bo'yicha namunaviy dasturlar, ishchi-o'quv rejalari, o'quv-uslubiy komplekslar tayyorlangan, dars mashg'ulotlari ulardan keng foydalanilgan holda o'tkazilmoqda. Shuningdek, har o'quv yilida ularning yangilanib borilishi ta'minlangan.

Aspirantura

Hozirgi kunda kafedrada ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 2 ta kunduzgi aspirant tahsil olmoqda. Bundan tashqari kafedrada 7 ta ilmiy tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar, shuningdek, belgilangan tartibda nomzodlik imtihonlarini topshirmoqdalar.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo'nalishi asosan " O'zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va uni jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvining nazariy, amaliy va metodologik muammolari" bo'lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o'qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a'zosi o'ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig'ilishida muhokama etiladi. Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 90 % tashkil etadi. 2007/08 yilda kafedra professor-o'qituvchilardan R.Saidov, A.Uzoqovl, B.Mamatov, K.Sharifxo'jaevalar nomzodlik dissertatsiyalarini kafedra muhokamasidan o'tqazib, ilmiy seminarlardan o'tishmoqda.

Kafedra nashrlari

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlar qatorida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  1. Angelidi M.S., Karimov N.G. "Analiz investitsionnix proektov". Uchebnoe posobie. Tashkent, 2000., TFI.
  2. Uzoqov A., Nosirov E., Sultanov M. "Kichik va o'rta biznes investisiyalarini kreditlash". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2001., Tmi
  3. Uspenskaya S. Proektnoe finansirovanie. Uchebnoe posobie. - Tashkent, TGTU, 2002.
  4. Gazibekov D.G., Sobirov O.Sh. "Lizing i ego razvitiya v Uzbekistane". Monografiya. Toshkent, 2003., izd. "Moliya".
  5. G'ozibekov D.G'. "Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari". Monografiya. Toshkent, 2003., "Moliya" nashriyoti.
  6. Jo'rayev A.S., Xo'jamqulov D.Yu., Mamatov B.S. "Investitsiya loyihalari tahlili". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2003., "Sharq" nashriyoti.
  7. G'ozibekov D.G', Sobirov O.Sh., Quljonov O. "Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2005., "Moliya" nashriyoti.
  8. Angelidi M., Karimov N. "Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida sindikat asosida kreditlash". (Savol-javoblar) O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, 2005., TMI.
  9. Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultanov M. "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2006., "Iqtisod-moliya", TMI.
  10. Nosirov E., Mamatov B., Xo'jamqulov D., Sharifxo'jaeva K. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2007., TMI.
  11. G'ozibekov D.G'., Nosirov E.I. "O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilish". Risola. Toshkent, 2007., "Iqtisod-moliya", TMI.
  12. Uzoqov A., Kenjaev I. "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2007., TMI.
  13. Ergasheva Sh., Uzoqov A. "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2008 y., Iqtisod-Moliya .

Talabalarga tarqatma materiallar

Bakalavriat

  • "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish " fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya faoliyatini tashkil etish va boshqarish " fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsion loyihalash" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya risklarini boshqarish" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsion loyihalarni moliyalashtirish" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiyalarni amalga oshirish monitoringi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;

Magistratura:

  • "Davlat investitsiya siyosati" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsion tahlil" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Loyiha-smeta ishi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya faoliyatida lizing" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya loyihalari tahlili va texnik ekspertizasi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya loyihalari monitoringi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Sindikat asosida kreditlash" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya loyihalarini kompleks baholash" fani bo'yicha tarqatma materiallar;
  • "Investitsiya loyihalari hayotiyligi monitoringi" fani bo'yicha tarqatma materiallar;

Kafedraning yutuqlari

Kafedraning eng asosiy yutug`i bakalavriat va magistratura bosqichlarida o`quv jarayonini zamon talabi darajasida tashkil etilmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari o`quv va ilmiy-uslubiy sohalarda ham bir qator yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Bunday yutuqlar qatorida quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:

  • Kafedra dotsenti Karimov Norboy G'aniyevich 2007 yilning 17-oktyabrida "Iqtisodiy integratsiyalashuvi sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi;
  • Kafedra katta o'qituvchisi Xo'jamqulov Dilmurod Yusupalievich 2007 yilning 2 yanvarida "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qildi.
  • Kafedra katta o'qituvchisi Axmadjonov Sherzod Xojimurodovich 2007 yilning sentyabr oyida "Xususiy sektorni samarali moliyalashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  • 2008 yilda oliy o'quv yurtlari "Iqtisodiyot" yo'nalishi talabalari uchun kafedra o'qituvchilari tomonidan "Investitsiyalarni tahskil etish va moliyalashtirish" fanidan o'quv qo'llanma tayorlandi;
© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.