Shoxa’zamiy Shoxmansur Shoxnazir o’g’li
Iqtisod fanlari doktori, professor
1956 yilda Toshkent shaxrida ziyolilar oilasida tug’ilgan, 1973 yilda Toshkent shaxar №9-sonli o’rta maktabni tugatgan, 1978 yilda Toshkent Politexnika Institutini tamomlagan. 1982 yilda kunduzgi aspiranturani Kiev shaxrida Ukraina Fanlar Akademiyasining Modellashtirish Muammolari Institutida tugatib, o’sha yerda shu yili kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O’z faoliyati davomida Toshkent Politexnika Institutida (O’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmuasida direktor muovini, dotsent), “Radioelektrontexpribor” Uzdavlat kantsernida (investitsiya va yangi texnika bo’limi boshlig’i), Markaziy Osiyo Davlatlari tadbirkorlari Kengashi (Direktor), Moliya vazirligi (qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i muovini), “General pool” Korporatsiyasi raisi (Prezidenti) lavozimlarida ishlagan. Xozirda “Qimmatli qog’ozlar va bozori” kafedrasi mudiri. 2007 yil xolatiga umumiy ish staji 27 yil, jumladan ilmiy-pedagogik staji 20 yil. Ilmiy-amaliy faoliyati O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning metodologik asoslari, muammolari, prognozi va ustuvor yo`nalishlari bilan bog’liq. 100 dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlari bor, jumladan 6 darslik, 4 o`quv qo`llanma, 7 monografiya 10 xorijda chop etilgan ilmiy maqola muallifi. 1995 yildan beri qimmatli qog’ozlar bozorining birinchi darajali mutaxassisi attestatiga ega. 1995 yilda «Razvitie rinka tsennix bumag i investitsiy v period stanovleniya mnogoukladnoy ekonomiki» mavzusida Evraziya fondi (USAID) tomonidan ajratilgan grant (№T95-093 14.06.1995 yil) asosida ilmiy-amaliy ish bajargan va uning natijasilarini Toshkent moliya instituti qoshidagi qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassilarini tayyorlash Markazida O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlashda va darslik yozishda qo’llagan. 2005 yilda YuSAID granti doirasida «Otsenka posledstviy i razrabotka prakticheskix rekomendatsiy dlya vstupleniya Uzbekistana v VTO i vneshnetorgovix reform» mavzusida ilmiy ish bajargan. Xozirda TEMPUS (JEP 25085-2004 SEASCAPE) «Sistema podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti v visshem obrazovanii» loyixasi tashabbuskori bo`lib, unda ishtirok etmoqda.
Kafedra tarixi
Kafedraning qisqacha tarixi.1998 yil fevral oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasida «Moliya-bank tizimini isloh qilish bo’yicha» o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Xalqaro Moliyaviy Institutlarning kredit liniyalari va jaxon moliya bozorlari orqali O’zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha mutahassislar tayyorlash vazifasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligiga yuklatildi. Bu vazifani amalga oshirish yuzasidan 1995 yilda Toshkent Moliya Institutining «Xalq xo’jaligi tarmoqlarini moliyalashtirish va investitsiya» kafedrasi asosida «Investitsiya va qimmatli qog’ozlar» kafedrasi takshkil etildi. Kafedraning nomi 1998 yilda «Qimmatli qog’ozlar va birja ishi» kafedrasi deb ataldi va uning mudiri etib kafedra dotsenti, i.f.n. R.S. Xodjaev tayinlandi. 2000 yil 30 avgustdan i.f.d., professor X. Alloqulov mudir etib tayinlangan. 2001 yil 1 sentyabrdan professor Sh. Shoxa’zamiy mudir lavozimiga tayinlanib hozirda o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 4 sentyabr №R-1616-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan OTMlarining iqtisodiyot soxasida mutaxassis tayyorlovchi kafedralari mudirlarini attestatsiyasi Komissiyasidan a’lo baxo bilan o`tgan. Ushbu Komissiyaning majlisi qaroriga binoan (Bayonnoma №13, 2003 yil 5 fevral) kafedraning nomi «Qimmatli qog’ozlar bozori» deb o’zgartirildi.
