Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Kafedralar > Matematika
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Matematika

Qumri Safaeva

iqtisod fanlari doktori, professor

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi

1937 yil Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 1960 yilda Toshkent davlat universitetining "Matematika va mehanika" fakultetini tugatgan. Rossiya Fanlar Akademiyasi Hisoblash Markazida aspiranturasini tugatib, 1966 yil fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajaga ega bo'lgan. 1990 yilda "O'zbekistonda pahta ko'mpleksini optimallashtirishning matematik modellari va usullari" mavzusida do'ktorlik dissertatsiyasini himoya qilib iqtisod fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo'lgan. 1992 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan. Shu yili professor Q. Safaevaga "O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi" yuksak unvoni berilgan.

Professor Q. Safaeva tomonidan 9-ta mono'grafiya va mono'grafiya bo'limlari, 100-dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20-ta darslik va o'quv qo'llanmalar, 30-ta ilmiy - uslubiy ko'rsatma va dasturlar nashr etgan. Uning rag'barligida 1-ta doktorlik va 2-ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

"Matematika" kafedrasining tarixi

Matematika kafedrasi 1991 yil iyul oyida Toshkent Halq Xo'jalik Institutidan Toshkent Moliya Institutining ajralib chiqishi munosabati bilan tashkil etilgan.

Dastlab kafedrada 10 nafar o'qituvchi bo'lib, ulardan bittasi fan doktori, professor 1 tasi fan nomzodi, dotsent, 3 tasi fan nomzodi katta o'qituvchi va 5 tasi ilmiy darajaga ega bo'lmagan katta o'qituvchilar edi. O'tgan 16 yil ichida kafedrada 2 ta fan doktori (B.Ataniyazov, I.Mirzaev) 2 ta fan nomzodi (I.Mirzaev,E. Mamurov) tayyorlandi.

Kafedra tashkil bo'lgandan beri unga iqtisod fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Q.Safaeva boshchilik qilib kelmoqda. Q.Safaeva rahbarligida kafedra o'z faoliyatini professor-o'qituvchilarning ilmiy potentsialini ko'tarish, talabalarni zamonaviy o'quv adabiyotlari bilan to'la ta'minlash, zamonaviy o'quv uslublarini amalda qo'llash vazifalariga qaratgan bo'lib, bu yo'lda sezilarli darajada yutuqlarga erishgan.

Masalan, agar 1991 yilda ilmiy darajaga ega bo'lgan o'qituvchilar 50% ni tashkil qilgan bo'lsa, hozirgi kunda 75% ni tashkil qiladi.

Kafedraning shiori "Etti o'lchab bir kes", bo'lib u mantiqan matematiklarga xos bo'lgan tavsifni ifodalaydi.

Kafedraning tashqi aloqalari

Kafedra Respublikada nufuzli o'quv yurtlardan bo'lmish O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat pedagogik Universiteti hamda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika, Mexanika va Kibernetika Institutlari bilan hamkorlik o'rnatgan. Kafedra o'qituvchilari bu institutlarning etakchi olimlari bilan hamkorlikda ilmiy ish olib boradilar, aspirant va izlanuvchilarga rahbarlik qiladilar, seminar va anjumanlarda ishtrok etadilar.

Kafedra Rossiya Akademiyasining Markaziy Iqtisodiy-Matematika Instituti bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib boradilar.

Kafedra Sank-Peterburg Moliya Iqtisodiyot Akademiyasi bilan hamkorlik o'rnatgan. Bu hamkorlik natijasida kafedraning o'qituvchisi I.Mirzaev o'zining doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya qildi, Sank-Peterburgda 1 ta monografiya va 5 ta maqola chop etdi.

Kafedra Ukrainadagi Uman davlat pedagogik universiteti bilan qattiq jismlar mexanikasi bo'yicha hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish uchun hamkorlik o'rnatilgan. Bu hamkorlik asosida kafedra dotsenti R.Abdukarimov doktorlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlanmoqda, ilmiy ishi natijalari bo'yicha ushbu universitet seminarlari va ilmiy anjumanlarida chiqish qilgan.

Kafedra o'qituvchilari tomonidan so'ngi 3 - yilda yaratilgan o'quv-adabiyotlari soni

Darsliklar 2-ta, Elektron darslik 1-ta, Masalalar tuplami 8-ta, Uslubi kullamalar 9-ta ,Uslubi kursatmalar 5-ta, Ukuv kullamalar 7-ta, Maruza kurslari 7-ta, Namunavi va ishchi dastur 5-ta.

2006 yilda "Matematika" kafedrasi 21 ta o'qituvchi asosiy shtatda, 2 ta o'qituvchi o'rindoshlik asosida 0,5 stavkada ishlaydi.

Hisobot davrida kafedra o'qituvchilaridan 80% ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullandi. Bundan tashqari UzOO'MTV ning grifi bilan 2 ta darslik chop etildi: Q. Safaeva. Matematik dasturlash. T.: Ibn-Sino, 2004 y. 20,1 b.t. Raximov D. Oliy matematika. T.: "O'AJBNT-markazi", 2006 y. 28,8 b.t. Kafedrada hisobot yilida 16 ta o'quv qo'llanma va uslubiy qo'llanmalar yaratildi.

Raximov D rahbarligida "Yolg'on to'lg'onishlar usulini qo'llagan holda chiziqli operator-funktsiyaning xos sonlar masalasini regulyarizatsiyalash" nomli grant loyiha bo'yicha fundamental ish olib borildi. (2003-2007 y).

Kafedra o'qituvchilari Xorijiy mamlakatlarda, jumladan Rossiyaning Novosibirsk va Sankt-Peterburg shaharlarida o'tkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etib ma'ruza tezislarini nashr etdilar.

Kafedrada hisobot yili iqtidorli talabalar o'rtasida Matematik olimpiada va "Iqtisodiyotda matematika" mavzusida ilmiy konferentsiya o'tkazildi. Eng yaxshi ma'ruza tezislari nashr etildi.

Kafedra o'qituvchilaridan R. Mo'minova, A. Roishev, S. Turdaxunova ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashmasada o'quv adabiyotlari yaratish, fanlarni uslubiy ta'minotini takomillashtirish bo'yicha ish olib bordilar.

Ilmiy tadqiqot ishlari.

Kafedrada Davlat fan va texnika Markazining f-1.1.12 "Chiziqli operatorning xos sonlari va xos vektorini topishda regulyarizatsiya usulini qo'llash" mavzusidagi grant bo'yicha (ilmiy rahbar dots. Raximov D). fundamental tadqiqot olib borildi.

Bunda chiziqli operatorning karrali xos sonlarini umumlashgan jordan zanjirlari mavjud bqlgan holda regulyarizatsiyalash masalasi kyrildi. Bu masala uchun regulyarizatsiya tenglamasi qurilib, uni yordamida xos sonlar va ularga mos keluvchi xos vektorlarni aniqlash uchun iteratsiya jarayoni qurildi. Bundan tashqari kyp parametrli spektral masalaga yolg'on tylg'anish usuli qyllanilib, ularning xos sonlarini topish uchun iteratsiya jarayoni qurildi. Olingan natijalar byyicha 4 ta ilmiy maqola nashr ettirildi. Bundan tashqari, ushbu natijalar byyicha Toshkentda "Iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirishda korporativ buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va auditning asosiy yqnalishlari" mavzusi byyicha ytkazilgan respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasida va Almati shahrida "Sovremennie problemi differentsialnix uravneniy, teorii operatorov i kosmicheskix texnologiy" mavzusi byyicha ytkazilgan xalqaro konferentsiyada ma'ruza qilindi.

Ushbu ilmiy-tadqiqot natijalari byyicha quyidagi maqola va tezislar chop etildi:

  1. Raximov D.G. Regulyarizatsiya zadach na sobstvennie znacheniya lineynoy operator-funktsii v sluchae prisutstviya obobshchennix jordanovix tsepochek, Uzb. matem. j., 2006 y., ?1, 65-71 b.
  2. Raximov D.G. Regulyarizatsiya zadach na sobstvennie znacheniya lineynoy operator-funktsii, "Iktisodiy isloxatlarni chuqurlashtirishda korporativ buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va auditning asosiy yqnalishlari", respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasining tezislari, 2006 y., Toshkent, 333-3346.
  3. Raximov D.G. O metode M.K.Gavurina dlya mnogoparametricheskix spektralnix zadach, Tezisi mejdunarodnoy nauchnoy konferentsii "Sovremennie problemi differentsialnix uravneniy, teorii operatorov i kosmicheskix texnologiy", Almati, 20-22 sentyabrya 2006 g., str. 86-87.
  4. "Regulyarizatsiya zadach na sobstvennie znacheniya lineynoy operator-funktsii s primeneniem metoda lojnix vozmushcheniy" mavzuli grant ilmiy-tekshiruv ishlari bqyicha yillik hisobot.

    2007 yilda kup parametrli spektral masalaga yolg'on tulg'anish usuli qullanilib, ularning xos sonlarini topish uchun iteratsiya jarayoni qurilib, ularga regulyarizatsiyalash usuli qullaniladi.

  5. Aspirantura va doktarantura.

Kafedrada aspirantura va doktarantura mavjud emas. Lekin kafedra o'qituvchilari (Raemov M., Xoshimov A) UzFAning matematika instituti hamda TDPU aspirantlariga rahbarlik qilmokdalar.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.