Kafedraning asosiy maqsadi
O'zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
"Kafedraning faoliyat turlari"
O’quv ishlari doirasida kafedra 2006-2007 o’quv yilidagi umumiy o’quv yuklamasi 20650 soatni tashkil etib, xar bir o`qituvchiga yillik o`rtacha o`quv yuklama 867 soatdan to`g`ri keladi. Kafedra professor o`qituvchilari tomonidan bajariladigan o`quv yuklamasining 2/3 auditoriya mashg’ulotlaridir. Kafedra bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi fanlar bo`yicha mashg`ulotlar olib boradi: 5341500 – «Moliya injiniringi» hamda 5341600 – «Bozorlardagi faoliyat va operatsiyalar» mutaxassisliklari uchun «Mutaxassislikka kirish» boshqa yo`nalishlarga quyidagi fanlar:
- Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar;
- Xususiylashtirish asoslari;
- Korporativ boshqarish;
- Qimmatli qog’ozlar bozorining savdo tizimlari;
- Sekyurimetrika;
- Investitsiya portfellarini boshqarish;
Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalarida belgilangan ma'ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg'ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o'tkazish;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, tanishuv, malakaviy va bitiruvoldi amaliyotlariga hamda mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalari bilimini reyting tizimi asosida baholash;
- talabalarnning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish, va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, o'quv, uslubiy va ko'rgazmali qo'llanmalarni tayyorlash, shuningdek, institut rektorining topshirig'iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o'quv qo'llanma va o'quv uslubiy adabiyotlarga xulosalar berish;
- nodavlat ta'lim muassasalari buyurtmalari bo'yicha zaruriy o'quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
- auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
- tasdiqlangan rejalarga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
- ta'lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o'quv, o'quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni ko'rib chiqish;
- tajribali o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
- tadqiqotchi, aspirant va doktorantlar ilmiy ishlar bajrish uchun qulay imkoniyat yaratish va ilmiy rahbarlik qilish;
- Respublika va xalqaro anjumanlarda ishtirok etish va zarurat tug'ilganda tashkil etish.
O'quv-uslubiy ishlar
O’quv – uslubiy ishlar doirasida kafedra tomonidan 6ta darslik, 7ta o’quv qo’llanma, 2ta o’quv uslubiy qo’llanma, barcha fanlardan o’quv-metodik komplekslar, 15ta Davlat Ta’lim Standartlari, 90dan ortiq na’munaviy va ishchi o’quv dasturlar tayyorlangan. O’quv jarayoniga kafedraning ishlab chiqarish bazalaridan muntazam ravishda yetuk mutaxassislar jalb etilib kelinadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Ilmiy tadqiqot ishlari doirasida oxirgi uch yil ichida kafedra tomonidan 7ta ilmiy monografiya, 20dan ortiq ilmiy maqolalar va 100dan ortiq ilmiy ma’ruza tezislari chop etilgan. So’nggi 5 yil ichida kafedra ilmiy seminarida 10dan ortiq ilmiy ishlar (nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari) muhokamadan o’tkazilgan. Kafedraning ilmiy yo’nalishi: «O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning nazariy asoslari, muammolari, prognozi va ustuvor mexanizmlari». Ushbu yo’nalish doirasida kafedrada 2ta aspirant, 1ta doktorant-tadqiqotchi, 10ta ilmiy tadqiqotchilar dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda. 2006 yilda Kudaybergenov J.Sh. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va «Iste’dod» fondining birinchi darajali mukofoti sovrindori bo’ldi. Xamidova F va Madaminov A nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlab muhokamaga taqdim etishdi. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning 50 foizi nomzodlik minumimlarini topshirishgan.
Kafedraning ilmiy ishlari natijalari quyidagi tashkilotlarda qo’lllanilgan:
- Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi;
- Markaziy bank;
- Moliya vazirligi;
- Davlat soliq Qo’mitasi;
- «Depozit servis» depozitar kompaniyasi;
- Davlat Markaziy Depozitariysi;
- «Jeneral Puul» kompaniyasi va Investitsiya fondlari(«Kapital-invest», «Ishonch», «Realkom»).
Kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida xalqaro grant loyixalari bajarilmoqda.Xususan,
- «Evraziya» xalqaro fondi (USAID), 1994-1996 y, Sh.Shoxa’zamiy ($ 13000) «Sistemnoe issledovanie i razvitie rinka tsennix bumag Uzbekistana»
- Bearing Points – USAID, 2005-2006 Sh.Shoxa’zamiy($ 10000) «Otsenka posledstviy i razrabotka prakticheskix rekomendatsiy dlya vstupleniya Uzbekistana v VTO i vneshnetorgovix reform»
- TEMPUS JEP 25085 -2004 «SEASCAPE» «Sistema podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti v visshem obrazovanii», 2005-2007 y (294100 evro), Sh.Shoxa’zamiy va boshqalar
Kafedraning tashqi aloqalari
Kafedra quyidagi chet el va mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa o’rnatgan.
- «Texas» Universiteti, AQSh
- Saarland Universiteti, Germaniya
- Alikante Universiteti, Ispaniya
- «LETI» Universiteti, Rossiya (Sankt - Peterburg)
- O’sh Davlat Universiteti, Qirg’iziston
- Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya Akademiyasi, Rossiya (Moskva)
- M.V. Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti, Rossiya
- Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti
- Nukus Davlat Universiteti
- O’zbekiston Bank - moliya Akademiyasi
- Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti
- Toshkent Davlat iqtisodiyot Universiteti
- Farg’ona Davlat Universiteti
- Samarqand menejment va servis instituti
- Respublika bank o’quv markazi
|